«Ona tilim o’lmaydi !» tadbir senariysi


Sardor: — Qoyil. Tillarni mukammal bilar ekansan. Botir


Download 22.66 Kb.
bet4/4
Sana14.02.2023
Hajmi22.66 Kb.
#1196520
1   2   3   4
Bog'liq
ona tilim o\'lmaydi senariysi

Sardor: — Qoyil. Tillarni mukammal bilar ekansan.
Botir: — Ha, poytaxtda hamma imkoniyatlar bor-da.
Komil: — Sizlarda ham hamma imkoniyatlar bor ekan-ku. Bu qishloq maktabi hech qaysi shahardan qolishmaydi. Tillarni o‘rgatadigan to‘garaklarda bilim olishni davom ettiryapman.
Sardor: — Rost aytyapsanmi? Bizni qishloqda-ya?
Komil: — Hohlasangiz, men bilan birga borishingiz mumkin. O‘zim sizlarga tillarni o‘rganishingizda yordam beraman.
Botir va Sardor: — Yaxshi bo‘lar edi.
Komil: — Faqat bir shartim bor.
Bolalar: — Qanday shart ekan?
Komil: — Bundan keyin ona tilimizda chiroyli so‘zlashasizlar. Har xil so‘zlarni qo‘shib tilimizni buzmaysizlar, nutq madaniyatiga rioya qilasizlar.
Bolalar: — Mayli, biz rozimiz!
(Sahna ko‘rinishi tugaydi).
2- boshlovchi: — Endi aziz mehmonlar, ishtirokchilarimiz to‘rt guruhga bo‘linib ustozimiz tomonidan tayyorlab kelingan boshqotirmalarni yechishadi. Boshqotirmani to‘g‘ri va birinchi bajargan guruh g‘olib deb e’lon qilinadi.
Ular boshqotirmani yechib turgunlariga qadar esa yana bir guruh o‘quvchilarimiz Abdulhay Karimov ijrosidagi «O‘g‘il bola» qo‘shig‘iga raqs ijro etishadi.
1- boshlovchi: — Zamonamiz yoshlari nafaqat o‘zbek tilini, balki xorijiy tillarni ham puxta o‘rganishmoqda. Bugungi tadbirimizga ham do‘stlarimiz har xil tillarda bizlarni qutlashmoqchi.
(O‘quvchilar ingliz, rus, fransuz, qirg‘iz….. tillarida mehmonlarni til bayrami bilan tabriklaydi).
2- boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, ustozlar va o‘quvchilar! Mana, til bayramiga atalgan tadbirimiz ham o‘z nihoyasiga yetdi.
1- boshlovchi: — Ishonamizki, qayerda bo‘lmaylik, har birimiz ona Vatanimizni sevganimiz kabi jonajon tilimizni ham ko‘z qorachig‘idek asraymiz, ardoqlaymiz. Niyatimiz, tilimizning shuhrati yanada ortsin, elimizni ellar bilan bog‘lab, mustaqilligimiz yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilsin.
Boshlovchilar birgalikda: — Azizlar, barchangiz bilan xayrlashib, «Yoshlar madhiyasi»ni birgalikda kuylashga chorlaymiz!
Yakuniy qismda Muhammad Yusufning «Tavallo» she’ri, Yulduz Usmonova ijrosidagi «Fidoying bo‘gaymiz seni, O‘zbekiston!» («Yoshlar madhiyasi») qo‘shig‘i yangraydi.

MMIBDO’ M.Shodiyeva:
Download 22.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling