Xix asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja
Download 281.7 Kb. Pdf ko'rish
|
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari
Eslatma: Bu maqolalar orasida faqat Ahadullo Xayrullo o‟g‟li maqolasi
Turkiston matbuotida ilk marotaba «tanqid» terminini qo‟llashi va tanqidning vazifalari haqida to‟g‟ri fikrlar aytishi bilan maroqlidir. Ammo muallifning konkret tanqidi badiiy adabiyotga aloqasi yo‟q asarga taalluqlidir. Shuni alohida ta‟kidlab o‟tish lozimki, o‟sha davrlarda faqat Turkistonda rus matbuotida bosilgan va yerli xalqlar adabiyotiga bag‟ishlangan ba‟zi maqolalarda, masalan, V.V.Andreyevning «Baxtsiz kiyav» (Turkistanskiye vedomosti. 1915 g. 23 sentyabr); o‟sha muallif, Novo’ye techeniya v Buxare (O knige Fitrata «Munozara», «T.V.», 1916 g. 13,15,20 oktyabr) adabiy tanqidiy janr talablariga yaqinlashish bor: ularda adabiy asarga bir daraja baho beriladi, muallif faqat oddiy axborot bilan cheklanmaydi. Mana shu faktlarning hammasi oktyabrdan avvalgi adabiy tarixiy jaryonda adabiy tanqid faqat ko‟rtak holda mavjud ekanini va tanqid adabiyotshunoslikni mustaqil sohasi sifatida shakllanmaganini aytishni taqozo etadi. Bu fikrlarni o‟sha davrda chiqib turgan «Oyina» jurnalida (1913 y. 32 soni) bosilgan «Tanqid saralamoqdur» maqolasi ham guvohlik berib turadi: «O‟qilgan kitoblarni ma‟nan taftish etib, undagi nuqsonlarni bayon etmak tanqiddur, taarruz va dushmanlik emas. Bizni Turkistonda yangi maktablar ancha bordur, yangi risolalar hiyla bosilib turibdur, ammo hanuz tanqid davriga yetushganimiz yo‟q». Lekin shuni ham alohida qayd etish kerakki, ko‟rtak holda mavjud bo‟lgan bu adabiy tanqidning oktyabrdan avvalgi o‟zbek adabiyoti tarixida o‟ziga yarasha ijobiy rol o‟ynaganini tan olish bilan birga, shuni ta‟kid etish kerakki, rivojlangan ilmiy, haqiqiy adabiy tanqid O‟zbekistonda faqat 1920 yillardan so‟nggi davrda paydo bo‟ldi va rivojlandi. 20 yillarda tom ma‟nodagi professional adabiy tanqid o‟z vazifalarini to‟g‟ri belgilab olishga urindi. Bu boradagi ilk mahsulotlarning kuchli va zaif tomonlari o‟sha davrdagi sinfiy kurash, ijtimoiy va mafkuraviy hayotdagi ziddiyatlar bilan izohlanadigan hodisalar edi. XX asr boshlaridagi adabiy xayot o„zbek adabiyoti tarixiy taraqqiyotida qanday o„rin tutishi, boshqa bosqichlardagi taraqqiyot jarayonidan qaysi va qanday xususiyatlari bilan farq qilib turishi-obektiv va ilmiy jihatdan to„g„ri ochilsa, ko„p chigal muammolar, jumladan, yozuvchi, shoirlar ijodini to„g„ri baholash imkoni tug„ilar, shu bilan birga adabiy tanqidga doir bir qancha muammolar yechimi topilgan bo„lar edi. Ilk adabiy tanqidiy maqola va taqrizlar bosilganligi inobatga olinsa, adabiy tanqid namunalari 19-asrning oxirlaridan chop etila boshlangan. Biroq 1905 yildan so„ng to 20-yillarning o„rtalarigacha bo„lgan davr - o„zbek xalqining ijtimoiy hayotida o„zining alohida xususiyatlari bilan ajralib turdi. Bu davrda yangi zamonaviy hayotga intilish, ilm-marifatni, maktab-maorifni targ„ib qilish, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida o„zgarish yasash uchun kurashish kun tartibida turdi. Bu uyg„onish harakatining boshida Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Komil Xorazmiy, Avaz O„tar o„g„li, Ibrat, Anbar Otin, Nodim kabi marifatparvar-demokrat shoirlar turadilar. Ular o„z ijodiy va amaliy faoliyatlari bilan o„zbek xalqida yangi ong kurtaklarining uyg„onishida madad berib turdilar. Bu tarixiy-manaviy zamindan foydalanib, o„zbek xalqi 1905 yildan keyin ijtimoiy, madaniy hayotning hamma jabhalarida o„zgarishlar, yangiliklar yaratishga kirishdi. Bu davrda ulkan istedodli siymolar yetishib chiqdilar. "Cho„lpon yangi o„zbek sheriyatining, Qodiriy o„zbek nasrining, Fitrat yangi o„zbek dramachiligi va adabiyotshunosligi ilmining eng go„zal namunalarini yaratdilar" 7 . Mahmudxo„ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Hamza, Muhammadsharif So„fizoda, A.Shakuriy, Saidrasul Aziziy, Ajziy kabilar maktab-maorif sohasiga katta o„zgartirishlar kiritdilar. O„zlari maktablar ochib, o„zlari darsliklar yoedilar, xalq bolalarining ko„zini ochishga, zamonaviy bilimlardan xabardor qilishga intildilar. Bu davrda Turkistonning deyarli hamma katta shaharlarida bosmaxona, litografiyalar ochildi, kitob, ro„znomalar nashr qilish ishi yo„lga qo„yildi. Madaniy hayotdagi uyg„onish professional teatr sanatinish yuzaga kelishida ham ko„rinadi. Bu sohada XX asrnnng 10-yillarida katta yangiliklar yaratilgani malum. Ayniqsa, bu davrda Mahmudxo„ja Behbudiyning “Padarkush"idan o„z sarchashmasini ochgan Ovropacha tipdagi o„zbek dramaturgiyasi tug„ildi va tezlik bilan rivojlana boshladi. O„zbek adabiyoti tarixida yangi xodisa hisoblangan dramaturgiyaning paydo bo„lishi teatr tanqidchiligining tug„ilishiga olib keldi. Mirmuhsin Shermuhammedov, Hoji Muin kabi teatr tanqidchilari yetishib chiqdilar. Tatar, turk, ozarbayjon, rus adabiyoti va sanatlari tasirida o„zbek milliy adabiyotida yo„l taassurotlaridan iborat ocherk, feleton, hikoya, qissa, roman kabi janrlarniig ilk namunalari paydo bo„la boshladi. M. Shermuhammedov, Hamza, S.Ayniy, A.Qodiriy, Cho„lpon kabi ijodkorlar ilk milliy romanlar ustida ish olib bordilar. Marifatparvar adiblar publitsist, shoir, yozuvchi, jurnalist, adabiy tanqidchi va pedagog sifatida ko„p qirrali faoliyat ko„rsata boshladilar. Dastlabki o„zbek romanini yozishga uringan M.Shermuhammedov ijodi nazarga tusha bordi. Hamzaning "Milliy roman yoki yangi saodat" asarida Olimjonning ilm-marifat orqali baxtga erishgani tasvirlansa, A.Qodiriyning "Uloqda", "Juvonboz" singari realistik hikoyalarida davr ruhini ifodalovchi izlanishlar mahsuli sifatida etiborni torta boshladi. 7 Қосимов Б. Олам ичра олам бўлмоқ // Жаҳон адабиёти. 1998. № 1. Б. 12. Marifatparvarlik jadid adabiyotining yetakchi tamoyiliga aylandi, milliy o„zbek adabiyotining poydevoriga birinchi g„ishtlar qo„yila boshlandi. Bu davr shoirlari ijodida taraqqiyparvarlik, tenglik, ilm, ozodlik haqidagi g„oya o„sha davr sheriyatining leytmotiviga aylandi. Asta-sekinlik bilan o„zbek milliy adabiyotining tug„ilishi tufayli demokratik yo„nalish birinchi o„ringa o„ta boshladi. Davrning mavjud ijtimoiy tartibini tanqidiy realistik tarzda tasvirlab, uning ruhini yanada chuqurroq berish, xalq orzularini har tomonlama aks ettirish adabiyotda asosiy mavzuga aylandi. Ammo davr adabiyotiga yetarli baho berishga o„sha zamondagi adabiy tanidning kuchi yetmas edi, chunki adabiy tanqid hali qorishiq, endi shakllanayotgan pallaga kirgan edi. Shuning uchun o„ziga xos fan, ilmiy-estetik tafakkur mahsuli sifatida endi dunyoga kelayotganligi tufayli ijtimoiy hayotga, ijodiy jarayonga sezilarli tasir ko„rsata olmasligi tabiiy edi, 20-yillarning ikkinchi yarmida, xususan, 30-yillardan etiboran adabiyot butunlay mafkuralasha bordi va ko„r imkoniyatlari qo„ldan ketdi. "Sovet tuzumi uning markscha-lenincha mafkurasi, shubhasiz, adabiyotimizning kamoliga katta zarar keltirdi" 8 . Buning oqibatida adabiyotshunoslik ilmida jadid davri adabiyoti va uning namoyandalari hayoti va ijodi chetlab o„tila boshlandi. Natijada XX asr boshlarigacha o„zbek adabiyoti bilan undan keyingi davrdagi adabiyotlar o„rtasida katta o„pirlishlar va uzilish paydo bo„ldi. Holbuki, bu davr adabiyotini, tanqidchiligini barcha murakkabliklari bilan yoritish, barcha ijodkorlarning badiiylik mezonlariga javob beradigan asarlarini chop etish o„zbek mumtoz adabiyotiga tutashtiruvchi ko„prikni tiklash zarur edi. Xuddi shu boradagi xayrli ishlarni E.Karimov va B.Qosimov kabi adabiyotshunoslar boshlab berdilar. Tanqidning muhim xususiyatlaridan biri uning publitsistika bilan chambarchas aloqasidir. Joriy adabiy jarayonning hodisalarini va badiiy ijodning ayrim asarlarini tahlil etib, uning qimmatli fazilatlarini keng ommaga tushuntirib berish asosida uning estetik didini tarbiyalashga mo„ljallangan tanqid o„z o„quvchisiga matbuot-gazeta va jurnallar orqali murojaat qila boshladi. XIX asrning birinchi yarmida asosli ravishda V.Belinskiy: "Tanqid allaqachon bizning publikaning ehtiyoji bo„lib qoldi. Hech bir jurnal yoki gazeta tanqid va bibliografiya bo„lishisiz yashay olmaydi",- deb yozgan edi. Download 281.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling