Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

150-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nosini izoh-
lang hamda ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalayotganini ayting. 
1. Bu kaltakesak yutgan chayonning yuragida sizga qarshi katta 
adovat bor. (A. Qodiriy) 2. – Anavi ho‘kizni qarang-u, manavi parini! 


64 
– dedi Zavrak ancha narida o‘z chodiri yonida turgan Xudododbekni 
yana ko‘rsatib.. – biyron va shaddod qiz o‘shaning qo‘liga tushyapti. 
(Mirmuhsin) 3. Alimardonni uchratganidan keyin bildi: Anvar bo‘-
shang ekan, latta ekan. (O‘. Hoshimov) 4. Ishonmayman-u, lekin qari 
tulki eridan ko‘p narsani yashirishini bilaman. (O‘. Umarbekov) 5. Bu 
toifa odamlardan qochib qutulmasang, boshqa yo‘l bilan qutulib bo‘lar-
midi. Yelim-ku, yelim ular. (S. Ahmad) 6. Sen xafa bo‘lsang, men ham 
xafa bo‘laman-da, qo‘zichog‘im. (H. Nazir) 7. – Balli, bo‘tam
umringdan baraka top, – deb duo qildi. (“Dehqonbobo” ertagidan)
8. Tantiboyvachchanikiga boramiz ertaga.. Juda xo‘roz odam. Ko‘r-
sangiz, o‘zingiz ham hayron qolasiz. (Oybek) 9. To‘tiyo qiladi yorning 
o‘zini, To‘tiyo qiladi shakar so‘zini. (“Shirin bilan Shakar” dosto-
nidan) 10. Men Navoiy “Xamsa”sining sarg‘ish sahifalariga qarab olib 
yig‘lardim, ko‘z yoshlarim to‘kilib, Navoiy tergan durlarga qorishardi. 
(M. Ismoiliy) 11. Fasli bahor. Qo‘shnim G‘afur G‘ulomning ellik 
yilligi. O‘shanda Bulbul Mamedov to‘yxonaning guli bo‘lgan edi.
(H. Nazir) 12. Yer – xazina, suv – gavhar. (Maqol) 13. Bir o‘zimga 
sakkiz jon qaraydi: beva opam, uning uchta sag‘iri... o‘zimning uchta 
jo‘jam. (N. Safarov) 14. Ajoyib odamsan-da, do‘stim, ajoyibsan, 
farishtasan. (Shukrullo)
15. Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog‘im, 
Jayronko‘zim, qirlarda qolgan ohum. (M. Yusuf) 
16. Sen yetim emassan, 
Tinchlan, jigarim. (G‘. G‘ulom)  
17. Ozodlik ajdodlar quyoshi bo‘ldi, 
Armonim aritgan yurtboshi bo‘ldi. (A. Oripov) 
18. Ishdan qaytgan chog‘imda 
Qiyqiradi o‘g‘ilcham,
– Hali nihol bog‘imda, 
Barg yozmagan g‘uncham(Y. Mirzo) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling