Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
 


70 
 
160-mashq. Matnni o‘ing. Arabcha o‘zlashma so‘zlarni topib yozing va 
ma’nosini tushuntiring. 
VATAN MO‘TABARDIR 
Inson uchun havo, quyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz va 
muqaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir.
Vatan ona tuproqdan boshlanadi. Vatanga muhabbat uning dalalari, 
qir-adirlari, moviyrang tog‘lari, dasht-u sahrolariga bo‘lgan muhabbat-
dan boshlanadi. 
Qadimda dushmanlar turk davlatining xoqoni O‘g‘uzxondan unga 
qarashli tashlandiq, hech narsa bitmaydigan yerni talab qilishadi. 
Bobomiz shunda: “Vatan yolg‘iz bizning mulkimiz emas. Mozorda 
yotgan otalarimiz va endi tug‘ilajak avlodlarimizning bu muborak 
tuproqda haqlari bordir. Vatandan ozgina bo‘lsa ham yer bermakka 
hech bir kimsaning haqqi yo‘qdir”, deb javob beradilar. 
Biz vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. 
Inson uchun Vatandan ortiq mehrigiyo bormi? Yo‘q, albatta! Vatan – 
ona kabi yagona. Yagonaligi bilan muqaddas va bebahodir! (X. Davron) 
Arabcha o‘zlashma so‘zlar qanday o‘ziga xos belgilarga ega? 
161-mashq. Berilgan arabcha o‘zlashma so‘zlarni tuzilishiga asoslanib 
ma’nosini izohlang.
Namuna: Zulm – jabr-sitam, ezish, adolatsizlik, zolim – zulm qiluvchi, mazlum 
– zulm ostida qolgan. 
 
Zulm, zolim, mazlum; qatl, qotil, maqtul; sabr, sobir; she’r, shoir; 
ishq, oshiq, ma’shuq; zikr, zokir, mazkur; g‘alaba, g‘olib, mag‘lub; 
talab, tolib, matlub; shukr, shokir; aql, oqil; nasr, nosir; nashr, noshir; 
ilm, olim, ma’lum; jahl, johil; xoliq, maxluq; qasd, maqsad, maqsud; 
dars, madrasa, mudarris; jabr, jobir, majbur; shuhrat, mashhur; uzr, 
ma’zur; hudud, mahdud; hukm, hokim, mahkum.  
 
162-mashq. Matnni o‘qing. Fors-tojikcha o‘zlashma so‘zlarni topib, yozing. 
Yurtimizga gullarga burkanib bahor kirib keldi. Jonli tabiat uyqudan 
uyg‘ondi. Quyoshning saxiy nurlaridan bahra olgan ona zamin yuziga 
iliqlik yugurdi.


71 
Musavvir tabiat qo‘llariga nafis bo‘yoqlarini oldi. Tog‘-u qirlarni 
boychechag-u binafsha bilan, daraxtlarni kurtaklar bilan bezadi. Tol 
kurtaklari yorilib, undan bo‘z momiq g‘unchalar chiqadi. Bo‘g‘otda 
sap-sariq bo‘lib osilib turgan sumalaklar quyosh shu’lasiga chidayol-
may yosh to‘kadi.
Bir zumda osmonni bulut qopladi. Yomg‘ir yog‘di. Ariqlarni suvga 
to‘ldirdi.
Yomg‘ir tindi. Feruza osmonda yana quyosh charaqladi. Olis osmon-
da turnalar karvoni ko‘rindi. Tartib bilan safga tizilgan qushlar:
– Bahor, bahor, – deya ko‘klam qo‘shig‘ini kuylab keldilar. (D. Kamol-
jonova) 
Fors-tojikcha o‘zlashma so‘zlar qanday o‘ziga xos belgilarga ega? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling