Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

169-mashq. Gaplarni o‘qing. Terminlarni topib, ma’nosini izohlang va qaysi 
sohaga oidligini ayting.
1. Tabiatda zaryadlangan juda mayda zarralar mavjud. Zarralarning 
ba’zisi musbat, ba’zisi manfiy zaryadlangan. Manfiy zaryadli eng ki-
chik zarra elektrondir. 2. So‘zning ikkinchi muhim belgisi uning ma’-
noga egaligidir. 3. Ertaklar mavzusi va qahramonlar silsilasiga ko‘ra 
uch xil bo‘ladi: 1. Hayvonlar haqidagi yoki majoziy ertaklar. 2. Sehrli-
fantastik ertaklar. 3. Hayotiy-maishiy ertaklar. 4. Kompasdan foydala-
nish uchun uni stol ustiga yoki kaftga qo‘yib, murvati buraladi. 5. Al-
gebra ham xuddi arifmetikaning o‘zi, lekin algebrada sonlar bilan birga 
harflar ham ishlatiladi. Algebra bir-biriga o‘xshash juda ko‘p masala-
larning eng qisqa va eng umumiy yechimini topishga yordam beradi.
6. Undalma ko‘pincha bosh kelishik-dagi ot bilan ifodalanganligi uchun 
egaga o‘xshab ketadi, chunki u ishtirok etgan gapda ko‘pincha ega 
tushiriladi. 7. Cho‘l qumli, gilli yoki toshli bo‘ladi. Qumli cho‘lda sha-
mol qumlarni suradi, ba’zida do‘ngliklarni hosil qiladi. Bunday do‘ng-
lik barxan deb ataladi. 8. Maqollar she’riy shaklda ham, nasriy shaklda 
ham bo‘lishi mumkin. Ular mavzu jihatdan chegaralanmagan. 9. Atash 
semasi leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-buyumlik, miq-
dorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi semadir. 
 
170-mashq. Berilgan terminlarning ma’nosini izohlang va qaysi sohaga 
oidligini ayting. Shu terminlarning 8 tasi ishtirokida gap tuzib yozing. 
Ega, kesim, son, aylana, undalma, kompas, nuqta, so‘z, metafora
xarita, turoq, qo‘shish, ayirish, bosh bo‘lak, yulduz, arxaizm, sayyora, 
osmon jismi, ot, doira, sifat, son, atoqli ot, turdosh ot, ertak, ufq, hikoya, 
tovush, majoz, materik, okean, bo‘g‘in, masal, istorizm, harf, alifbo, 
kometa, raqam, band, istiora, perimetr, bo‘lish, gap, tog‘, masshtab
asotir, tekislik, matn, janr, barxan, she’r, daryo, meteor, globus, yil, 
masala, maqol, adir, doston, kvadrat, topishmoq, kanal, sujet, to‘g‘ri 
to‘rtburchak, tenglama, tugun, obraz, adabiy ertak, anafora, cho‘l.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling