Ona tilim,sen faxrim,g`ururim”


Download 48.1 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi48.1 Kb.
#1240757
  1   2   3
Bog'liq
til bayrami2


Buxoro viloyati Gijduvon tumani


24-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot o`qituvchisi Abdullayeva Gulruhning
Ona tilim,sen faxrim,g`ururim” mavzusida o’tkazgan
Tadbir dasturi

Ona tilim , sen faxrim, g`ururim!


1-boshlovchi:


Assalom, ey ilm-u urfon bog’ining bog’bonlari,
Assalom, ey chin ma’rifat sohibu davronlari.
Assalom. ey mehribonlar, so’zlari mehrigiyo,
Bugun yana yuz ko’rishdik, xush kelibsiz, marhabo.
2-boshlovchi:
Sizga ming ta’zim, tahsin, eng avvalo ustozlar,
Xush kelibsiz davramizga ming marhabo, ustozlar.
Ko’nglingizdan ko’nglimizga mehringiz topibdi yo’l,
Fayzingizdan kechamizga zavq-u safo, ustozlar.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum muhtaram va aziz mehmonlar, qadri baland qadrdon ustozlar, aziz o’quvchilar!
2-boshlovchi:
Mana, yurtimiz bo’ylab muborak sana shodiyonasi kezmoqda. 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Mana bugun o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga roppa-rosa 33 yil to’ldi. Shu munosabat bilan “Ona tilim, sen faxrim, g`ururim!” mavzusidagi bugungi adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsiz, azizlar!

1-boshlovchi:


Til – millatning boyligi va bebaho mulki. Til – xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini bog’lovchi ulug’ karvon yo’lidir. Aslida noyob ijtimoiy-siyosiy hodisa bo’lgan til insonga tabiatning bebaho ehsonidir.
2-boshlovchi:
Til - ma’naviyat olamini tutib turuvchi ustun. Xalq hayotining oynasi, tiniq ko’zgusidir. Til millatning o’zligi, demak, til bayrami – millat bayrami, yurt shodiyonasidir. Mana shu shodiyona barchangizga muborak bo’lsin.
O’quvchilar she’r aytishadi:
Ming bir eldan bizga nasib bo’lgan tilim,
Ming yillardan omon o’tib kelgan tilim.
O’zbegimni asl o’zbek qilgan tilim,
Tillar ichra o’zing buyuk zabonimsan.
Ona tilim, mening ikki jahonimsan.
Sen dildagi orzularga qanot berding,
Har mushkul-u xatolarda najot berding,
Yashash uchun hech tuganmas hayot berding.
Tillar ichra o’zing buyuk zabonimsan.
Ona tilim, mening ikki jahonimsan.

_1boshlovchi: O’zbek tilining rivojlanishiga behisob hissa qo’shgan buyuk shaxslar ko’p. Biroq buyuk mutafakkir A.Navoiy nomini alohida ta’kidlash joiz. Alisher Navoiy o’zbek adabiy tilining rivojlanishi, taraqqiyotiga beqiyos hissa qo’shdi. U “Xamsa”, “Xazoyin-ul maoniy”, “Majolis-un nafois”, “Mahbub-ul qulub” kabi qator asarlarini o’zbek tilida yaratib, ona tilimizning betakrorligi, go’zalligi, nafis-u jozibador ekanligini isbotlab berdi.


2-boshlovchi:
Mirzo Bobur aytganidek, “Alisherbek naziri yo’q kishi erdi. Turkiy tila bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’p aytqon emas”.

Sahna ko’rinishi; Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro suhbati





Download 48.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling