Xix asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja


Download 281.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi281.7 Kb.
#1547182
1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari

Birinchi bosqich - o„zbek adabiy tanqidchiligining paydo bo„lishi va 
shakllanishi tamoyillari (1905-1925). 
Ikkinchi bosqich-o„zbek adabiy tanqidi mafkuraviylashtirish va realizm uchun 
kurash jarayonida (1925-1985). 
Uchinchi bosqich - o„zbek tanqidchiligida istiqloliy hurfikrlilik tamoyillari (XX 
asrning 90-yillari va XXI asr boshlari davr). 
Hozirgi adabiy jarayon va uning xususiyatlarini ochib berish tanqidchilik 
zimmasida turadi. Badiiy ijod haqidagi fikr-mulohazalar ilmiy-estetik tahlilda 
haqqoniy o„z ifodasini topishi kerak. Bugungi kun - istiqlol mafkurasi hammadan har 
bir hodisaga xolis baho berishni talab qilyapti. Ammo taassuflar bo„lsinki, XX asr 
o„zbek adabiyoti, shu bilan birga o„zbek adabiy tanqidi o„zining rivojini 20-yillardan, 
asosan, to„ntarishdan keyin boshladi degan bir tomonlama fikrlar oldingi darsliklarda 
uchraydi. Bu qarash 1987 yilda chop qilingan "O„zbek sovet adabiy tanqidi tarixi" 
ikki jildligida ham, N.Xudoyberganov va A.Rasulovlarning hamkorliqda yozgan 
"O„zbek sovet adabiy tanqidchiligi" (1990) darsligida ham o„z aksini topgan. 
Binobarin, bugungi kun talablari asosida bu fikrga isloh kiritish zaruriyati davr 
talabiga aylanmoqda. Holbuki, adabiy tanqid juda qadimiy ildizlarga ega ekanligini 
inkor etib bo„lmaydi. Bu xususda professor A.Hayitmetovning "Alisher Navoiyning 
adabiy-tanqidiy qarashlari" va akademik B.Valixo„jayevning "O„zbek 
6
Содиқ С. Танқидчилигимизнинг машаққатли йўли / Мустақиллик даври адабиёти. Адабий танқидий 
мақолалар тўплами. Т. 2006. 


adabiyotshunosligi tarixi" singari asarlarida g„oyat qimmatli malumotlar keltirilgan. 
Shu bois asr boshidagi adabiy hayotga nazar solish tanqidchilikning shakllanish 
jarayonini aniq va to„g„ri tushunib olishga yordam beradi. 
Adabiyotshunoslikda istiqlol tufayli 20-yillardagi adabiy hayotga oid masalalar 
talqinidagi chalkashliklarni tuzatish sohasida jiddiy harakat boshlandi. Bir qator
yozuvchilar va tanqidchilar ijodini, jumladan, Munavvarqorn Abdurashidxonov, 
Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat; Abdulhamil Cho„lpon, 
Otajon Xoshim, Vadud Mahmud, Abdurahmoi Sa‟diy, Sotti Husayn, Kamiy, Ajziy, 
Ibrat, Abdulhamid Majidiy, So„fizoda, Elbek, Sidqiy-Xondayliqiy va boshqalar 
faoliyati, merosini, shuningdek, alohida nazariy masalalarni qayta ko„rib chiqish va 
baholash sohasida ko„plab ishlar amalga oshirildi. Bu xususda qator dissertatsiyalar 
yozildi. Ilmiy risolalar va to„plamlar, adabiy-tanqidiy maqolalar elon qilindi. Bular-
ku kerakli va o„rinli ishlar, davr adabiyotini butunicha olib tekshirish, shu yo„l bilan 
uning adabiyot va madaniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida tutgan o„rnini belgilashga 
xizmat qiladigan izlanishlar edi, biroq bular hali o„sha davr adabiy hayotini va 
adabiy-tanqidiy fikrini o„rganish sohasida amalga oshirilajak ishlarning hammasi 
emas. 
Ma‟lumki, adabiy tanqid O‟zbekistonda matbuot paydo bo‟lishidan avval 
klassik adabiyotimizda o‟ziga xos ko‟rinishlarda she‟riy formada, tazkiralarda 
«Majolisun-nafois» turidagi asarlarda mavjud edi. Klassik shakldagi adabiy tanqid 
ko‟proq badiiy asarning shakliga e‟tibor berdi va estetik tanqid doirasida bo‟lib keldi. 
Hozir biz bilgan va tushungan ma‟nodagi adabiy tanqidiy fazilatga molik dastlabki 
maqolalar O‟zbekistonda birinchi o‟zbek matbuoti - «Turkiston viloyatining gazetida 
XIX asrning 80-yillaridan e‟tiboran paydo bo‟la boshladi» (B.Nazarov). Dastlab
ko‟proq publisistik xarakterdagi bu ilk maqolalar orasida o‟zbek shoirlari ijodi haqida 
fikr yuritilgan namunalar nihoyatda oz. Dastlabki maqolalar asosan rus adiblari va 
ularning asarlari haqidagi ma‟lumotlardan iborat. Masalan, XIX asrning 80-yillarida 
«Turkiston viloyatining gazeti» da chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalarning 
aksariyati A.S.Pushkin, N.V.Gogol, I.L.Turgenev, L.Tolstoy, A.P.Chexov singari rus 
shoir va yozuvchilari haqida bo‟ldi va o‟zbek xalqi ularning ijodi bilan umumiy 
ravishda bo‟lsada tanishtirilib katta ish qilindi.
Adabiy tanqidchilikda «proza» - «tasniflar» sifatida, prozaik - «musannif» 
sifatida ishlatiladi. Tarjimachilik bilan shug‟ullanish muhim ekanligini ta‟kidlanishi 
ham o‟sha davr tanqidchiligining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Misol: 
1902 yilda Toshkentda Gogol yubileyi o‟tkazildi. Shu xususda «T.V.G» maqola 
(1902 yil 2 mart) bosib, Gogolning «Rusiya fuqarolarining zindagarchiligida har xil 
yaxshi va yomon voqyealarni ko‟rib», «timsollarni ko‟p ravshan qilib yozgan» ligi 
aytiladi. (Timsollar - obrazlar). O‟tgan asr oxirlarida o‟zbek tilidagi matbuotda 
o‟zbek adabiyoti (xususan, she‟riyati) va adabiy jarayon haqidagi dastlabki fikrlarga 


ham duch kelamiz. Bu eng avvalo Furqat nomi bilan bog‟langan. 1881 yilda 
«Turkiston viloyati gazeti» ning 21 aprel sonida Furqat «Qo‟qon adabiy muhiti» 
maqolasida undagi mushoiralar, qisqasi davr adabiy jarayonining ayrim belgilari 
haqida xabar berib o‟tadi. Masalan, Furqat mazkur maqolasida Navoiy an‟analarini 
davom ettirib, Marg‟ilonlik shoir Xo‟jajon qozi haqida qo‟yidagicha yozadi: «... aruz 
haqida ko‟p mohir kishi ekandur va turkiy g‟azal mashqida tab‟iy ko‟p latif va ravon 
ermish. Amir Alisher Navoiyning bir g‟azaliga qilg‟on muhammasi nihoyatda 
mustahsan ko‟rundi». Bu bilan Furqat matbuot sahifalarida faqat badiiy asarlarnigina 
emas, ularning mualliflari haqida ham fikr aytish mumkin va lozim ekanligini 
ko‟rsatib bu masalaga yo‟l ochdi. 
Gazetaga nimaiki yozilsa, deydi Furqat rost va haqqoniy bo‟lishi kerak. Furqat 
o‟zbek adabiyotida hozir biz bilgan ma‟noga yaqin turuvchi taqriz (resenziya) 
janrining asoschisi ekanligini ham e‟tirof etish lozim. 1990 yil 11 sentyabrida rus 
shoirlaridan birining (muallifi ko‟rsatilmagan) she‟ri erkin tarjimada o‟zbek tilida 
bosilib chiqadi. Furqat ana shu she‟rni sharhini yozadi, ya‟ni she‟rning mundarijasini 
talqin qilib beradi. Adabiyotshunos A.Abdug‟afurov o‟zining «Furqatning nasriy 
merosi» nomli tadqiqotida shu she‟rni ham, Furqatning mu‟jazgina taqrizini ham 
to‟liq keltiradi. A.Abdug‟afurov Furqat sharhi haqida qo‟yidagilarni yozadi: «... U 
odatdagi oddiy xabar yoki maqola emas - yozilish sababi va mohiyati e‟tibori, 
kuzatgan maqsadiga ko‟ra uni hozirgi gazeta taqrizlarining bizdagi ilk namunasi 
deyish mumkin». Xullas, I.Mo‟minov, G‟.Karimov, A.Abdig‟afurov, B.Nazarovlar 
Furqat o‟zbek adabiy - tanqidiy fikri taraqqiyotida muhim rol o‟ynashini qayd 
etadilar. Zavqiy, Hamza, Anbar Otin, Nozima, Mirmuhsin, Behbudiy, A.Fitrat kabi 
ijodkorlar XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida ilg‟or o‟zbek tanqidiy - estetik 
tafakkuri rivojiga katta hissa qo‟shdilar. Ma‟lumki, O‟rta Osiyoda, jumlandan, XIX 
asrning ikkinchi yarmida Turkistonda mahalliy matbuotning paydo bo‟lishi bilan, bu 
matbuotda adabiy asarlar haqida ba‟zi maqolalarning bosilishi natijasida tanqid 
publisistika bilan bog‟landi. Publisistik ruhda yozilgan, adabiyot va san‟at 
masalalariga bag‟ishlangan maqolalar, ayniqsa, 1914-17 yillarda avvalgiga nisbatan 
ko‟proq paydo bo‟ldi. Ammo ular birinchidan, o‟z oldilariga asosan ma‟rifiy 
vazifalarni qo‟ydilar (Masalan, adabiyotning nima ekanligini tushuntirish kabi) yoki 
o‟zbek adabiyotida ilk marotaba paydo bo‟lgan dramatik asar «Padarkush» 
(Behbudiy asari) ning turli shaharlarda sahnaga qo‟yilishi haqidagi oddiy axborotdan 
iboratdir. Masalan, 1) Turkistonda birinchi milliy teatr, «Oyina». 1914. №15;
2) Toshkentda milliy teatr, «Oyina» 1914. № 22; 
3) Buxoroda milliy teatr, «Oy» 1914. № 29; 
4) Cho‟lpon Adabiyot nadur? Sadoyi Turkiston 1914. № 15; 
5) Cho‟lpon Muxtaram yozuvchilarimizga, Sadoyi Turkiston 1915 y. 6 fevral; 


6) Ahadullo Xayrullo o‟g‟li. Tanqid. Sadoyi Turkiston 1914 y. 19 noyabr va 3 
dekabr. 
Ular tom ma‟nodagi adabiy tanqidiy maqolalar deb atalishi mumkin emas, 
chunki ularda adabiy asarlar tahlil etilmaydi, adabiy tarixiy jarayonga aloqador biror 
muhim masala o‟rtaga qo‟yilmaydi.

Download 281.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling