20. Quyidagi topishmoqning javobini toping. Og‘izdan chiqquncha meniki,
og‘izdan chiqqani elniki.
A) gap B) til C) so‘z D) ilm
21. Nima sababdan til ijtimoiy hodisa sanaladi?
A) chunki til jamiyatga xizmat qiladi B) chunki til insonlarning o‘zaro
munosabatga kirishuviga xizmat qiladi C) chunki til jamiyatlar o‘rtasidagi aloqa
uchun xizmat qiladi D) A, B.
22. Nutq nima?
A) so‘zlar orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi
B) so‘zlash orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi
C) yozish orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi D) B,C.
23. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay
yoki xusumat bilan qarashning taqiqlanganligi “Davlat tili haqida”gi
qonunning qaysi moddasida yozilgan?
A) 1-moddasida B) 2-moddasida C) 24-moddasida
D) 14-moddasida
24. Quyidagi maqolni davom ettiring: Ovqatni tuzi mazali qiladi, odamni - ...
5
A) yuzi B) ko‘zi C) o‘zi D) so‘zi
25. Nutq so‘zlovchining qaysi xususiyatlariga qarab turli xil bo‘lishi
mumkin?
A) saviyasiga va uslubiga B) o‘rin va mavqeiga C) yoshiga va jinsiga D) A va
B.
26. Og‘zaki nutqdan qaerlarda foydalaniladi?
A) o‘zaro suhbatlarda va ma’ruzalarda B) radio va telefonda
C) uy-oila muomalasida D) barchasi to‘g‘ri.
27. Har qanday nutqning bosh fazilati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) qisqa va ixcham bo‘lishi B) jumlaning to‘g‘ri ravon hamda ta’sirli tuzilishi C)
fikrning aniq va tushunarli bo‘lishi D) B, C.
28. Hozirgi kunda til oilalari soni...
A) 10 dan ortiq B) 30 dan ortiq C) 6 ta D) 20 dan ortiq
Do'stlaringiz bilan baham: |