Xix asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja


Download 281.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi281.7 Kb.
#1547182
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari



 
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning 
shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari 
 
Reja: 
 
1. O„zbek adabiy tanqidi tarixini davrlashtirish masalasi. 
2. Adabiy tanqidning shakllanishida matbuotning o„rni. 
3. Yangi o„zbek tanqidchiligining mustaqil odimlari. 
4. Tanqidchilikda janriy izlanishlar 



Tanqid- so‟zi arabcha bo‟lib, baholash, o‟lchash, saralash degan ma‟nolarni 
bildiradi. Shundan ko‟rinib turibdiki, bu fanning paydo bo‟lishi ham mumtoz davr 
bilan bog‟liq. Garchi tanqid so‟zi XIX asr oxilari XX asr boshlarida qo‟llanilgan 
bo‟lsa-da, alohida soha sifatida qadimdan ko‟zga tashlanib kelingan. Mumtoz 
adabiyotda u ikki shaklda: birinchisi adabiy-nazariy masalalarga bag‟ishlangan 
alahida asarlarda, ikkinchisi badiiy asarlar tarkibida qo‟llanilib kelingan. Har ikkala 
jarayon ham davr adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunosligi taraqqiyoti uchun 
xizmat qilgan. 
Yangi estetik tushunchalarni ustuvor etib, kitobxonda chinakam insoniy 
fazilatlarni tarbiyalovchi tanqid O„zbekistonda XX asr boshlarida yuzaga kela 
boshladi. Albatta, uning yuzaga kelishida mumtoz adabiyotshunosligi, jahon ilmiy-
estetik tafakkuri mustahkam zamin bo„lganini hamisha nazarda tutish lozim. 
O„zbek adabiy tanqidchiligining maxsus hodisa sifatida tug„ilib, shakllanib, 
kamolot bosqichiga ko„tarilish yo„lida kechgan qiyinchilik va ziddiyatlar mohiyatini 
anglash uchun tarix sahifalarini birma-bir varaqlab ko„zdan kechirish, erishilgan 
ilmiy-estetik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan o„tkazish, adabiy-badiiy ilmiy-
estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini haqqoniy yoritish zarur. 
O„zbek tanqidchiligi ildizlari uzoq o„tmishdan boshlangan bo„lib, ularning 
fazilatlarini o„zlashtirish, nuqsonlarini haqqoniy tahlildan o„tkazib, ularga barham 
berishda, adabiy tanqidning yozuvchilar va o„quvchilar ommasiga tasiri doirasini 
kengaytirish zarur. 
"Biz bugun yangi asrga qadam qo„ydik. Xo„sh, yangi asrga o„zbek 
adabiyotshunosligi qanday yo„llanma bilan kiradi? U o„zining qaysi jihatlaridan voz 
kechadi va hatto qaysi gunohlaridan tavba qilib, qaysi fazilatlari bilan yangi davrga 
yuz tutadi?... 
...Lekin shunga qaramay, butun umidsizlikni yig„ishtirmoq kerak va ahillik bilan 
ishga kirishib, yangi adabiyotning rivojiga faol ko„maklashmoq kerak"
1
. Mazkur 
so„zlarni adabiy tanqidga nisbatan bemalol qo„llash mumkin, chunki adabiyot bilan 
adabiy tanqid doimo birga harakat qilishi hammaga ayon. 
Zero, har qanday ijtimoiy, hatto iqtisodiy hodisalar muayyan davrlarga ajratib 
o„rganilmasa, maqsadga olib boradigan to„g„ri yo„lni topish qiyin. Shunga ko„ra, 
adabiyot tarixi badiiy ijod va ijtimoiy hayotda ro„y bergan katta voqealar, tub 
burilishlarga asoslanib davrlashtiriladi, bazan soddagina qilib, "20-yillar adabiyoti", 
"60-yillar 
adabiyoti" 
tarzida 
qismlarga 
ajratiladi. 
Bundan 
anglashiladiki, 
davrlashtirish tamoyillari hali qat‟iy belgilangan emas. Ammo shunisi ayonki, 
ijtimoiy hayot taraqqiyoti qonuniyatlari, xususiyatlari hamma vaqt muayyan sohaning 
o„ziga xos mazmuni, mundarijasi markazida turadi. 
1
Шарафиддинов О. Адабиёт мангу яшайди // Жаҳон адабиёти. 1998, № 1. Б. 4. 


Adabiyot rivoji tanqid rivoji bilan chambarchas bog„liqdir. Adabiyot ham, 
tanqid ham hayotdagi go„zallikni ifoda etadi, ular buni turlicha shaklda ifoda etadilar, 
V.G.Belinskiy bu haqda shunday yozadi: "San‟atkor va adabiyotchi o„zining san‟at 
va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining o„zi bilan ifoda 
etadilar: tanqidchi esa san‟at va adabiyot haqidagi tushunchasini fikr vositasi bilan 
ongli ravishda ifoda etadi. Bu holda san‟at va adabiyot tanqid bilan qo„lga-qo„l 
berishib boradilar va bir-birlariga o„zaro ta‟sir etadilar"
2

Buyuk munaqqid qayta-qayta ta‟kidlagan bu hodisa adabiy tanqid tarixi 
o„rganilmaguncha badiiy adabiyot tarixining haqqoniy va to„liq manzarasi yaratilishi 
mumkin emasligidan guvohlik beradi. Bu hol adabiy tanqid tarixini adabiyot 
tarixining ajralmas bir qismi qilib qo„yadi. Shu mantiqdan kelib chiqilgani tufayli 
"O„zbek sovet adabiy tanqidi tarixi" (1987) ikki jildligi mualliflari o„zbek adabiy 
tanqidi bosib o„tgan yo„lni o„sha davr mafkurasi asosida davrlarga bo„lib tahlil 
etadilar: 
1. 
O„zbek sovet adabiy tanqidining vujudga kelishi va ilk qadamlari 
(1917-1932)". 
2. O„zbek sovet adabiy tanqidi sotsialistik realizm estetikasi bilan qurollanish 
yo„lida (1932-1941). 
3. Ulug„ Vatan urushi davri o„zbek adabiy tanqidi tarixi (1941-1945). 
4.Ulug„ Vatan urushidan keyingi davr o„zbek adabiy tanqidchiligi (1945-1956). 
5. Adabiy tanqid tarixida yangi bosqichning boshlanishi (1956-1961). 
6. Adabiy tanqidning tez va keng rivojlanish yo„liga kirishi(1962- 
1972). 
7. O„zbek adabiy tanqidi yangi bosqichda (1972-1980)
3
.
O„z-o„zidan ko„rinayotirk, bunday davrlashtirishda suniylik ustuvor bo„lib, 
o„zbek adabiy tanqidining chinakam ilmiy tarixini -rivojlanish yo„lidagi haqiqiy 
manzara aks ettirilmagan. Unda adabiy tanqidda kechgan jarayonlar sho„ro 
mafkurasini moslashtirib talqin etilgan. Chunonchi, o„zbek adabiy tanqidchiligining 
sotsialistik realizm bilan qurollanishi aslida uning mafkuraviylashtirilishidan iborat 
bo„lib, partiyaning 1925 yil 18 iyunda qabul qilgan "Partiyaning adabiyot sohasidagi 
siyosati to„g„risida"gi qaroridan o„z sarchashmasini olgan va to jamiyatda shaxsga 
sig„inish oqibatlarining fosh etilishigacha shiddat bilan davom etgan jarayondir. 
Demakki, ikkinchi jahon urushi va undan keyingi 60-yillar arafasigacha bo„lgan 
davrni qamrab oluvchi uch davr esa aslida o„zbek adabiy tanqidchiligining shiddat 
bilan rivojlanishi adabiy-tanqidiy tafakkurning parvozi, hayotiyligi, yangidan-yangi 
shakllarni zabt eta borishi va tom ma‟nodagi realizm uchun kurash yillari bo„ldi. 
Albatta, bu jarayon ham sho„ro va partiyaviy mafkuraga to„yingan holda kechgan 
2
Белинский В. Танланган асарлар. Б. 244. 
3
Ўзбек совет адабий танқид тарихи. Т. 1987. Б.31. 


esa-da, shaxsga sig„inish oqibatlarining tugatila borilishi tufayli har qalay adabiy 
tanqidda hur fikrning uyg„onayotganligiga omuxta holda voqelikka aylana boshladi. 
Adabiy tanqid stalincha qatag„on qurbonlari ijodini qayta baholashga kirishdi, 
ijodkorning badiiy mahorati va adabiy jarayon xususiyatlarining estetik tahlilida 
dadillik ko„rsatdi. Ayniqsa, tarixiy asarlarda o„zlikni anglash va erk tuyg„ularining 
jamiyatni uyg„otuvchi mohiyatini idrok etishga urindi. Qolaversa, adabiy jarayonda 
yuz berayotgan xilma-xil izlanishlar - ijodiy metod va janrlar rang-barangligi 
hodisalari mohiyatini, qiynala-qiynala bo„lsa-da, idrok eta bordi va estetik bahosini 
berishga, umumlashtirishga hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishga harakat 
qildi, qisman ma‟lum natijalarga erishdi. 
Adabiyotshunos N.Xudoyberganov va A.Rasulovlar masala mohiyatini shu 
nuqtai nazardan fahmlab, o„zbek tanqidi tarixini ikki davrga bo„lib o„rganishni 
tavsiya etadilar: 
1-davr: 1917-1955 yillarni o„z ichiga oluvchi bu bosqichda munosib o„zbek 
tanqidchiligining tug„ilishi, shakllanishi va maxsus fan sifatida tarkib topishi sodir 
bo„ladi. 
2-davr: 1956 yildan to shu kunlargacha kechgan va kechayotgan vaqtni qamrab 
oladi. Bu davrda o„zbek tanqidchiligi fan va sanat uyg„unligida tashkil topgan 
maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlanib, ilmiy estetik kamolotga erishish jarayonini 
boshdan kechirayotir
4

Tabiiyki, N.Xudoyberganov taklif etgan o„zbek adabiy tanqidi tarixini ikki 
davrga bo„lib o„rganish nihoyatda shartlidir. Chunki adabiy tanqid so„z san‟ati singari 
dunyoga kelib, rivojlanish jarayonida to„siqlarga duch keldi. Ba‟zan ko„tarilish, 
ba‟zan esa pastga tushish hollariga uchradi. Unda nimalardir ilgarilab bordi, 
nimalardir orqaga ketdi. Goh salbiy, goh ijobiy tomonga o„zgardi. Shu sababli butun 
jarayonni bir xilda zamon tarozisida o„lchash qiyin. 
Mustaqillik davrida yaratilgan o„quv qo„llanmalarida ham davrlashtirish 
masalasiga e‟tibor qaratilgan. Adabiyotshunos olim B.Raxmonov o„zbek adabiy 
tanqidchiliginint butun taraqqiyot yo„lini uchga, ya‟ni "jadidchilik davri", sho„ro 
davri va hozirgi yillar singari katta bosqichlarga bo„ladi"
5

B.Rahmonov taklif etgan davrlashtirishni munaqqid S.Sodiq tanqid qilar ekan, 
sho„ro davri tanqidchiligi tarixini 20-yillar, 30-yillar, urush davri, undan so„nggi 
davr, 1956 hamda 1972 yildan keyingi bosqichlar tarzida kichik-kichik etaplarga 
taqsimlaganini xato deb hisoblaydi. Bunga sabab tanqidchilik taraqqiyot yo„lini 
davrlashtirishda asosan, bitta prinsipga, ya‟ni jamiyat rivoji xususiyatlarini ko„proq 
inobatga olish tamoyiliga amal qilgani deb qaraydi. 
4
Худойберганов Н., Расулов А. Ўзбек совет адабий танқидчилиги. Т. 1990. 
5
Раҳмонов Б. Ўзбек адабий танқидчилиги. Т. !Янги аср авлоди”. 2004. 


S.Sodiq 
davrlashtirish 
masalasida 
o„zining 
tubandagi 
taklifini 
o„rtaga tashlaydi:
1. O„zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish davri (1914-1932) 
2. Tahlil ko„lamining kengayishi bosqichi (1932 -1961 yillar).
3. Umumlashmalar tomon burilish pallasi (1961-1991). 
4. Talqinlarning yangilanish bosqichi (1991 yildan hozirgi kunlarga qadar)
6

Bunday davrlashtirishda ham munozarali o„rinlar yo„q emas. Garchand S.Sodiq 
adabiyot rivojining o„ziga xosligi va tanqidchilikning ichki taraqqiyot qonuniyatlarini 
inobatga olish tamoyiliga tayangan bo„lsa-da, tasnifda jarayon tadrijiga e‟tibor 
qaratilganday tuyulsa-da, aslida ijtimoiy-siyosiy tuzumdagi o„zgarishlarni aks
ettirmaydi. Natijada jarayon va zamon oralig„ida allaqanday parokandalik 
sezilganday tuyuladi. Aslida o„zbek adabiy tanqidchiligi XX asr hosilasi, u asr 
boshida jadidchilik boshlagan milliy uyg„onish g„oyalaridan suv ichib bunyodga 
keldi va shakllanish jarayoniga kirdi. Sho„ro zamonida sotsrealizm bayrog„i ostida 
mafkuraviy qurolga aylandi, nihoyat- istiqlol g„alabasi arafasida asl o„zaniga qaytib, 
xolisona yangi taraqqiyot yo„lini tutdi. Shu mantiqdan qaralsa, XX asrda kechgan 
ijtimoiy-estetik jarayonlarga daxldorlik holatida o„zbek adabiy tanqidchiligi 
tarixining taraqqiyot yo„lini quyidagi bosqichlarga bo„lib o„rganish ma‟qul: 

Download 281.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling