Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

163-mashq. Berilgan arabcha va fors-tojikcha o‘zlashma so‘zlarning turkiycha 
muqobilini topib, yonma-yon yozing. 
Namuna: fikr – o‘y, go‘sht – et. 
Bulbul, bahor, gul, fikr, barg, gunoh, oftob, amr, mashaqqat, sabr, 
abadiy, avval, muhabbat, haqiqat, asal, bandi, aft, peshona, kalla, dum, 
mijja, nihol, yog‘, palov, chopon, peshin, shabada, nasim, mayda, 
charog‘on, husn, mudhish, zulmat, qobiliyat, kirdikor, mushkul, bekor, 
nishona, rahbar, farmon, chashma, xalq, dushman, kift. 
164-mashq. Matnlarni o‘qing. Ruscha-baynalmilal o‘zlashma so‘zlarni topib, 
yozing. 
I. Hozir hayotimizni radio, televideniye, telefon, telegrafsiz, turli xil 
yoritish jihozlari va qizdirish asboblarisiz, mashina va qurilmalarisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bularning hammasi elektr energiyasi (toki) 
bilan ishlaydi. Elektr energiyasi qayerdan olinadi? Uni elektr stan-
siyalarida maxsus mashinalar – elektr toki generatorlari hosil qiladi. 
(“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 
II. Biz yashaydigan g‘o‘zal, bepoyon mamlakat O‘zbekiston deb 
ataladi. O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. U juda go‘zal shahar. 
Ko‘chalari keng, ozoda. Hamma yoqda elektr chiroqlari charaqlab 
turadi. Toshkentda turli millat kishilari yashaydi va mehnat qiladi. 
Toshkent ko‘chalaridan avtobus, tramvaylar qatnaydi. Bulardan tash-
qari yerosti temiryo‘li – metro qurilgan. Toshkentda O‘zbekiston havo 
yo‘llari aviakompaniyasi, ikkita temiryo‘l vokzali, avtovokzallar bor. 


72 
Poytaxtimizga har kuni chet ellardan, viloyatlardan mehmonlar keladi. 
Toshkent do‘stlik, tinchlik, birodarlik shahri sifatida butun dunyoga 
mashhurdir. 
O‘zbekistonda ko‘rkam binolar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, 
oromgohlar ko‘p. Asaka shahrida ulkan avtomobil zavodi ishga 
tushgan. U yerda “Matiz”, “Damas”, “Neksiya”, “Lasetti”, “Epika”, 
“Kaptiva” kabi yengil avtomobillar, Samarqanddagi SamAvto zavo-
dida esa mikroavtobuslar ishlab chiqarilmoqda. (M. Hamidova) 
165-mashq. Quyidagi ruscha-baynalmilal so‘zlarning o‘zbek tilidagi sinonim-
larini topib, namunadagidek yozing. 
Namuna: Soldat – askar. 
 
Xarakter, avtor, absolut, lingvistika, agressiv, abzas, sinonim, omo-
nim, antonim, norma, organ, allegoriya, alfavit, analiz, forma, apostrof, 
stilistika, metodika, stil, affiks, klassifikatsiya, grafika, defis, adres, 
aktual, gorizont, programma, akusher, anemiya, kosmos, abstrakt, 
apteka. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling