«Ona tilim – onadek aziz!»
Download 18.91 Kb.
|
«ONA TILIM – ONADEK AZIZ!»
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ona tilim - onaday aziz"
- Vatan haqida qo‘shiq
- Milliy raqs ijro etiladi. Tadbir ishtirokchilari ijrosida xalq maqollari va hikmatli so‘zlar ijro etiladi. Vatan haqidagi qo‘shiq bilan tadbir yakunlanadi.
«Ona tilim – onadek aziz!» Ona tilim- onaday aziz. (O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ssenariysi) Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli o‘quvchilar. Bugun O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ldi. Shu qutlug‘ ayyom bilan sizlarni qutlayman. "Ona tilim - onaday aziz" deb nomlangan bayram tadbiriga xush kelibsiz. Tadbirni ochib berish uchun so‘z navbati maktabimiz O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rnbosari Q.Toshpo‘latovga: ___ O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Boshlovchi: Ona tili - bebaho meros, milliy qadriyat. Millatimiz, milliyligimiz, o‘zligimiz, o‘ziga bekligimizni bildiruvchi ulkan boylik. Bugun esa tarix sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan, ana shu bebaho boyligimizga qonuniy ega bo‘lgan kun. Bayram barchamizga muborak bo‘lsin. Millatimning sharaf- shoni - ona tilim. Navoiyni maftun qilgan tanho gulim. Bobolarim duosidan masrur dilim Elimdayin, yurtimdayin seni suysam. Boshlovchi: Assalom, tilimning shaydolariga, Assalom elimning shaydolariga. Assalom onadek tilni qutlovchi, Assalom dilimning shaydolariga! Bobolarim ruhi shod bugun, Ona tilim -qadri ko‘p baland. O‘z tilini qadrlab elim, Boshi bo‘ldi yana sarbaland. Tilim qadring tiklandi yana, Imkon berdi yashashga qonun. Yurtimizda bugun tantana O‘ttiz uchga to‘libsan mana. Madh eyrman bugun tilimni, Ona tilim - onamday buyuk. O‘zbeklarning, o‘zbek tilining. Bor kalomi biz uchun suyuk. Vatan haqida qo‘shiq Navbat- tadbir shtirokchilar ijrosida Ona tilini madh etuvchi she‘rlarga: Dunyolarni lol aylagan ona tilim-, Azizdirsan onajonim yopgan nonday, O‘zing xushbo‘y, o‘zing xushro‘y, o‘zing so‘lim, Asragayman seni abad shirin jonday! Ona tilim- onam tili,qadri osmon, G‘ururimsan, sururimsan - otamdayin. Ham akamsan, ham opamsan- jon tomirim, Asragayman ko‘zim nuri- bolamdayin! Bobolardan meros qolgan, Butun olam e‘zoz qilgan. Bu dunyoda yagonamsan. Ona tilim -jon- u dilim! Sen ancha vaqt orzu bo‘lding, Qaramlikdan juda to‘yding. Oxir o‘zni tiklab olding, Ona tilim - jon-u dilim. Hozir juda go‘zaldirsan, Hamma tildan o‘zing zo‘rsan, Zulmatdagi nurimdirsan, Ona tilim- jon-u dilim! Men sen ila o‘zbekdurman. Sensiz men han qul bo‘lurman. Allalar tinglagan tilim, Ona tilim- jon- u dilim. Milliy raqs ijro etiladi. Tadbir ishtirokchilari ijrosida xalq maqollari va hikmatli so‘zlar ijro etiladi. Vatan haqidagi qo‘shiq bilan tadbir yakunlanadi. Download 18.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling