Intellekt xarita
№ 84.
Manba: Z.Xolmonova, T.Yusupova. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. I BOB
Qiyinlik darajasi:3
Bilamizki, fonetikani o‘qitishdagi eng samarali metodlardan biri ko‘rgazmalilikdir. Bilimlarni og‘zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga bolalar diqqatini tortish ko‘rgazmalilik prinsipining qaysi turiga xos?
Illustratsiya metodi
Demonstratsiya metodi
Tabiiy ko‘rgazmalar metodi
Muammoli-izlanish tipidagi metodlar
№ 85.
Manba: A.G‘ulomov va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. II BO‘LIM.
Qiyinlik darajasi:2
Lak, tuman, botmon, chaqirim, farsah, tanob, sadyak, misqol, qirot kabi so‘zlar qaysi mavzu doirasida o‘rganiladi?
Son
Fe’l
Olmosh
Ot
№ 86.
Manba: Ona tili o‘qitish metodikasi. O. Roziqov va b. IX BOB
Qiyinlik darajasi:3
“Ona tili didaktikasi” darsligida aytilishicha, o‘zbek tilida omomorfemalarning ko‘pligi lingvistik tushunchalarni ajratishni qiyinlashtiradi. Shu bois darslarda qaysi usuldan foydalanish bolalarga so‘zlarni differensiatsiya qila olishiga yordam beradi?
o‘zaro chog‘ishtirishdan foydalanish
bolalar bilan individual holda ishlash
og‘zaki savol-javob
intellekt kartadan foydalanish
№ 87.
Manba: Ona tili o‘qitish metodikasi. O. Roziqov va b. II BOB
Qiyinlik darajasi:2
Ona tilidan egallanadigan bilim nima?
O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish
Do'stlaringiz bilan baham: |