Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
67 154-mashq. Berilgan so‘zlarni badiiy uslub va oddiy so‘zlashuv uslubiga mansub so‘zlar kabi ikki guruhga bo‘lib yozing. Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklaridan badiiy uslubga xos so‘zlar ishtirok etgan misollar topib ko‘chiring. Alvon, bop, o‘ng‘ay, paqqos, cho‘tlamoq, bahramand, mashmasha, bazm, beg‘u-bor, musaffo, solishmoq, tashlashmoq, boqiy, obdon, chashma, azza-bazza, burkanmoq, tushirmoq, bo‘y, jichcha, bo‘z- lamoq, diyor, anchayin, fido, jillaqursa, esli, qulluq, zormanda, tuyqus- dan, gard, hanuz, hayotbaxsh, hijron, o‘lmang, tokay, ilk, haftafahm, in’om etmoq, bol, iqbol, istiqlol, ta’viya, jamol, jasad, jazirama, qoyil- maqom, koshona, paqqos, o‘lguday, libos, lojuvard, hangamalashmoq, esli, ma’vo, nozaninday, bekitiqcha, moviy, muattar, oshna, yolg‘on- dakam, mushkul, mushtipar, nash’a, osuda, samo, suluv, taassub qil- moq, suq, chechak, shodiyona, zumrad, ketvorgan, ulkan, sokin, yayov, rom etmoq. O‘zbek tili leksikasida o‘z va o‘zlashgan qatlam 155-mashq. Matnni o‘qib o‘z qatlamga mansub (umumturkiy va o‘zbekcha) so‘zlarni toping. NAVRO‘Z – BAHOR BAYRAMI Bahor! Hali yerlarda qor ko‘p. Qor kunduzlari quyosh nurida eriydi, yerga si-ngiydi, kechalari esa muzlaydi. Tol kurtaklari yorilib, undan bo‘z momiq g‘unchalar chiqadi. Bo‘g‘otda sap-sariq bo‘lib osilib yotgan sumalaklar quyosh shu’lasiga chidayolmay yosh to‘kmoqdalar. Tomchilar mart... mart... mart... deganday bo‘layotirlar. O‘lkamizda bahor... Yilimiz o‘z umrini yangidan boshlayapti: jamiki mavjudot o‘z umrini shu bahordan boshlaydi. Shuning uchun ham qadimda yilning boshlanishini bahorning yigirma birinchi martidan boshlaganlar va uni katta bayram qilganlar. Bu bayram Navro‘z, ya’ni yangi kun deb atalgan... Inson eng avvalo mehnat bilan sharaf qozonadi, shuning uchun ham dehqon ahlining qadimiy bayrami – Navro‘zni har yili zo‘r quvonch, katta tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri bo‘lib qolgan. 68 Dehqonlar Navro‘zda dala ishlariga kirishganlar, ish hayvonlarini, asboblarini olib chiqib, yer hayday boshlaganlar. Yurt soya-salqin bo‘lsin, o‘tgan-ketganlar rohatlansin deb, Navro‘z- gacha yo‘llarga ko‘chat, bolalarga atab hovli va bog‘larga meva nihollari ekiladi. Ko‘chalar tozalanib, ariqlar qaziladi. Hamma yoq supurib-sidiriladi. Uylar ko‘tarilib, idish-tovoqlar yuvilib pokizalanadi. (M. Alaviya) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling