Ona tilim,sen faxrim,g`ururim”


Ona tili haqidagi she’rlar. (5 o`quvchi ifodali ketma-ket yod


Download 48.1 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi48.1 Kb.
#1240757
1   2   3
Bog'liq
til bayrami2

Ona tili haqidagi she’rlar. (5 o`quvchi ifodali ketma-ket yod
aytadi.)
Ona tilim, onamdek pok tilimsan,
Yuragimda ungan alvon gulimsan,
Abdullosan, Mirtemirsan – dilimsan
O’tar o’g’li kuylab o’tgan yo’limsan
Shuurimsan,g’ururimsan, elimsan.
O’zga yurtda Furqatga g’urur bergan,
Muqimiyning she’riga shuur bergan,
Gulxaniylar yuragiga nur bergan
Chuchuk-chuchuk so’zlab topgan tilimsan
Bo’ynimdagi tumorimsan, gulimsan.
Navoiy ham sendan qonib kuyladi,
Shoh Bobur ham yonib-yonib kuyladi,
Ustoz Lutfiy gulga inib kuyladi
Bobolardan meros qolgan tilimsan
Qo’limdagi mushki anbar gulimsan.
Daholar ham qadring bilgan, suyganlar,
Qimmatingni dildan-dildan tuyganlar,
Sening bilan o’zga haykal qo’yganlar
Ming zarbadan omon olgan tilimsan
Buyuk karvon o’tgan oydin yo’limsan.
Qoshg’ariyning kitobida tiriksan,
Yugnakiyning har bobida tiriksan,
Yassaviyning javobida tiriksan
Ona tilim, muqaddassan, buyuksan
Ma’volardan go’zalroqsan, suyuksan.
,,Ona tilim” she`rini 1 o`quvchi ifodali yod aytadi.

Ming yillarkim, bulbul kalomi


O’zgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo sho’rlik to’tining holi
O’zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,


Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
1-boshlovchi:
Оna tili inson kamolotini ta’min etadigan, uni aqlan va ruhan harakatga keltiradigan benazir kuchdir.
2-boshlovchi:
Ona tili millatning ijodiy qudrati, aqliy salohiyatini doimiy ravishda qayrab turadi. Bu qudratu salohiyatni ona tilimizsiz tasavvur etish mushkul.
1-boshlovchi:
O’zbek tili asosan, VII-VIII asrlarda shakllana boshladi va XIV-XV asrlarda Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodida o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarildi.

2-boshlovchi:


Bu rivojlanish Ogahiy, Mashrab, Furqat, Muqimiylar ijodida izchil davom etdi. Ammo sobiq sho’ro davrida o’zbek tili ikkinchi o’ringa surib qo’yildi. Ne-ne zabardast olimlarimiz, ijodkorlarimiz qatag’on qilindi.
Kechir meni, ona tilim”

Toshlar to’fonida bag’ri tilimsan,


Ko’ksim changallagan qonli qo’limsan.
Oyga almashmasman, kunga bermasman.
Cho’lpon yuragida ungan gulimsan.
1-boshlovchi:
Qadrin so’rasangiz qarog’im, tilim,
Ko’ngil osmonida chaqmog’im, tilim.
Nonidek totli-yu, cho’g’idek issiq,
O’zbek ko’ksidagi bulog’im, tilim.
1-boshlovchi:

Download 48.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling