Ona tilini boshqa gumanitar fanlarga bog‘lab o‘rganish Mundarija Kirish i-bob ona tilini boshqa gumanitar fanlarga bog‘lab o‘rganish
Yozuv alifbo, yozuvning qanday tug‘ilishi
Download 141.5 Kb.
|
Bekmurodova Xolisxon 22
Yozuv alifbo, yozuvning qanday tug‘ilishi.
1924-yildan 1929-yilgacha o‘tgan davr ichida jumhuriyatdagi iqtisodiy va madaniy qurilishda, xalq maorifi sohasida, til va adabiyot adabiyotshunoslikda erishilgan yutuqlar maktab ta’lim-tarbiya ishlariga, maktab ta’limi mazmuniga til va adabiyot o‘qitish metodikasi rivojiga ta’sir etdi, metodik ishlarning yuzaga kelishi ta’minlanadi. 20-yillarda til, adabiyot va adabiyotshunoslikda kadrlar safi oshib borgani kabi, til va adabiyot metodikasi ham yosh kuchlar-Murod Shams, To‘xtanazir Shermuhammedov, Usmon Dadamuhammedov, Halil Qayumov, Sabutoy Dalimov, Qayum Hakimov va boshqa o‘qituvchilar hisobiga o‘sib bordi. Bu ilg‘or o‘qituvchilar mavjud darsliklarga ijodiy yondoshgan holda maktabda turli jangari asarlarni o‘quvchilarga o‘qitish orqali yangi usullar bilan boyitib boradilar. 30-yillarning birinchi yarmida maktabda til va adabiyot o‘qitish bilan shug‘ullanayotgan metodistlar, ilg‘or o‘qituvchilar, adabiyotshunoslar, tarbiya nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ilmiy-metodik ishlarni yaxshilash, barqaror dastur va darsliklar yaratishga kirishdilar. Natijada, 30 yillarda to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktablar uchun til va adabiyot dasturlari yaratildi, shahar va tumanlarda muallimlar uyushmalari tashkil qilindi, uyushma a’zolari o‘quvchilarning tajribalarini o‘rganib, ommalashtirishga kirishdilar. 1938-yilda nashr etilgan «To‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktablar uchun programmalar»da adabiy asarni o‘qish masalasi birinchi o‘rinda turdi. Shu munosabat bilan V-VII sinf o‘quvchilarida badiiy asarni o‘qishga havas uyg‘otish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. 1940-yilda tuzilgan «O‘rta maktab programmalari»da o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi, asarni ifodali o‘qish, savol va topshiriq hamda mashqlar asosida asarning g‘oyaviy mazmunini po‘xta o‘zlashtirish tavsiya etildi. Sinflar bo‘yicha o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos asarlar tanlanadi, ularni joylashtirishda didaktik talablarga rioya qilindi. Ona tili ta’limning samarali usullarini izlab topish tarixi garchand uzoq o‘tmishlarga borib taqalsa-da, ammo «Ona tili o‘qitish metodikasi» fan sifatida XX asrning 30-yillardan boshlab pedagogika bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida o‘qitila boshlangandan keyin shakllanadi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fan sifatida shakllangach, dastur, darslik va shu yo‘nalishda o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratishga ehtiyoj ortdi. Dastlab S.A.Fessalonitskiyning «Ona tili metodikasi» (1940-yil) talablar uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida nashr etilgan. Mazkur qo‘llanmada o‘quvchilar nutqini o‘qitish masalalariga katta e’tibor berilgan. Kitobda o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, badiiy asarlardan olingan matnlar ustida ishlash, insho yozish malakalarini shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Respublikamizda 50-yillardan keyin maktablarda ona tili o‘qitish masalalariga oid bir qator ishlar e’lon qilindi. Jumladan, M.Shamsning «O‘zbek tili o‘qitish metodikasi» (1952), N.Rustamovning «Sintaksis va punktuatciya o‘qitish metodikasi» (1960), N.Abdurahmonovning «O‘zbek tili o‘qitish metodikasi» (1969), Yo.G‘ulomov, I.Rasulov, X.Rustamov va B.Mirzaahmedovlarning «O‘zbek tili o‘qitish metodikasi» (1975) darsliklari shular jumlasidandir. Bu ishlarda garchand so‘zlarni turkumlarga ajratish, orfografiya va punktuatciyani o‘qitishni til bilimlari bilan uzviy aloqadorlikda amalga oshirish borasida ijodiy fikr-mulohazalar bayon etilgan bo‘lsa-da, ammo orfografik va punktuatcion malakalarni takomillashtirish maqsadida qanday mashqlar tizimidan foydalanish, ayniqsa, o‘quvchilarning nutqiy malakalarini rivojlantirishda qo‘l keladigan ijodiy-amaliy ishlar borasida aniq yo‘nalish belgilanmagan. Shuningdek, mazkur ishlarda foydalanish uchun tavsiya etiladigan topshiriqlarning asosiy qismi qayta xotiralash xarakterida ekanligi (F.Kamol), o‘quvchilarda punktuacion malakalarni shakllantirish faqat «Sintaksis» bo‘limi boirasi bilan chegaralash (X.Rustamov) ona tili o‘qishda Lisoniy malakalar bilan nutqiy malakalar o‘rtasida nomutonosiblik (Yo.G‘ulomov va boshqalar) singari masalalarda ayrim noto‘g‘ri talqinlar, chalkash fikr-muloxazalar bayon etiladi. Ammo bu o‘rinda shuni alohida qayd qilish lozimki, yuqorida tilga olingan ishlarning nashr etilishi o‘z davri uchun katta voqea edi. O‘zbek tili o‘qish nazariyasi va metodikasiga oid nashr etilgan ishlarni tahlil etish shuni ko‘rsatadaki, uzoq yillar davomida ilmiy bilimlarni zo‘rma-zo‘rakilik bilan ommalashtirishga xarakat kuchayadi. Maktab «Ona tili» ilmiy filologik talqinlar, qoida va tavsiyalarni me’yoridan ortiqcha kiritish natijasida, ular ancha murakkablashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustakilligini qo‘lga kiritgach, maktablarda davlat tili-o‘zbek tilining o‘qitilishiga e’tibor juda ortdi. «O‘zbek tili» Respublika doimiy anjumanining ta’sis etilishi, «Ona tili o‘qitish koncepciyasi»ning yaratilishi, DTSning qabul qilinishi va unga muvofiq keladigan dasturning ishlab chiqilishi «Ona tili» dan yangi yo‘nalishdagi darsliklarning yaratilishiga asos bo‘ldi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanidan dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari 50-yillarda ko‘zga tashlana boshlanadi. Sobiq sho‘rolar istibdodi davrida bu fandan jami: 24 kishi pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga erishdi. Chunonchi, K.Xayrullaevning «Buxoro viloyati maktablarining 5-6-sinflarida ona tilidan o‘quvchilarning tipik orfografik xatolari hamda uning oldini olish va bartaraf etish yo‘llari» (1957), S.Tursunovning «O‘zbek maktablarining 4-sinfda grammatikani o‘qitish metodikasi» (1961), Q.Abdurazzokovlarning «Ona tilidan 5-sinflarda o‘quvchilar faolligini oshirish» (1964), B.Mirzaahmedovning «O‘zbek maktablarining 6-sinflarida qo‘shma so‘zlarni o‘qitish metodikasi» (1965), K.Qosimovaning «5 sinf ona tili darslarida lug‘at ustida ishlash» (1966), O. Roziqovning «O‘zbek maktablarida boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari» (1967), M.Omilxonovaning «Sakkiz yillik o‘zbek maktablarida ergashagan qo‘shma gapni o‘qitish» (1967), G‘.Azizovaning «O‘zbek maktablarining 5-sinflarida o‘quvchilar nutqini sinonim so‘zlar bilan boyitish» (1968), O.G‘affarovaning «O‘zbek maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilar nutqida uchraydigan xatolar» (1970), H.Zahirovaning O‘zbek maktablarining 7-8-sinflarida o‘quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan punktuacion xatolar” (1970), A.Po‘latovaning «Maktabda holni o‘qitish metodikasi» (1970), A.Mirzaevaning «O‘quvchilarning orfografik savodxonligini oshirishda diktantdan foydalanish» (1970), Sh.Koenovning «O‘zbek maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarning bayon yozishga o‘rgatish» (1973), R.Inog‘omovaning «Fe’l zamonlari o‘rganishda o‘quvchilarning nutqi ustida ishlash» (1974), A.G‘ulomovaning «O‘zbek maktablarining 4-sinflari ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari (1975), O.Yoqubjonovaning «O‘zbek maktablarining 4-5-sinflarida so‘z yasashni o‘rgatish metodikasi» (1975), N.Shukrullaevaning «O‘zbek maktablarining 8-sinflarida qo‘shma gap sintaksisini o‘qitishda o‘quvchilar nutqini rivojlantirish» (1976), R.Qayumovaning “Sifat mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar nutqini rivojlantirish” (1976), O.Botirovning «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqida uchraydigan dialektal xatolar» (1978), S.Nabievaning «O‘zbek maktablarining, boshlang‘ich sinflarida orfografiyaning o‘qitish metodikasi» (1981), M.Mamayusupovning «Boshlang‘ich maktabning 1-3-sinflarida o‘zlashtirilish murakkab bo‘lgan fonemalarni o‘qitish metodikasi» (1981), mavzulardagi nomzodlik dissertatsiyalari 50-80-yillarda himoya qilingan. Respublikamiz o‘z mustaqqilligini qo‘lga kiritgach, ona tili o‘qitish metodikasiga oid ilmiy tadqiqotlar ko‘lami ancha kengaydi. O‘tgan qisqa davr ichida ona tili o‘qitishning o‘ta muhim muammolariga oid bitta doktorlik va 20 dan ortiq nomzodlik dissertaciyalari himoya qilindi. «Usuli saftiya» – yangi usuldagi maktablari hisoblanib, XIX asrning II yarimida yashab ijod etgan Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar, Komil Xorazmiy, Zavqiy va boshqalarning ilg‘or fikrli ma’rifatparvar pedagoglar Saidrasul Saidazizov, Is’hoqjon Ibrat, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy, Ismatulla Rahmatullaev va boshqalar faoliyatida ham o‘z ifodasini topdi. Ularning maqsadli keng xalq ommasiga ilm-fan, madaniyat tarqatishdan iborat edi. “O‘zbek tili”ning maktabda o‘kuv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanish jarayoniga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uni taxminan quyidagi davrlarga ajratish mumkin: Birinchi davr-1910-1930-yillar. Bu davrda madrasalarda o‘qigan bolalarga savod chiqarganlaridan keyin, qofiya (grammatika) va qofiyaning bo‘limlari: sarf (morfologiya) va nahv (sintaksis) o‘rgatilgan. Bolalarning xat-savod chiqarishi, qiroatxonligiga katta e’tibor berilgan. XX asrning boshlari shu bilan e’tiborliki, garchand hali maktablarda “Ona tili”ni fan sifatida o‘qitish muayyan izga tushmagan bo‘lsa-da, ammo o‘quvchilarga til qoidalarini o‘rgatish ularning savodxonligini chiqarish va uni takomillashtirishga qaratilgan harakatlar kuchayadi. 1913-yilda mashhur o‘zbek ziyolisi M.Faxriddinovning “Turkcha qoida”, 1916-yilda A.Zaxiriyning “Imlo” o‘quv qo‘llanmalarining nashr etilishi o‘sha davr uchun katta tarxixiy voqea edi. bir qator jadid maktablarida 1913-1914-yillardan boshlab turkcha qoidalarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi: 2-,3-,4-, o‘quv yillarida o‘quvchilarning savodxonligi ustida ishlash bo‘yicha maxsus dars mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlandi. 1916-1917-yillarga kelib shu jadid maktablarida A.Zaxiriyning “Imlo” kitobini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchi davr-1930-1960-yillar. Bu davrda maktablarda ona tilini fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi: til ta’limidan maxsus o‘quv dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. “O‘zbek tili” maktabda o‘qitilgan etakchi o‘quv predmeti sifatida o‘quv rejalaridan mustahkam o‘rin oldi va bu fanning o‘qitishiga katta miqdorda soat ajratadi. Ona tilining o‘rta umumta’lim maktabalarida o‘quv predmeti sifatida o‘qitila boshlanishi uning taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib berdi. Uchinchi davr-1960-1970-yillar. Bu davrga kelib ona tilidan ta’lim mazmuni ancha takomillashdi va mazkur fandan yangi o‘quv dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. Ayniqsa, maktablarningyuqori sinflarida ona tilining o‘qitilishiga e’tibor kuchayadi. To‘rtinchi davr-1970-1990-yillar. Bu davrga kelib, o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni maktab darsliklariga kiritishga urinish ancha kuchayadi. Ona tilidan V sinfda (o‘quv yilining boshida) sintaksis va punktuaciyadan dastlabki zaruriy ma’lumotlar berish ko‘zda tutildi va mazkur bo‘limni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. So‘z yasalishi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqdi va bu bo‘lim 16 soat davomida V sinfda o‘qitiladigan bo‘ldi. Beshinchi davr-1991-yildan keyingi davr. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ona tili ta’limi oldida tamomila yangi talablar qo‘yila boshlandi. “O‘zbek maktablarida ona tili ta’limi Koncepciyachi” (1993) ishlab chiqildi. Ona tilidan DTS me’yorlari belgilandi va u davlat hujjati sifatida qabul qilindi, DTSga muvofiq keladigan “Ona tili” dasturlari yaratildi maktab darsliklari yangilana boshlandi. Xulosa Xulosa qilib aytganda o‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqealanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi. Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yig‘indisidan tashkil topadi, degan qoida mavjud. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo‘laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi. Falsafa fikrlash va rivojlanishni o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk enseklopedist olimlari (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino v.b.) rivojlantirishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Hayyom o‘zining «Matematik traktatlari»da «Ozgina o‘yla, o‘zing topasan», «Ozgina fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga borish g‘oyasini ilgari surgan. Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallagan bo‘lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi. Shuni unutmaslik lozimki, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish singari zaruriy malakalar ijodiy fikrlash orqali ro‘yobga chiqadi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» garchand pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil etadi. Til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab ona tili kursining mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi: zaruriyat tug‘ilganda uni yangilash yuzaga keltiradi. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik lozimki, tilshunoslikda fan erishgan barcha yutuqlarni umumiy o‘rta maktab o‘quvchisiga o‘rgatishning iloji yo‘q hamda bunga extiyoj ham sezilmaydi. Modomiki, shunday ekan, «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani ana shu til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o‘quvchiga o‘qitish lozimligini ham hal qiladi. Maktab ona tili kursi o‘zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan zaruriy ma’lumotlarni o‘quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasiga mos ravishda ularga etkazishga xizmat qiladi. Til bir butun tizim bo‘lganligi sababli, maktab ona tili kursining bir bo‘limi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘langan. Chunonchi, tilning tovush tizimi o‘rganilar ekan, ayni vaqtda so‘z va uning ma’nolari, gapda so‘zlarning aloqaga kirishi xususida ham ma’lumot beriladi. Leksika va grammatika bo‘limlari o‘rganilar ekan, fonetikadan berilgan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanib ish ko‘riladi. Maktab ona tili ta’limi nafaqat «Hozirgi zamon o‘zbek tili» kursi, balki umumiy tilshunoslik, til tarixi, shevashunoslik singari fanlar bilan ham aloqador. Til tarixidan xabardor o‘qituvchi mumtoz adabiy asarlarning til xususiyatlari ustida ishlay oladi, dialektologiyani bilgan o‘qituvchi esa adabiy til bilan shevani qiyoslab, nutqdagi dialektal xatolarning olidini olishi yoki bartaraf etishi mumkin. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani nutq madaniyati bilan ham aloqador. Zero nutq madaniyati asoslarini po‘xta bilgan o‘qituvchilar o‘quvchi nutqi ustida samarali ishlay oladi. So‘z ustida iSHlaSH Maktabo‘quvchilarining lug‘aviy birliklarni o‘zlaSHtiriSH, so‘zlarni fikr maqsadiga muvofiq qo‘llaSH madaniyatini egallaSHlarini, keyinchalik esa umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida barcha fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlaSHtiriSHlarini ta’minlaydi. Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq til materiallarini o‘zlaSHtiriSH hayotiy zarurat ekan, nutq o‘stiriSH masalasi ta’limning har bir bosqichi uchun muhim vazifa bo‘lib qolaveradi. Jamiyat taraqqiyoti o‘quvchilar SHaxsiga ta’sir ko‘rsatiSHini hamda yoSHlar davr bilan bog‘liq raviSHda o‘sib boriSHini hisobga olgan holda darslikdagi o‘quv matnlari va leksik-semantik topSHiriqlarni takomillaSHtirib boriSH ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi. Nutqqa muomala sifatida qo‘yiladigan aniqlik, tuSHunarlilik, obrazlilik, emotsionallik, birinchi navbatda, nutqning leksikasiga bog‘liqdir. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling