Ona tili va bolalar adabiyoti


Qo‘llanish doirasiga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Qo‘llanish doirasiga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi 
 
166-mashq. Berilgan so‘zlarni qo‘llanish doirasi chegaralanmagan va chega-
ralangan so‘zlarga bo‘lib yozing. Qo‘lanish doirasi chegaralangan so‘zlarni necha 
guruhga ajratish mumkinligini ayting. 
Anhor, sinus, hasut (non), danap (ayol raqqosa), go‘sala, yil, yurmoq, 
jo‘rob, gavdo‘sha, non, challamoq, suv, las, tarvuz, xurmo (buxoro tilla 
tangasi), burjaq, barak, sharshara, ishlamoq, birinjoba, jingildak, gu-
jum, zaldori, soqqa (pul), mashina, poyezd, ko‘chmoq, tog‘, shuxer 
(xavf-xatar), hulbo‘y, g‘oʻz, gilam, yakan (pul), kesim, baliq, affiks, 
maymun (oyna), ko‘ylak, timsoh (qaychi), sindirmoq (qoyil qilmoq), 
gipotenuza, badik, tarozi, xorpish, quduq, satil, g‘o‘lin. 
Savollar:
1. Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan so‘zlar deganda qanday leksika tushuni-
ladi? 
2. Qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlarga qanday so‘zlar kiradi? 


73 
167-mashq. Berilgan so‘zlarni adabiy til va shevaga oid so‘zlarga ajratib 
yozing. 
Do‘ppi, go‘sala, to‘sin, juvona, zangi, gujum, donasho‘rak, buzoq, 
inak, narvon, zaldori, shoti, sabzi, qaroli, sigir, paypoq, dala, o‘rik, 
bodberak, chayla, xapitmoq, varrak, g‘olin, turshak, dala, qayrag‘och, 
yobon, koza, mag‘al, mos, kalapo‘sh, qolin, ota, gilam, lo‘li, qayish, 
shilpildoq, gilos, mo‘ylov, olcha, qaptal, yon, g‘o‘z, objo‘sh, ada, bo‘-
lakdan, bopta, burut, o‘jak, jo‘gi, jelatka, nimcha, jilob, g‘ilak, sho‘r-
danak, burjaq, do‘l, gashir, olxo‘ri, novvos, atiz, karvich, g‘isht, bolor, 
cho‘milmoq, pichak, somsa, dajam, g‘azab.
 
168-mashq. Gaplardagi sheva so‘zlarni topib, ma’nosini izohlang. Yozuvchi 
bu so‘zlarni nima maqsadda ishlatganini tushuntiring. 
1. Xudoyor muhr bosish asnosi yozilgan yorlig‘ va nomalarni o‘qitib 
eshitar, munshiylarning eshitilmagan arab va fors so‘zlari orqali to‘qi-
g‘an yarim turkiy jumlalariga aksar vaqt tushunmas: “Enalaring‘ arapqa 
tekkanma?” deb mirzo, muftilarni koyir edi. (A. Qodiriy) 2. Qora burti 
ko‘kka o‘sgan, bet qip-qizil. (G‘. G‘u-lom) 3. Uyiga militsioner yuborib 
yuragini po‘killatib qo‘yardim. O‘zi oyogini qo‘liga olib yugurib kelar-
di elanib! (S. Nurov) 4. Oying bilan magazinga chiqinglar-da, yetma-
ganiga qo‘shib, bitta bopta kostum olinglar. (M. Ismoiliy) 5. Rayim yaz-
namiz sal g‘irrom kuyovlardan chiqib qoldi. (S. Siyoyev) 6. Toshsoqa 
magistral kanalining ham quti o‘chib qolgan – suv o‘ltangda shildirab 
qolgan. (E. Rahim) 7. Odamlar cholni o‘rlikda qancha ayblamasin, lekin 
u jo‘n turmushga ko‘nikib ketolmadi. (N. Norqobilov) 8. Hoy uka, 
sekinroq gapir, qopining orqasida odam bor. (J. Sharipov) 9. – Osilgan 
kim? – Qiyotlik g‘o‘ch yigit. (J. Sharipov) 10. Poyteshada bolor 
chopaverib bellaring qotib ketgandir. (S. Ahmad) 11. Bir kun deng
shunday isitma qildim, varaja tutdi. (N. Aminov)
12. – Zomicha dumcha berib, 
Qovun pishdi, yor-yor! 
Bizning Sayyot qishloqqa 
Kelin tushdi, yor-yor! (T. Jo‘ra) 
13. Shundoq ajib yurtsan, jon Qozog‘iston, 
Qardoshim, qurdoshim, bovurim azal! (A. Oripov) 
 


74 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling