Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


SINOV 1. O‘z va ko’chma ma’no


Download 0.61 Mb.
bet16/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

SINOV
1. O‘z va ko’chma ma’no.
2. Bir va ko’p ma’noli so’zlar.
3. Ma’no o’zgarishlari.
4. So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari.

1. “Bunyodkor” jamoasi “Paxtakor”ni ikki to’p farqi bilan mag’lub etdi.


So’z ma’nosi ko’chishining turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

2. Akkumulatorim o’tirib qoldi.


Ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi yuz bergan.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) kinoya

3. Uchta so’zning shaklan birlik hosil qilishiga qaysi bandda misol keltirilgan?


A) oshiq B) yoq C) til D) to’r

4. Birdan ortiq so’zning bir xil talaffuz etilishi va turlicha yozilishi natijasida qanday so’zlar hosil bo’ladi?


A) paronimlar B) sinonimlar
C) omonimlar D) antonimlar

5. O’zaro sinonim bo’lmagan so’zlardan hosil bo’lgan juft so’zni toping.


A) kuch-quvvat B) o’y-xayol
C) or-nomus D) ur-sur

6. Omonim so’zlar berilgan qatorni toping.


A) tuz, ekkan B) yoz, kuz


C) o’rgan, tol D) tosh, yur

7. Omonim va paronimlar qanday she’riy san’at uchun katta material beradi?


A) tashbeh B) tajnis C) talmeh D) tazod

8. Gap so’zi qaysi bandda nadomat ma’nosini ifodalaydi?


A) gap qistirmoq B) gap sotmoq
C) gap qilmoq D) gap o’g’irlamoq

9.

10. Samolyotning dumi.
Ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi yuz bergan.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

11. Samolyotning qanoti.


Ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi yuz bergan.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

12. Metaforik ma’nosi ko’chgan so’z qo’llangan gapni toping.


A) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
B) Ulug’bek –misoli oftob
C) Dunyoda o’zimizdan keyin qoldiradigan tuyog’imiz … faqat shul Otabekdir, deb yozdi Yusufbek hoji
D) A va B

13. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanuvchi bir nechta so’z qanday nomlanadi?


A) ko’p ma’noli so’zlar B) olmoshlar
C) sinonimlar D) antonimlar

14. Quyidagi so’zlardan qaysi biri yaqin so’zi bilan sinonim bo’la oladi?


A) sekin B) jadal C) qalin D) achchiq

15. Sinonim ishtirok etgan gapni toping.


A) Men buyuk yurt o’g’lidurman, Men bashar farzandiman.
B) Bunda yondosh shodlik va qayg’u, Yer-u osmon, kecha-yu kunduz.
C) Muniso, to’lmay yigirma yeti yosh, Vah yigirma yeti uzra yeti yosh
D) Arqonning uzuni, gapning qisqasi yaxshi

16. Quyidagi sinonimik qatorlardan qaysi biri faqat o’z qatlamga tegishli so’zlardan tarkib topgan?


A) ayyor, hiylagar B) lab, dudoq
C) buloq, chashma D) sevinch, quvonch

17. Turli tillardan o’zlashgan so’zlar o’zaro sinonim bo’lishi mumkinmi?


A) bir til doirasidagina o’zaro sinonim bo’lishi mumkin
B) faqat arab va fors-tojik tillaridan olingan so’zlargina o’zaro sinonim bo’la oladi.
C) o’zlashma so’zlar qaysi tildan olinganligidan qat’i nazar, o’zaro sinonim bo’la oladi.
D) o’zlashma so’zlar faqat o’zbekcha so’zlar bilangina o’zaro sinonim bo’lishi mumkin

18. O’zaro sinonim qo’shimchalardan iborat qatorni toping.


A) –dir, -giz, -loq, -lash B) –ki, -im, -di, -da
C) ser-, ba-, -li, -dor D) –ma, -k, -roq, -tir

19. Sinonimlar ichidan asl turkiy so’zni toping.


A) xat B) maktub C) noma D) bitik

20. Quyidagi qaysi so’zlar tilimizda o’z sinonimlariga ega?


A) kiyim, bug’doy B) masxara, ko’z
C) non, nazar D) peshana, ilmoq

21. Quyidagi so’zlardan qaysi biri idora qilmoq so’zi bilan sinonim bo’la oladi?


A) so’ramoq B) o’tirmoq
C) talab qilmoq D) yurmoq

22. Butun mahalla-ko’y Razzoq so’fining baxtini olqishlab chapak chalar edi.


Ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi yuz bergan.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) so’z ma’nosi ko’chmagan

23. Omonim so’zlar qatorini toping.


A) oting, o’qing B) tub, qachon
C) sana, tunamoq D) shamol, sabo

24. Metafora yo’li bilan ma’nosi ko’chgan so’zni aniqlang.


A) Bu achchiq sovuqqa men bardosh bera olmayman.
B) Hali bu ishning tagiga yetaman.
C) Salimov uzoq yillar faoliyat yuritgan mansabidan tushdi.
D) Barchasida metafora mavjud.

25. Qaysi so’zdagi omonimlik har xil so’z turkumlari doirasida vujudga keladi?


A) tortmoq B) quymoq
C) chopmoq D) sirtmoq

26. Omonim so’zlar qatorini belgilang.


A) ich, bitmoq B) tuz, asir
C) loy, tom D) tilim, ko’z

27. Metonimiya asosida ma’nosi ko’chgan so’z qaysi gapda mavjud?


A) Otam samovar olish uchun bozorga ketdi.
B) Auditoriyaga kirgan kishi shovqinga chiday olmas edi.
C) Besh qo’l barobar emas.
D) Men endigina o’nga kirdim-ku!
28. Ko’chma ma’noli so’z qo’llangan birikmani toping.
A) daraxtning ildizi B) sirli idish
C) qalin kitob D) og’ir hayot

29. Kelishik qo’shimchalari qo’shilganda ham omonimlik xususiyatini to’la saqlab qoluvchi so’zni toping?


A) chang B) til C) chaqmoq D) shish

30.

31. Quyidagi sinonim so’zlardan qaysi biri asosan joyga nisbatan qo’llanadi?
A) iflos B) irkit C) isqirt D) ivirsiq

32. Bosh so’zi nutqda qaysi so’z bilan ma’nodosh bo’la olmaydi?


A) uch B) ibtido C) asir D) to’ng’ich

33. Quyidagi bir sinonimik qatorga mansub so’zlarning bosh so’zini toping.


A) taxt B) tayyor C) hozir D) shay
34. Qishloq uyquda.
Ushbu gapdagi ma’no ko’chish yo’lini toping.
A) so’zlar o’z ma’nosida qo’llangan.
B) sinekdoxa
C) metafora D) metonimiya

35. Omonim so’z berilmagan bandni belgilang.


A) qori B) dori C) bo’ri D) zori

36. Paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolikni toping.


A) Chanoqdagi lo’ppi ochilgan paxta quyoshda
yarqirab kumushdek toblanadi.
B) Men-cun uning oldida yer bo’lgandan o’lim
afzal.
C) Shu alpozda qayerga otlandilar?
D) Adresant o’z xati yana qaytganini eshitdi,
biroq tushkunlikka tushmadi.

37. Polisemantik so’zning ko’chma ma’nosi qachon namoyon bo’ladi?


A) nutqdan ajratib olinganda
B) nutq tarkibida boshqa so’zlar bilan munosabatga kirishganda
C) har qanday vaziyatda
D) o’zi yolg’iz bo’lganda

38. Affiks omonimiya…


A) gulsiz - gulsiz B) qo’llanma – qo’llanma
C) aqlsiz – beaql D) oyi – oyi (yanvar oyi)

39. Polisemantik va omonim so’zlar haqida bildirilgan qaysi mulohaza noto’g’ri?


A) har ikkisi ham leksikologiya bo’limida o’rganiladi
B) polisemantik so’zlar bir turkumga mansub bo’lsa, omonimlar bir yoki har xil turkumga oid bo’lishi mumkin
C) bir so’z ko’p ma’noli va ayni paytda boshqa bir so’zga omonim bo’lishi mumkin
D) omonimiya hodisasi kamida uchta so’z orasida voqe bo’ladi

40. Tomdan yiqilmoq -imtihondan yiqilmoq


Yiqilmoq so’zi qaysi bandda to’g’ri izohlangan?
A) bir so’zning ikki xil bosh ma’nosi
B) ikki so’zning shakliy tenglik hosil qilishi
C) bir so’zning turli ma’nolari
D) birdan ortiq so’zning shakl va ma’noda teng kelishi

41. Omonim so’z berilgan bandni belgilang.


A) urinma B) undalma
C) qazilma D) qo’llanma

42. Grammatik ko’rsatkichni qabul qilganda ham omonimligini to’liq saqlab qoluvchi so’z…


A) bog’ B) ot C) o’t D) A, B va C

43. Grammatik ko’rsatkich qo’shilganda omonimligini qisman saqlab qoluvchi so’z…


A) chang B) tortmoq C) suzmoq D) yoq

44. Dam (nafas), dam ( payt ) omonimlari qanday hosil bo’lgan?


A) boshqa tildan so’z olish hisobiga
B) polisemantik so’zlar orasidagi ma’noviy bog’lanish uzilishi natijasida
C) grammatik qo’shimchalar qo’shilishi natijasida
D) yangi leksema yasalishi natijasida

45. Uch xil so’z turkumi yuzasidan omonimlik hosil qiluvchi so’zni aniqlang.


A) tom B) yot C) ot D) tur

46. Ustidan chiqmoq ( bajarmoq ), ustidan chiqmoq (voqea joyiga borib qolmoq)


Omonimiyaning turini aniqlang.
A) leksik B) morfologik
C) sintaktik D) frazeologik

47. Omonim so’z berilgan bandni belgilang.


A) qayd B) so’yla C) qazi D) bordi

48. Olinma (o’zlashma) so’z bilan o’zbekcha so’zning omonimlik hosil qilishiga qaysi bandda misol keltirilgan?


A) tur B) soy C) ko’k D) sana

49. Grammatik qo’shimcha qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan omonimni toping.


A) bo’ri B) matematik C) otni D) qo’llanma

50. Ot va sifat turkumlari orasida voqe bo’luvchi omonimiyani aniqlang.


A) soz B) tort C) uy D) boy

51. Omonimlarga misol berilmagan qatorni toping.


A) osh yemoq; devordan osh
B) kitobning ikki tomi; uyning tomi
C) suv quy; gapimni qulog’ingga quy
D) u hali yosh; uning yoshi hali o’nda

52.

53.

54. Qattiq so’zining antonimini aniqlang.


A) yumshatigan B) saxiy C) qora D) yaqin
55. Faqat shakldoshlardan iborat qatorni aniqlang.
A) to’p, bosh, qon, tortmoq
B) yor, uy, karam, kuz
C) tanga, mayda, chaqmoq, ilmoq
D) qovoq, tort, qosh, jonli



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling