Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
156-mashq. Berilgan so‘zlarni affiksatsiya yoki kompozitsiya usulida yasal-
ganligiga ko‘ra ikki guruhga ajratib yozing. Affiksatsiya usuli bilan yasalgan so‘zlarning yasalish asosi va yasovchi qo‘shimchasini ko‘rsating. Kompyuterchi, uchburchak, yetakchi, issiqsevar, oshko‘k, so‘koshi, buklama, eruvchanlik, kungaboqar, tezpishar, to‘lqinli, ituzum, aqlli, eritma, boshpana, sachratqi, dunyoqarash, bug‘latgich, yopishqoq, tabi- atshunos, urinma, chizma, yonuvchan, infraqizil, o‘zgaruvchan, bo- domqovoq, anjirqoqi, andishali, agentlik, archazor, bachkanalashmoq, millatlararo, yomg‘irpo‘sh, beboshlik, nosimmetrik, yoysimon. O‘zbekcha so‘zlar qanday usullar bilan yasaladi? Yuqoridagi soʻzlarning yasalish usulini izohlang. 157-mashq. Berilgan o‘zbekcha so‘zlarni quyidagi guruhlarga ajratib yozing: 1) turkiy so‘z + o‘zbekcha qo‘shimcha, 2) arabcha so‘z + o‘zbekcha qo‘shimcha, 3) fors-tojikcha so‘z + o‘zbekcha qo‘shimcha, 4) ruscha-baynalmilal so‘z + o‘zbekcha qo‘shimcha, 5) turkiy so‘z + fors-tojikcha qo‘shimcha, 6) arabcha so‘z + fors-tojikcha qo‘shimcha, 7) ruscha-baynalmilal so‘z + fors-tojikcha qo‘shim- cha. Shunday so‘zlarga 5 tadan misol keltiring. Terimchi, andishali, go‘daklik, adabiyotchi, sportchi, bo‘linuvchan, mehrsiz, filtrlamoq, ajriqzor, sertuk, tekinxo‘r, notekis, o‘txo‘r, bebosh, mashinasoz, jurnalxon, nomukammal, gazsimon, bolalik, kesma, polk- dosh, vazirlik, bachkanalshmoq, shofyorlik, demokratlashtirish, avval- gi, zargarlik, mevachilik, radioaktivlik, qo‘yfurush, konussimon, besu- yak, buyruqboz, noaniq, ma’rifatparvar, pichanbop, partadosh, mesh- kobchi, haqoratlamoq, yonuvchan, egiluvchan, dutorchi, akusherlik, fokuschi. 69 Affiksatsiya usuli bilan yasalgan o‘zbekcha so‘zlar tarkibiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling