Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
153-mashq. Misollarni o‘qing. Badiiy leksika va oddiy so‘zlashuv leksikasiga
mansub so‘zlarni aniqlab, ikki guruhga bo‘lib yozing. Bu so‘zlarning uslubiy betaraf ma’nodoshini ayting. 1. Yaqindagina shivalab o‘tgan yomg‘irdan keyin havo musaffo. (S. Anorboyev) 2. – Ja po‘rim bo‘lib olibsanlar, – dedi u do‘lvor tabi- atiga yarashmaydigan jiddiy qiyofaga kirib. (“Sharq yulduzi” jurna- lidan) 3. O‘zi ham pandavoqi, go‘l edi, u bilan mozorga shamchiroq bo‘larmidingiz? (A. Muxtor) 4. Oq rang ketib, bo‘z yerni alvon rang qopladi, olam o‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi. (Yusuf Xos Hojib) 5. Balo ekan bu qiz. (S. Ahmad) 6. Dadam har bahorda hovli- mizga anvoyi gullar ektirar edilar. (Olmos) 7. Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni bezamoq uchun firdavs yo‘lini ochdi. (Yusuf Xos Hojib) 8. Bolamga ko‘z tegdimi, bilmayman. Bolam boyoqish notinch- roq bo‘lib qoldi. (Mirmuhsin) 9. O‘zimizning taomlarni – kabob va palovdan tortib to halimgacha – do‘ndirib yuboradi. (Oybek) 9. Obbo Jo‘ravoy-e, ammo-lekin gapni qiyasiz. Yolg‘onni ham rostday qilib gapirasiz. (Uyg‘un) 10. “Uylanish vaqti-ya, lekin mullajiring qurgʻur yo‘q” – dedi Abdulvohid piyolani bo‘shatib. (Oybek) 11. – Endi, jo‘ra, bularning barisi oldi-qochdi gaplar, – dedi Samad. (M. M. Do‘st) 12. Bu marsiya motamdagi ota-onani yana bo‘zlatgan edi. (A. Qodiriy) 13. Boshim ko‘kka yetur o‘quvchim Manzur ko‘rsa armug‘onimni. (E. Rahim) 14. Bunda ari keltiradi bol, Bunda qushlar topadi iqbol. (H. Olimjon) 15. Mustaqillik ne demak, Ne demakdir istiqlol? (J. Jabborov) 16. Ming yillarkim bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. (A. Oripov) 17. Kuzning rutubatli oqshomi edi. Bog‘lar sokingina chekar edi oh. Ruhimda bir xazon ayyomi edi, Ajib go‘zallikka duch keldim nogoh. (A. Oripov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling