Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA’NOSI


Download 0.61 Mb.
bet13/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA’NOSI

1. Quyidagi gapda yengil so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Sizlarni yengil ish bilan ta’minlaymiz.
A) ixcham B) kuchsiz C) o‘ynoqi D) oson

2. Quyida yer so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Daraxt bir yerda ko‘karadi.
A) planeta B) yuza C) joy D) masofa

3. Quyidagi gapda yo‘l so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Kechga borib avtobuslar o‘z yo‘lini o‘zgartiradigan bo‘lib qoldi.
A) safar B) masofa C) yo‘nalish D) tadbir

4. Quyidagi gapda so‘ramoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Sizni birov so‘rab kelgandi.
A) savol bermoq B) axtarmoq
C) talab qilmoq D) idora qilmoq

5. Quyidagi gapda bor-yo‘q so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?


Bor-yo‘g‘i bitta kitob sotib oldim.
A) boylik B) bisot C) hamma D) atigi

6. Quyidagi gapda bog‘lamoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Dasturxonga shira bog‘lagan oltin rang uzum qo‘yildi.


A) tugmoq B) ulamoq C) yig‘moq D) o‘ramoq

7. Gaplardagi ajratilgan so‘zlarning qaysi birida maslahat ma’nosi bor?


A) So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor.
B) Xalqda “boshga tushganini ko‘z ko‘radi” degan so‘z bor.
C) Do‘st so‘zini tashlama. Tashlab boshing qashlama.
D) Boshliq bilan uning o‘rtasida so‘z o‘tgan, shekilli.

8. Gaplardagi ajratilgan so‘zlarning qaysi birida voqea ma’nosi ifodalangan?


A) Gaplariga diqqat bilan quloq soling.
B) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar.
C) Yig‘iq gaplar ko‘pincha ega va kesimdan tuziladi.
D) Uch yil burungi gapni aytmasang ham bo‘ladi.

9. Qaysi qatorda kun so‘zi davr, payt ma’nosida qo‘llangan?


A) Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi. (A.Qodiriy)
B) Shanba kuni siz keling, yakshanba kuni men boray.
C) Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Ko‘p ertak eshitgandim.(H.Olimjon)
D) Kun botib, qorong‘u tusha boshladi.

10. Quyidagi gapda tabiat so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Davlatyorning tabiati xira bo‘lib, yetim boladek ko‘zlari jovdiradi.


A) kayfiyat B) xarakter C) borliq D) did-farosat

11. Quyidagi gapda ko‘tarmoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bemorga yengil ovqat bering, palovni ko‘tarolmaydi.


A) oshirmoq B) hazm qilmoq
C) yo‘qotmoq D) ichmoq

12. Quyidagi gapda nozik so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Qizning yuzlarida nozik tabassum o‘ynadi.
A) mo‘rt B) ixcham C) qaltis D) nazokatli

13. Quyidagi gapda ko‘tarmoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo‘jaligimiz har gektar yerdan 30 sentnerdan hosil ko‘tardi.


A) oshirmoq B) hazm qilmoq
C) yetishtirmoq D) ichmoq

14. Quyidagi gapda ketmoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Har bir qo‘y o‘rtacha ikki mingdan ketdi.
A) sig‘inmoq B) tugamoq
C) sotilmoq D) yarashmoq

15.Quyidagi gapda yo‘l so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


U paytlarda otda yurilsa, uch kunlik yo‘l edi.
A) masofa B) yo‘nalish C) safar D) tadbir

16. Qaysi gapda yengil so‘zi ko‘chma ma’noda ishlatilmagan?


A) Es-hushiningni yig‘, unaqa yengil bo‘lma!
B) Davlatbekov radiodan aytilayotgan yengil
kuydan, xususan, uning so‘zlaridan zavlanib
tebrandi.
C) Yigirma minut o‘tgandan keyin yengil
ta’zim bilan Gulandom kirib keldi.
D) Yo‘lchi yengil eshikchani ochib kirdi.

17. Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi hisoblanadi?


A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida
ifodalaydigan ma’nosi
B) so‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar
yordamida anglatiladigan ma’nosi
C) so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri.
D) so‘zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi.

18. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda?


A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh
C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish

19. Ko‘p ma’noli so‘zlarni toping.


A) men, sen B) besh, o‘n
C) ota-ona D) tomir, yoqa

20. So‘zning o‘z (asl) va ko‘makchi ma’nosi qaysi qatorda berilgan?


A) Qishloq markaziga shu yo‘l bilan boriladi. Bahslashishga yo‘l qolmagan edi.
B) Egir ish qirq yildan keyin ham bilinadi. Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab-quvvatlasin.
C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko‘rmagan. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi.
D) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi? Daraxtlar uyg‘ondi.

21. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?


A) ko‘p ma’nolilik B) omonimiya
C) sinonimiya D) frazelogiya

22. Quyidagi gapda nozik so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bu juda nozik ish, ehtiyotkorlik lozim.


A) mo‘rt B) qaltis C) nazokatli D) ingichka

23. Quyidagi gapda yo‘l so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Bu masala qaysi yo‘l bilan yechildi?
A) tadbir B) yo‘nalish C) safar D) usul

24. Quyidagi gapda dog‘ so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Yomondan dog‘ qoladi, yaxshidan bog‘ qoladi.
A) alam B) qayg‘u C) armon D) isnod

25. Quyidagi gapda yer so‘zning qaysi ma’nosi ifodalangan?


Yer yuzasining to‘rtdan uch qismi suvlikdan iborat.
A) yuza B) joy C) planeta D) masofa

26. Quydagi gapda bosh so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odam ko‘rki bosh bilan.
A) boshliq B) aql C) birinchi D) rahbar

27.Quyidagi gapda daraja so‘zi qaysi ma’noda kelgan?


Anvar bosh munshiylik darajasini oldi.
A) saviya B) pog‘ona C) chegara D) mansab

28. Quyidagi gapda yetmoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Yaxshi bilan yurdim – yetdim murodga.
A) manzilga bormoq B) tenglashmoq
C) erishmoq D) kifoya qilmoq

29. So‘zning ko‘chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi.


A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
B) nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi
C) morfologik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi
D) sintaktik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi

30. Dog‘ so‘zi qaysi qatorda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan?


A) Tunsiz kun yo‘q, dog‘siz lola yo‘q.
B) Toza qalbda dog‘ yo‘q.
C) Yomondan dog‘ qoladi, yaxshidan bog‘ qoladi.
D) Sevgiga tushgan dog‘ni daryo yosh to‘kishi bilan tozalab bo‘larmishmi?

31. Quyidagi ko‘p ma’noli so‘zlardan qaysi biri tez so‘zi bilan antonim bo‘la oladi?


A) achchiq B) shirin C) og‘ir D) jadal

32. Quyida solmoq so‘zning qaysi ma’nosi ifodalangan?


Yaqinda uy solib, o‘rtancha o‘glimizni ham chiqarib yubordik.
A) joylamoq B) bog‘lamoq
C) qurmoq D) chizmoq

33. Quyidagi gapda yozmoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bostirmada Ziyodaxon supra yozib, un elab o‘tirar edi?


A) yoymoq B) aytmoq
C) tarqatmoq D) ijod qilmoq

34. Qaysi qatordagi gapda dam so‘zi lahza ma’nosida qo‘llangan?


A) Issiqdan kishining dami qaytib ketadi.
B) Boboxon tog‘iga etib, Qorajon otga dam berib yotdi.
C) Uy egasi dam o‘tmay hammasini hozir qiladi.
D) Ibrohimov oyog‘ini yozgani o‘rnidan turdi va ayvonning damiga borib, uzoqdagi kaptar rang tog‘larga qaradi.

35. Quyidagi gapda bo‘lmoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Sen ularning o‘tirishlarida bo‘lganimiding?


A) yuz bermoq B) amalga oshmoq
C) tamomlamoq D) ishtirok etmoq

36. Quyidagi gapda bo‘sh so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Ishdan bo‘sh paytlarimda kitob o‘qiyman.
A) zaif B) yumshoq C) kuchsiz D) xoli.

37. Quyidagi gapda dam so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Quyosh damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi.
A) nafas B) hordiq C) havo D) harorat

38. Quyidagi gapda demoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Jamol nima desa, shu bo‘ladi.
A) bildirmoq B) xohlamoq
C) hisoblamoq D) nomlamoq



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling