Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari
Download 140.31 Kb.
|
SEVARA BMI 2023 (2)
ILOVALAR
1-ilova A.YA.VARGA-STOLINNING OTA-ONA MUNOSABATLARI SO’ROVNOMASI Qo’llanma: Quyidagi fikrlarga “ha” yoki “yo’q” javob qaytaring. 1.Men har doim farzandimga hamdardman. 2.Farzandim nima haqida o’ylayotganini bilishni burchim deb bilaman. 3.Farzandimni hurmat qilaman. 4.Fikrimcha, farzandimning xulq-atvori mehyordan sal og’gan. 5.Real hayotiy muammolar bolaga tahsir qiladigan bo’lsa, farzandni ulardan uzoqroqda ushlash kerak. 6.Farzandimga ixlosim baland. 7.Yaxshi ota-onalar farzandini hayotiy qiyinchiliklardan himoya qiladi. 8.Farzandim ko’pincha menga yoqmaydi. 9. Har doim bolamga yordam berishga harakat qilaman. 10.Bolaga nisbatan haddan tashqari qattiqqo’l bo’lish bahzan foyda keltiradi. 11. Farzandimga nisbatan achinishni his qilaman. 12.Farzandim hayotda hech narsaga erishmaydi. 13.Boshqa bolalar farzandimning ustidan kulib kalaka qilayotganga o’xshaydi. 14.Bolam ko’pincha nafratlanadigan harakatlar qiladi. 15.Yoshiga nisbatan farzandim ozroq orqada. 16.Farzandim mening jahlimni chiqarish uchun ataylab o’zini yomon tutadi. 17.Farzandim hamma yomon narsalarni “gubka”ga o’xshab tortib oladi. 18.Farzandimni qancha harakat qilsak ham yaxshi narsalarga o’rgatish qiyin. 19.Bolani qattiq ushlash kerak, shunda u katta bo’lganida tartibli inson bo’ladi. 20.Farzandimning do’stlari uyimizga kelganini yoqtiraman. 21.Farzandimning o’ymnlariva ishlarida har doim ishtirok etaman. 22.Farzandimga hamma yomon narsalar “yopishadi”. 23.Farzandim hayotda muvaffaqiyatlarga erishmaydi. 24.Ulfatlarda bolalar haqida gapirishganda, boshqalarga qaraganda farzandim aqlli va qobiliyatli emasligidan uyalaman. 25.Farzandimga achinaman. 26.Farzandimni tengdoshlari bilan solishtirganimda, ular mening bolamga qaraganda tarbiyali va aqlli ko’rinadi. 27.Farzandim bilan bo’sh vaqtimni jon deb o’tkazaman. 28.Farzandim ulg’ayayotganidan afsusdaman, uning kichkinaligini muloyimlik bilan eslayman. 29.Bolaga xush ko’rmaslik va dushmanlik munosabatida bo’layotganimni ko’pincha payqab qolaman. 30.Farzandim men hayotda erishmagan narsaga erishishini orzu qilaman. 31.Ota-onalar boladan faqat talab qilmasliklari, balki ular ham bolaga moslashishlari, unga shaxs sifatida hurmat bilan munosabatda bo’lishlari lozim. 32.Farzandimning barcha iltimoslari va tilaklarini bajarishga harakat qilaman. 33.Oilada qaror qabul qilishda bolaning fikrini ham hisobga olish zarur. 34.Farzandimning hayotiga juda qiziqaman. 35.Men ko’pincha bola o’z shikoyatlari va talablarida haq deb hisoblayman. 36. Bolalar ota-onalarining xato qilishlari mumkin ekanligini erta anglaydilar. 37.Men har doim bolaning fikrini ehtiborga olaman. 38. Men bolaga nisbatan do’stona munosabatlarni his qilaman. 39.Farzandim injiqliklarining asosiy sababi – bu egozizm, dangasalik va qaysarlikdir. 40.Farzand bilan tahtilni o’tkazsam, yaxshi dam olish mumkin emas. 41.Bola uchun tinch, g’am-tashvishsiz bolalikni boshdan kechirish eng muhim. 42.Bahzan menga farzandim hech qanday yaxshi narsaga qobiliyatsizday tuyuladi. 43.Farzandimning qiziqishlarini ajrataman. 44. Farzandim kimni bo’lsa ham jahlini chiqaradi. 45.Farzandimning xafagarchiligi menga har doim yaqin va tushunarli. 46.Farzandim ko’pincha jahlimni chiqaradi. 47.Bolani tarbiyalash bu to’liq asabbuzarlikdir. 48. Bolalikdagi qattiq intizom kuchli xarakterni tarbiyalaydi. 49.Farzandimga ishonmayman. 50.Qattiqqo’llik bilan tarbiyalaganligi uchun bolalar keyinchalik ota-onalariga tashakkur bildiradilar. 51.Bahzan men farzandimni yomon ko’radiganga o’xshayman. 52.Farzandimda yaxshi xislatlarga qaraganda kamchiliklari ko’p. 53. Farzandimning qiziqishlari menga yaqin, men ularni ajrata olman. 54. Farzandim nimanidir mustaqil bajarishga qodir emas, u nimanidir bajarsa keragiday chiqmaydi. 55. Farzandim hayotga moslasha olmaydigan bo’lib ulg’aymoqda. 56. Farzandim menga qanday bo’lsa shundayligicha yoqadi. 57.Farzandimning sog’lig’iga jiddiy ehtibor beraman. 58. Farzandim bilan faxrlanaman. 59.Farzandnng ota-onasidan yashiradigan siri bo’lmasligi kerak. 60.Farzandimning qobiliyatlari haqida juda yuqori fikrda emasman va buni undan yashirmayman. 61.Farzand ota-onalariga yoqadigan bolalar bilan do’stlashishi kerak. Download 140.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling