Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
 181-mashq. Quyida berilgan iboralarni qatnashtirib gap tuzing. 
Qo‘lga tushmoq, qo‘lma-qo‘l bo‘lmoq, qo‘ynini puch yong‘oqqa 
to‘ldirmoq, jini suymaydi, aravani quruq olib qochmoq, bel bog‘lamoq, 
bir pul bo‘lmoq, bir yoqadan bosh chiqarmoq, bosar-tusarini bilmay 
qolmoq, bosh qotirmoq, boshi ko‘kka yetmoq, boshiga ko‘tarmoq, 
burni ko‘tarilmoq, daqqiyunusdan qolgan, diliga tugmoq, ensasi qot-
moq, esini yig‘moq, eti suyagiga yopishgan, fe’li aynimoq, fig‘oni 
falakka chiqmoq. 
 
182-mashq. Har bir qatordagi ortiqcha iborani toping; nima uchun “ortiqcha” 
ekanligini tushuntiring va u ishtirokida gap tuzing.
1) ipidan ignasigacha, ko‘z ochib yumguncha, qilidan quyrug‘igacha, 
miridan sirigacha; 
2) boshiga ko‘tarmoq, hurmatini joyiga qo‘ymoq, gapini ikkita 
qilmaslik, soyasiga ko‘rpacha to‘shamoq; 
3) gapidan chiqmaslik, chizgan chizig‘idan chiqmaslik, juftakni 
rostlamoq, yo‘rig‘iga yurmoq; 
4) ko‘z ochib yumguncha, hash-pash deguncha, ko‘zi ochilmoq, 
hayal o‘tmay. 
 
 183-mashq. Berilgan iboralarga qarama-qarshi ma’noli iboralar topib yozing. 
Ko‘kka ko‘tarmoq, qovog‘idan qor yog‘adi, ko‘ngli toza, fe’li keng, 
o‘zini yo‘-qotmoq, dunyoga kelmoq, fe’li tor, so‘xtasi sovuq, so‘zidan 
qaytmoq, ruhi ko‘tarilmoq, og‘zi mahkam, past kelmoq, kongli yum-
shoq, qo‘lga kiritmoq, esiga kelmoq, esi butun, shirin so‘z, chin ko‘ngil-
dan, sir tutmoq. 
184-mashq. “Toping-chi, qaysi iboralar nazarda tutilgan?” o‘yini. O‘qituvchi 
quyida berilgan tavsiflarni o‘qiydi. Talabalar qanday narsa haqida gap ketayot-
ganligi va qaysi iboralar nazarda tutilganini aytadi.


81 
Namuna: O‘qituvchi: – Uni ko‘taradilar, boshqalarni mensimay, har joyga 
suqadilar, boshqalarning ishiga aralashib, jazolash uchun yerga ishqaydilar. 
Talaba: – Burun – burni ko‘tarilmoq, burnini suqmoq, burnini yerga ishqalamoq. 
1. Uni ko‘taradigar, boshqalarni mensimay; har joyga suqadilar, 
boshqalarning ishiga aralashib; jazolash uchun yerga ishqaydilar. 
2. Uni ko‘rib ko‘rmaganga oladilar, bitmaydigan ishni uning dumi 
yerga yetganda “bitiradilar”, kambag‘alni uning ustida ham it qopadi. 
3. Uning ostida shavla qaynatadilar, baland ovoz bilan uni qomatga 
keltiradilar, zarur gapni unga quyadilar. 
4. Undan fil ysaydilar, jimjit joyda uning ovozi eshitiladi, 
bekorchilikdan uni qo‘riydilar. 
5. Befoyda sarflangan narsani unga oqizadilar, ishni chalkashtirish 
uchun uni loyqalatadilar, ayyor odam undan quruq chiqadi. 
6. Uning ostidan kir izlaydilar, farzandsizlar unga zor bo‘ladi, 
pastkash odamlar unga arzimaydi.
7. Och qolgan kishi uning kirini so‘radi, zarur narsani uning kovagida 
asraydilar, qasd olish uchun uni qayraydilar. 
8. Mensimagan odamni uning uchi bilan ko‘rsatadilar, birovning 
mavqeyiga putur yetkazish uchun undan tortadilar, mulohazali odam 
uni bilib bosadi, o‘z istagini amalga oshirish uchun uni tirab oladilar. 
9. Hech kim unga ustun bo‘lmaydi, o‘zini baland tutgan kishi undan 
kelib gapiradai, ilojsiz kishiga u uzoq boʻladi. 
10. Yashirin holda kelishish uchun uni biriktiradilar, ishni o‘rinlatgan 
kishida u uzun bo‘ladi, doim eslanadigan odamni undan qo‘ymaydilar, 
munofiq odamda u boshqa, dil boshqa bo‘ladi. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling