Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

158-mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarni quyidagi guruhlarga ajrating: 1) turkiy 
so‘z + turkiy so‘z, 2) turkiy so‘z + arabcha so‘z, 3) arabcha so‘z + turkiy so‘z,
4) turkiy so‘z + fors-tojikcha so‘z, 5) fors-tojikcha so‘z +turkiy so‘z, 6) turkiy 
so‘z + ruscha-baynalmilal so‘z, 7) ruscha-baynalmilal so‘z + turkiy so‘z,
8) ruscha-baynalmilal so‘z + arabcha so‘z, 9) arabcha so‘z + ruscha-baynalmilal 
so‘z, 10) ruscha-baynalmilal so‘z + fors-tojikcha so‘z. 
To‘rtburchak, kelinsalom, suvqovoq, tartibbuzar, otameros, bo‘ri-
kalla, botqoq-gul, anjirqoqi, ko‘pmillionli, muzgenerator, kartoshkagul, 
kinotomoshabin, mikrozarra, umumrespublika, motopoyga, radioaloqa, 
gazsuv, infraqizil, bayramoldi, gulsevar, yomg‘irpo‘sh, qo‘ymijoz, 
mehnatsevar, tilxat, allazamon, mozorbosti, boshpana, ituzum, kino-
yulduz, fotosurat, mikrotarozi, novellanavis, fotomuxbir. 
Kompozitsiya usuli bilan yasalgan o‘zbekcha so‘zlar tarkibiga ko‘ra qanday 
turlarga bo‘linadi? Mashqdagi soʻzlarning yasalishini izohlab bering. 
159-mashq. Matnni o‘qing. O‘zbekcha so‘zlarni topib, yasalishini tushun-
tiring. 
Shaharda ko‘kalamzorlashtirish oyligi bo‘lib o‘tgandi. Shu oylik 
davomida ko‘chalar chekkasiga, ariqlarning bo‘yiga, xiyobonlarga naq 
uch mingga yaqin mevali va manzarali ko‘chat o‘tqazishdi. Qiyqirishib 
ko‘chat ekkan o‘quvchilar biri ketmonni asfalt yo‘lda daranglatib sud-
rab, biri belkurakni yelkasiga teskari qo‘yib, yana bittasi bo‘sh chelakni 
childirma qilib chalib jo‘nab ketishgach, chinorlar bir-birlariga ma’noli 
qarab qolishdi... 
Nihollar sabr-u bardoshlari zo‘r, ancha-muncha qiyinchilikka parvo 
qilmaydigan, quyosh taftiga, suvsizlikka o‘rgatilgan edi.
Bir kuni quyosh haddan tashqari qizdirib yubordi, o‘zi to‘kayotgan 
mo‘l-ko‘l harorat evaziga niholchalarning barg-u shoxchalaridagi eng 
so‘nggi namlikni ham so‘rib ola boshladi. (X. To‘xtaboyev) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling