Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
147-mashq. Quyida berilgan o‘xshash so‘zlarning ma’nosini izohlang va ular ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Namuna: Dars – saboq, darz – yoriq. Ona tili darsi, devordagi darz. Dars – darz, xush – hush, sof – sop, yoriq – yorug‘, urish – urush, asl – asil, asr – asir, ahil – ahl, biyron – biron, bob – bop, burj – burch Hissiylik va uslubiylik jihatdan o‘zbek tili leksikasi 148-mashq. Berilgan so‘zlarni hissiy bo‘yoqsiz va hissiy bo‘yoqdor so‘zlarga, hissiy bo‘yoqdor so‘zlarni ijobiy bo‘yoqli va salbiy bo‘yoqli so‘zlarga ajratib yo- zing. Hissiy bo‘yoqdor so‘zlar ishtirokida gap tuzing. 63 Gul, bola, oriq, ko‘rmoq, stol, mishiqi, chiroyli, so‘zlamoq, kulmoq, do‘ndiq, jajji, jilmaymoq, do‘ndirmoq, yuz, ketvorgan, bashara, olam- shumul, tor, kirdikor, vaysamoq, valdiramoq, ajib, mishiqi, tirrancha, zumrasha, kutmoq, daraxt, baland, tirjaymoq, ilakishmoq, laqillatmoq, qal’a, non, novvot, kuz, aldamoq, aljiramoq, aralashmoq, otarchi, se- miz, chumoli, to‘lamoq. 149-mashq. Gaplarni o‘qing. Hissiy bo‘yoqdor so‘zlarni aniqlab, ularni ijobiy va salbiy bo‘yoqli so‘zlarga ajratib yozing. Ularning hissiy bo‘yoqsiz ma’no- doshini yozing. 1. Sidqidillik ifodalovchi samimiy chehralarni ko‘proq ko‘rish orzusida oldinga qarab boraveribdi. (A.Obidjon) 2. Og‘ushlari xilvat- larga tayyordir ma’vo, so‘lim, salqin soyasida kiyiklar uxlar. (O. Rajab) 3. Terak naynov bo‘lib o‘saveribdi, maqtanaveribdi. (Sh. Shodmonova) 5. Qarasa badbashara bir kampir unga chang solishga shaylanayotgan ekan. („Nilufar“ ertagidan) 6. Men uni deb sizni ham, Rustam akamni ham xafa qildim. Agar u kelib suqilmaganda, biz baxtli bo‘lardik. (O. Yoqubov) 7. – Ey bebosh bola, sochi kalta, dumi yuluq bir satangga uylanib olibsan-u, onang bexabar, – dedi Karomat. (Sh. Sa’dulla) 8. Be, bo‘lmag‘ur gapni qo‘ysangiz-chi. Eshitmagansiz, ko‘rmagansiz, qa- yoqdan bilasiz. (P. Tursun) 9. Amir kulgan sari qiltiriqday bo‘yniga kallasi og‘irlik qilib, dam oldinga, dam orqasiga og‘ib ketar edi. (S. Anorboyev) 10. Anvar kelishgan, do‘ndiq bola edi. (A. Qodiriy) 11. Yonida arslondek, tog‘ni ursa tolqon qiladigan azamat eri turganda, tashvish qilishga hojat yo‘q edi. (S. Ahmad) 12. Chorshanbi – zo‘r yigit, ishni do‘ndiradi. (M. M. Do‘st) 13. – Hov, kim u bemahalda sanqib yurgan nobakor?! 14. Majnuntollar ko‘tarib boshin. Tabiat xo‘p ko‘rkam va suluv. (M. Abdusamatova) 15. Yorib chiqdim tuxumni, Shunday shovvoz jo‘jaman. (A. Obidjon) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling