Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
151-mashq. Matn va gaplarni o‘qing. Ulardagi uslubiy betaraf va uslubiy xos- langan so‘zlarni topib ayting. I. Ko‘klamingdan olib sururni Dong taratdi ustoz Olimjon. G‘afur G‘ulom tuygan g‘ururni Qilmoq mumkin olamga doston. (A. Oripov) 65 II. Tabiatda zaryadlangan juda mayda zarralar mavjud. Zarralarning ba’zilari musbat, ba’zilari manfiy zaryadlangan. Manfiy zarrali eng kichik zarralar elektron-lardir. Elektronlar metall o‘tkazgichlarning ichida harakatlana oladi. Zaryadlangan zarralarning bir tomonga yo‘- nalgan oqimini olimlar elektron deb atadilar. (“Bolalar ensiklope- diyasi”dan) III. 1. Qarang, xuddi rostakam durga o‘xshaydi. (O‘. Umarbekov) 2. Ulardan biri shimiga gard yuqtirmaslik uchun ikki yonidan ko‘tarib olgan, avaylab qadam bosayotgan po‘rim yigit Shavkat edi. (J. Abdul- laxonov) 3. – Qishdan qittay bor. Hut-yut, sariq sumalak, ayamajiz.. qatorlashib turibdi. (Oybek) 4. Ha, shunday yomg‘irda azza-bazza uzoqdan kelgan kishining bir niyati bo‘lishi kerak. (Mirmuhsin) 5. Munchalik mazani topa olmaydi Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham. (G‘. G‘ulom) 152-mashq. O‘qing. Uslubiy xoslangan so‘zlarni topib, uiarni quyidagi tur- larga ajratib yozing: 1) ilmiy leksika, 2) rasmiy leksika 3) publitsistik leksika. 1. Ma’lum bo‘lishicha, barg hujayralaridagi alohida modda – xloro- filning yashil donachalarida suv va karbonad angidrid gazining qand va kraxmalga aylanishi sodir bo‘lar ekan. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘l- gan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. (O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, 19-modda) 3. Anjumanda so‘zga chiqqanlar fuqarolarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, ularni huquqiy axborot va adabi- yotlar bilan ta’minlash, jamiyatda axborot xavfsizligini yo‘lga qo‘yish- ning samarali usullarini joriy qilish dolzarb vazifalardan biri ekanligiga to‘xtalib o‘tishdi. (“Xalq so‘zi” gazetasidan) 4. Oltita uglerod oltita vo- dorod atomi bilan biriksa, suyuq modda molekulasi – benzol hosil bo‘ladi. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 5. Menga 1989-yil iyul oyida yurak-tomir kasalliklari shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanma ajratishingizni so‘rayman. Arizamga yo‘llanmaga ehtiyojim borligi ha- qida tibbiyot muassasasi bergan ma’lumot-noma ilova qilindi. (“O‘zbek tilida ish yuritish” kitobidan) 6. Qaror qilindi: 1. “Ijtimoiy-siyosiy 66 atamalrning izohli lug‘ati” nashrga tavsiya etilsin. 2. Mas’ul muharrir etib filologiya fanlari doktori E. Begmatov tasdiqlansin. (“O‘zbek tilida ish yu-ritish” kitobidan) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling