Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari


XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………..57


Download 140.31 Kb.
bet2/15
Sana17.06.2023
Hajmi140.31 Kb.
#1523649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
SEVARA BMI 2023 (2)

XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………..57
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR……………………………………………...59
ILOVALAR…………………………………………………………………………64
KIRISH
Mavzuning dolarzarbligi: Oila va oilaviy munosabatlar, ayniqsa, ota-ona va farzandlar o'zaro aloqalari jamiyat yuzaga kelgan ilk davrlardan buyon eng muhim muammolardan biri bo'lib kelgan. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu muammoning ahamiyati yanada ortib boraveradi. Chunki insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar aynan oila muhitida, ota-ona va farzandlar munosabatlari tizimida, boshqa har qanday ijtimoiy institutlar orasidagi uzviylik sifatida olib qaralganda ko'proq darajada o'zlashtiriladi, ma'naviy meros tarzida avloddan-avlodga o'tadi. Shunday ekan, u yoki bu jamiyat, xalq va millatning istiqboli ko'p jihatdan shu munosabatlarning hollatiga bog'liq. Buning uchun esa oiladagi ichki muhitning har tomonama sog'lom, ma'naviy mustahkam bo'lishiga erishish lozim. «Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman», — deya ta’kidlagan prezidentimiz. Haqiqatan ham, oila muqaddas dargoh, chunki u insonning eng yaqin qarindoshlaridan tashkil topuvchi maskan, uning har bir a’zosi bir-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biri bilan samimiy munosabatda bo’ladi, bir-biriga ko’mak beradi, xatolarini anglashga va ko’maklashishga yordam beradi va bu muhitda inson kamol topadi.
Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardanoq hukumatimiz tomonidan oila mustahkamligi, unda sog'lom psixologik muhitning hukm surishini ta'minlash, sog'lom avlodni shakllantirish masalalariga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Eng avvalo oila va nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy bazasi yaratildi. Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalar uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan bo’lib, ushbu mukofot 15 may – Xalqaro oilalar kunida topshirishiladi. Mamlakatimiz Kostitutsiyasining 65-moddasida e'tirof etilganidеk, bizda “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi”. Shuningdеk, bosh qomusimizning 64-moddasida “ davlat va jamiyat yеtim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarini rag`batlantiradi”.
Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda hech shubxasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk xayotiy tushuncha tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr – oqibat or - nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Biz o’z farzandlarimizning baxtu saodatini, iqboli va komolini ko’rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla - ko’ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida doimo o’ylashimiz bu masalada zimmamizda qanday ulkan ma’sulyat borligini unutmasligimiz lozim. Odamzod uchun bir umr zarur bo’ladigan tabiiy ko’nikma va xususiyatlar masalan har qaysi bolaning o’ziga xos va o’ziga mos qobiliyati, atrofdagi odamlar bilan muomilasi, tengdoshlari orasida o’zini qanday xis qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi kerak bo’lsa, dunyoqarashi-bularning barchasi avvalo uning tug’ma tabiati shu bilan birga oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog’liq ekanini hayot tajribasi ko’p misollarda tasdiqlab beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, oila, ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish masalasi bugungi kun uchun dolzarb hisoblanadi.

Download 140.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling