Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
185-mashq. “Iboralar zanjiri” o‘yini. Bir talaba doskaga o‘zi bilgan iborani yozib, yonidan uning ma’nosini izohlaydi. Ikkinchi talaba ham xuddi shu ishni bajaradi, keyin uchinchi talaba va hokazo. Bunda har bir navbatdagi ibora oldingi ibora tugagan harfdan boshlanishi kerak. Namuna: ilonning yog‘ini yalagan (ayyor) nog‘orasiga o‘ynadi (birovning yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish qildi) ipidan ignasigacha (batafsil) almisoqdan qolgan (juda eski) 82 186-mashq. “Kim haqida shunday deydilar?” o‘yini. Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. O‘qituvchi har bir guruhga navbatma-navbat iboralarni aytadi. Guruh- dan bir talaba turib, kim haqida shunday deyilishini aytadi. Qaysi guruh ko‘proq to‘g‘ri javob topsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi. yulduzni benarvon uradi ammamning buzog‘i pixini yorgan qo‘li ochiq sirkasi suv ko‘tarmaydi ko‘nglida kiri yo‘q yer tagida ilon qimirlasa, biladi chumchuq pirr etsa, yuragi shirr etadi qo‘li egri qo‘lini sovuq suvga urmaydi o‘ziga bino qo‘ygan tegirmonga tushsa, butun chiqadi 187-mashq. “Bir so‘z bilan izohlang” o‘yini. Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Bir guruh ibora aytadi. Ikkinchi guruh uni bir so‘z bilan izohlaydi. Keyin ikkinchi guruh ibora aytib, birinchi guruh uni bir so‘z bilan izohlaydi. O‘yin shu tarzda davom ettirilib gʻolib aniqlanadi. Namuna: terisiga somon tiqmoq – azoblamoq. Foydalanish uchun iboralar: ko‘z ochib yumguncha, tog‘ni ursa tolqon qiladigan, xamirdan qil sug‘urganday, yer tishlamoq, yog‘ tushsa yalaguday, tomdan tarasha tushganday, yetti yashardan yetmish yashargacha, turmush kechirmoq, yoqasini ushlamoq, sharti ketib, Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling