Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Omonimlar 144-mashq. Gaplardagi omonimlarni aniqlab, ma’nosini izohlang. 1.Tol kurtakchalri yorilib, undan bo‘z momiq g‘unchalar chiqadi. (M. Alaviya) 2. Chit, satin, bo‘z, doka va boshqa matolar paxta tola- laridan to‘qiladi. (“Kiyim nimadan tikiladi?” matnidan) 3. Jarning har ikkala yonboshini qip-qizil gilamlar qoplagan. (N. Fozilov) 4. Jar solib bozorga dallol shu zamon Maqtar erdi qari eshakni chunon. (Abdurahmon Jomiy) 5. Kurak suyaklaring qiyshiq o‘syapti. (E. Malik) 6. Uning imillab ishlashidan ensasi qotib, kurakni bu yoqqa ol, deydi. (N. Aminov) 7. O‘ktam katta ho‘kizni qo‘shga qo‘shib, yer haydayotgan ekan. („O‘ktam“ ertagidan) 8. Bir qalin og‘aynisidan qo‘sh ho‘kiz olib keldi. (“Halollik” ertagidan) 9. Qarindosh xotinlardan biri bizga zog‘ora yopib berardi. (S. Ayniy) 10. O‘rta Osiyoning daryo, ko‘l hamda suv 60 omborlarida eng ko‘p tarqalgan baliqlardan biri zog‘ora baliqdir. (A. Omonov) 11. Lekin maxdum ba’zi narsalar bilan oshxonani yaxshigina mo‘liqdirar, masalan, sholg‘om, qovoq, lavlagi. (A. Qodi- riy) 12. Tuzsiz ovqat yeb, qovoqlarimiz ham shishibdi. („Rustamxon“ dostonidan) 13. Ey farzand, umidim shuki, sen shu pandlarni qabul qilgaysan. (Kaykovus) 14. Maqtangan pand yeydi, Kamtarin qand yeydi. (Maqol) 15.Qolgan ikkisi mijoz bilan kayfiyatdir. (“Ibn Sinoning shogirdlari” matnidan)16. Mijozingdan ayrilging kelmasa, nasiyaga mol ber. (Maqol) 17. Hech bir farzand otasining haqini to‘la o‘tay olmaydi. („Qirq hadis“dan) 18. Dehqon ekinni vaqtida o‘tabdi, sug‘oribdi, cho- pibdi. („Oltin tarvuz“ ertagidan) 19. Qopda yong‘oq, xumda shinni qish bo‘yiga Ko‘zimiz to‘q, dimog‘lar chog‘ xush bo‘yiga. (T. Yo‘ldosh) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling