Ona tilini o’qitish tarixi


Jadid davri Abdulla Avloniy


Download 44.79 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1519650
1   2   3
Bog'liq
1-seminar metodika

Jadid davri
Abdulla Avloniy "Maktab va gullston darsligida adabiy ifodali o'qishning ko'yakka pchilik bo'lib o'qish, ifodali dialog, drama holiga keltirish turlarini ko'rsatdi.
Avloniy «Adabiyot» kitobining I juz'ida bolalarni aruz yozilgan she'rlar bilan tanishtiradi. Masalan, "boʻlak" radif o'rganishdan oldin bolalar uning mazmuni bilan tanishadilar "foilotun, foilotun, foilun" bahrini o'qishni oʻrganadilar. II juzida ham aruz vaznida yozilgan she'rlarni o'qish yo'llarini ko'rsatdi."Oila munozarasi" she'rida ota bilan ona o'z farzandlarini o'qitish haqida munozara qiladilar. Abdulla Avloniy maktabda badiiy asami chuqur o'zlashtirishga erishish maqsadida darsda plastinkadan foydalanadi. Uning ifodali oʻqish sohasida qoʻllagan usullari, dars jarayonida texnika vositalaridan foydalanishi eski maktablarda ham til va adabiyot o'qitish usuli sohasida yangilik edi.
Hamza Hakimzoda 1911-yili Qo'qonda Hojibek guzarida yangi usul maktabi ochdi va o'zi o'qituvchilik qildi. U 1914-1915-yillarda boshlang'ich maktablar uchun "Yengil adabiyot", "O'qish kitobi», «Qiroat kitobi"ni yozdi. Eng muhimi, Hamza o'z kitoblarini osondan murakkabga o'tish asosida tuzdi. Boshlang'ich sinflar uchun yozgan bu kitoblarida Hamza ifodali o'qish, matn ustida mustaqil ishlash, sinfdan tashqari o'qishga e'tibor berdi.
1918-yilda Toshkent eski shahar maorif sho'basi qoshida «Makotib» (metodik birlashma) uyushmasi tashkil etildi va unga Zufar Nosiriy rahbarlik qildi. Bu erda Shokirjon Rahimiy, Abdulla Avloniy, Shorasul Zunnun, Qayum Ramazon, To'xtanazir Shermuhamedov va boshqa tajribali o'qituvchi - metodistlar ona tili va adabiyotni o'qitish usullari yuzasidan ko'rsatmalar berib turishdi. Shuningdek, bu sho'bada haftalik o'quv rejasi tuzilib, maktablarda shu reja asosida dars o'tildi.
1918-yiida «Maorif» jurnalida V-VII sinflar uchun ona tili va adabiyot dasturi e'lon qilindi.1920-yilda Toshkent eski shahar maorif sho'basining "maktablar bo'lakchasi" "Birinchi bosqich el yozoqlarining 1920-1921-o'quv yili uchun saboq tuzugi (mavzui)" I-V sinflar uchun ona tili va adabiyotdan dastur.
1922-yilda "O'zbek bilim yurtlari uchun ona tili va adabiyot dasturi»ming tuzilishi maktablar hayotida muhim vaqea boʻldi. Bu dastur 1923-yilda "Bilim o'chog'i" jurnalining 2-3 - sonlarida e'lon qilindi.
Ona tili ta'limining samarali usullarini izlab topish tarixi garchand uzoq o'tmishlarga borib taqalsada, ammo "Ona tili o'qitish metodikasio fan sifatida XX asming 30-yillaridan boshlab pedagogika bitim yurtlari, oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlarida shakllandi.
Dastlab S.A. Fessaloniskiyning "Ona tili metodikasi" (1940-yil) talabalar uchun o'quv qo'llanmasi sifatida nashr etilgan. Mazkur qo'llanmada o'quvchilar nutqini o'stirish masalalariga katta e'tibor berilgan.
M. Shams "Orfografiya o'qitish metodikasi» (1944).K. Xayrullayev “Tipik orfografik xatolar va ularni bartaraf etish» (1944) mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar.
M.Shamsning "O'zbek tili o'qituv metodikasis (1950)
F.Kamolning "O'zbek tili o'qitish metodikasi" (1952),
H.Rustamovning "Sintaksis va punktuatsiya o'qitish metodikasi (1960),
N.Abdurahmonovning "O'zbek tili o'qitish metodikasi” (1969),
Yo.G'ulomov, L.Rasulov, H.Rustamov va B.Mirzaahmedovlarning "Oʻzbek tili o'qitish metodikasi" (1975) darsliklari.
Ularda quyidagi kamchiliklar uchraydi mazkur ishlarda foydalanish uchun tavsiya etiladigan topshiriqlarning asosiy qismi qayta xotiralash xarakterida ekanligi (F.Kamol), o'quvchilarda punktuatsion malakalarni shakllantirishni faqat «Sintaksis» boʻlimi doirasi bilan chegaralash (H.Rustamov) ona tili o'qitishda lisoniy malakalar bilan nutqiy malakalar o'rtasida nomutanosiblik (Yo.G'ulomov va boshqalar) singari masalalarda ayrim notoʻgʻri talqinlar, chalkash fikr-mulohazalar bayon etiladi. Ammo bu o'rinda shuni alohida qayd qilish lozimki, yuqorida tilga olingan ishlarning nashr etilishi o'z davri uchun katta voqea edi.
"Ona tili o'qitish metodikasi" fanidan dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlari 50-yillarda koʻzga tashlana boshladi. Sobiq sho'rolar istibdodi davrida bu fandan jami 24 kishi pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga erishdi.
1. K.Xayrullayevning "Buxoro viloyati maktablarinin olish va bartaraf etish yo'llari" (1957)
2. S.Tursunovning "O'zbek maktablarining 4-sinflarida grammatikani o'qitish metodikasi” (1957)
3.Y.Abdullayevning 'Eski o'zbek maktablarida savod chiqarish (1961)
4. Q.Abdurazzoqovaning 'Ona tilidan 5- sinflarda o'quvchilar faolligini oshirish' (1964) 5.B.Mirzaahmedov- ning 'O' zbek maktablarining 6-sinflarida qo'shma soʻzlarni o'qitish metodikasi" (1965)
6. K.Qosimovaning “5-sinf ona tili darslarida lug'at ustida ishlash” (1966)
7.N.A.Ahmedovning "O'quvchilar nutqidagi dialektal xatolar va ularning oldini olish "(1966)
8.O. Roziqovning "O'zbek maktablarining boshlang'ich sinflarida o'quvchilarning mustaqil ishlari" (1967)
9. M. Omilxonovaning "Sakkiz yillik oʻzbek maktablarida ergashgan qo'shma gapni o'qitish" (1967)
10.G '.Azizovning "O'zbek maktablarining 5-sinflarida o'quvchilar nutqini sinonim so'zlar bilan b oyitish" (1968)
11. R.Abdullahatovaning "O'zbek maktablarida olmoshni o'qitish metodikasi" (1968)
12.O.G'afforovaning "O'zbek maktablarining boshlang'ich sinflarida o'quvchilar nutqida uchraydigan xatolar” (1970)
13. H. Zahirovning "O'zbek maktablarining 7-8-sinflarida o'quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan punktuatsion xatolar" (1970)
14. A.Po'latovning "Maktabda holni o'qitish metodikasi” (1970)
15.A.Mirzayevning "O'quvchilarning orfografik savodxonligini oshirishda diktantdan foydalanish” (1970)
16.N.Shukrullayevning "O'zbek maktablarining 8-sinflarida qo'shma gap sintaksisini o‘qitishda o'quvchilar nutqini rivojlantirish" (1975)
17.R.Qayumovaning “Sifat mavzusini o'rganishda o'quvchilaming nutqini rivojlantirish”(1976)
18.O.Botirovning “Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar nutqida uchraydigan dialektal xatolari”(1978)
19. S.Nabiyevaning "O'zbek maktablarining boshlang'ich sinflarida orfografiyani o'qitish metodikasi" (1981)
20. M.Mamayusupovning "Boshlang'ich maktabning 1-3 -sinflarida o'zlashtirilishi murakkab bo'lgan fonemalni o'qitish metodikasi « (1981),
21.E. Mamatovaning "Work on spelling when studying nominal parts of speech in the lessons of the native language in grades IV-V of schools with the Uzbek language of instruction" (1982)
22. B. Fazilovaning «Consolidation of the material of the native language in the literature lessons of IX-X grades of schools with the Uzbek language of instruction" (1983)
23. R. Qayumovaning "The development of students' speech in connection with the study of the topic «Adjective name" in the Uzbek school" (1984)
24. N.Po'latovning "Studying the phrase in the lessons of the native language in the Uzbek school" (1990) mavzularidagi nomzodlik dissertatsiyalari 50-90-yillarda himoya qilingan.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling