Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 161-mashq.
70 160-mashq. Matnni o‘ing. Arabcha o‘zlashma so‘zlarni topib yozing va ma’nosini tushuntiring. VATAN MO‘TABARDIR Inson uchun havo, quyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz va muqaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir. Vatan ona tuproqdan boshlanadi. Vatanga muhabbat uning dalalari, qir-adirlari, moviyrang tog‘lari, dasht-u sahrolariga bo‘lgan muhabbat- dan boshlanadi. Qadimda dushmanlar turk davlatining xoqoni O‘g‘uzxondan unga qarashli tashlandiq, hech narsa bitmaydigan yerni talab qilishadi. Bobomiz shunda: “Vatan yolg‘iz bizning mulkimiz emas. Mozorda yotgan otalarimiz va endi tug‘ilajak avlodlarimizning bu muborak tuproqda haqlari bordir. Vatandan ozgina bo‘lsa ham yer bermakka hech bir kimsaning haqqi yo‘qdir”, deb javob beradilar. Biz vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. Inson uchun Vatandan ortiq mehrigiyo bormi? Yo‘q, albatta! Vatan – ona kabi yagona. Yagonaligi bilan muqaddas va bebahodir! (X. Davron) Arabcha o‘zlashma so‘zlar qanday o‘ziga xos belgilarga ega? 161-mashq. Berilgan arabcha o‘zlashma so‘zlarni tuzilishiga asoslanib ma’nosini izohlang. Namuna: Zulm – jabr-sitam, ezish, adolatsizlik, zolim – zulm qiluvchi, mazlum – zulm ostida qolgan. Zulm, zolim, mazlum; qatl, qotil, maqtul; sabr, sobir; she’r, shoir; ishq, oshiq, ma’shuq; zikr, zokir, mazkur; g‘alaba, g‘olib, mag‘lub; talab, tolib, matlub; shukr, shokir; aql, oqil; nasr, nosir; nashr, noshir; ilm, olim, ma’lum; jahl, johil; xoliq, maxluq; qasd, maqsad, maqsud; dars, madrasa, mudarris; jabr, jobir, majbur; shuhrat, mashhur; uzr, ma’zur; hudud, mahdud; hukm, hokim, mahkum. 162-mashq. Matnni o‘qing. Fors-tojikcha o‘zlashma so‘zlarni topib, yozing. Yurtimizga gullarga burkanib bahor kirib keldi. Jonli tabiat uyqudan uyg‘ondi. Quyoshning saxiy nurlaridan bahra olgan ona zamin yuziga iliqlik yugurdi. 71 Musavvir tabiat qo‘llariga nafis bo‘yoqlarini oldi. Tog‘-u qirlarni boychechag-u binafsha bilan, daraxtlarni kurtaklar bilan bezadi. Tol kurtaklari yorilib, undan bo‘z momiq g‘unchalar chiqadi. Bo‘g‘otda sap-sariq bo‘lib osilib turgan sumalaklar quyosh shu’lasiga chidayol- may yosh to‘kadi. Bir zumda osmonni bulut qopladi. Yomg‘ir yog‘di. Ariqlarni suvga to‘ldirdi. Yomg‘ir tindi. Feruza osmonda yana quyosh charaqladi. Olis osmon- da turnalar karvoni ko‘rindi. Tartib bilan safga tizilgan qushlar: – Bahor, bahor, – deya ko‘klam qo‘shig‘ini kuylab keldilar. (D. Kamol- jonova) Fors-tojikcha o‘zlashma so‘zlar qanday o‘ziga xos belgilarga ega? Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling