Ona tilim,sen faxrim,g`ururim”


Download 48.1 Kb.
bet3/3
Sana01.03.2023
Hajmi48.1 Kb.
#1240757
1   2   3
Bog'liq
til bayrami2

Alisher Navoiy sahnada.
Hikmatli so’zlar.
Ko’ngil maxzanining qulfi tildir,
Va ul maxzanning kalitin so’z bil.

So’zdurki, nishon berur o’likka jondin,


So’zdurki, xabar berur jong’a jonondin,
Insonni so’z ayladi judo hayvondin
Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin.

1-boshlovchi:


Qadrim so’raganda qayrog’im tilim,
Yorning ta’rifida qaymog’im tilim.
Yovning yuragiga titroqlar solgan,
Alpomish belida belbog’im tilim.
2-boshlovchi:
Yassaviy baytida tumorim tilim,
Navoiy nazmida sen orim tilim.
Kumushning vasfida betakror malak
Qodiriydan qolgan yodgorim tilim.

2-boshlovchi: Azizlar! O’zbek tili rivojiga o’z hissasini qo’shgan olim-u ulamolarimiz ko’pdir, ammo ular orasida buxorolik vatandoshlarimizning borligi biz uchun yuksak faxrdir.


1-boshlovchi: Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.”

2-boshlovchi: Darhaqiqat, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bu Vatanimiz tarixidagi tom ma’nodagi buyuk tarixiy voqea edi.


1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo’yildi. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitustiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.


Ona tilim o’lmaydi” she’ri.


1-boshlovchi: Ona tilingizda ilk so’zlarni qachon eshitganligingizni eslay olasizmi? Keling, birga eslaymiz.
O’rikzor ichidan oy nurin to’kar,
Oq o’rik guliga shodlik baxsh etib.
Qaydadir bir inson zo’r qo’shiq kuylar,
Umidbaxsh dillarga orzu naqsh etib.
2-boshlovchi:
Olamga taralar bu mas’um qo’shiq,
Maysalar talpinar ushbu qo’shiqqa.
Bu qo’shiq yurakka atalgan tortiq,
Ona allasi bu kuylanmish ko’kdan.

Alla” qo’shig`i ijro etiladi.


1-boshlovchi: Tilimizning nafosati, go’zalligi va jozibasi har birimizning qalbimizga ilhom solishi tabiiy. Endi navbatni jodkor o’quvchilarga bersak. Marhamat, ularni davraga taklif etamiz.

2-boshlovchi:


Inson bo’lsang, asra tilingni,
Ranjitolmas hech kim dilingni.
Ona tiling senga yor bo’lsin,
Hayotingda madadkor bo’lsin.
Aziz mehmonlar, qadrli o’quvchilar! Shuning bilan “Ona tilim, sen faxrim,g`ururim!” mavzusida tayyorlagan adabiy-badiiy kechamiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun tashakkur. Yaxshi kunlarda diydor ko’rishishni Olloh nasib aylasin.
Download 48.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling