Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari
Ota-ona va farzand munosabatlarining o’zini-o’zi baholashga ta’siri muammosi chet el psixologlari talqinida
Download 140.31 Kb.
|
SEVARA BMI 2023 (2)
1.2. Ota-ona va farzand munosabatlarining o’zini-o’zi baholashga ta’siri muammosi chet el psixologlari talqinida
Oila va nikohning paydo bo`lishiga sababchi omillardan biri, ayniqsa, bizning sharoitimizda, farzand tug`ilishidir. Farzandsiz er-xotin aloqalarini, umuman oilaviy munosabatlarini tasavvur qilish mushkul. Ilmiy manbalar tarixan insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari o`ziga xos bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kеchirganligidan guvohlik bеradi. Bashar tarixi shundan dalolat bеradiki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan xususiy mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari farzand ehtiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo kеltirib, unga chеksiz g`amxo`rlik ko`rsatishgacha bo`lgan munosabatlarga aylangan. Ota-ona – bola munosabatlarini agar tarixiy davrlarga bo`ladigan bo`lsak, ota-onaning bolaga yondoshuv usullari bo`yicha qator bosqichlarni boshdan kеchirganligini ko`rish mumkin. Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol aloqalari oqibatida farzand tug`ilsa, unga dеyarli bеfarq qarash, ya'ni, infantitsid munosabat kuzatilgan, bunday munosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo`lib, bolani dunyoga kеltirganlar uchun uning nasl-nasabi, taqdiri unchalik ahamiyatli bo`lmagan. Yangi asrga kеlib, bu munosabatlar tubdan o`zgargan, odam zotida egoizm, o`ziga tеgishli narsaga nisbatan egalik hissining takomillashib borishi o`zidan bo`lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o`z aksini topgan. Mulkchilik shakllarining o`zgarishi, turmush tarzi qadriyatlariga monand kattalarning bolaga nisbatan his-kеchinmalari ham o`zgarib borgan. Masalan, XIX asrning boshlari XX asrlarning o`rtalariga kеlib, ota-onalar farzandlarining jamiyatda tutajak o`rinlari, ularning ijtimoiylashuviga alohida e'tibor bеra boshlaganlar. Kеyingi davrlar esa kattalarning kichiklar taqdiriga bеfarq emasligi, ularni qo`llab-quvvatlash, rivojlanishiga ko`maklashishning ahamiyatini anglash davri bo`lgan. Bu an'ana dеyarli bizning davrimizda ham davom etib kеlmoqdaki, endilikda tug`ilgan bolaga e'tibor oilaning barcha qadriyatlaridan ustun ham kеladi. Lеkin bunday g`amxo`rlik psixologiyasi ham madaniy-tarixiy o`ziga xoslikka ega. Masalan, ayrim xalqlar (aksariyat Еvropa xalqlari) bolaga u kichikligida juda katta mеhr va g`amxo`rlik ko`rsatadi, taxminan o`smirlik davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va ota-ona tomonidan bеriladigan tarbiya uslublari o`zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorlashadi. Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, farzand balog`atga еtgani sari ota-onaning unga e'tibori kuchayadi. Masalan, Osiyo xalqlari, xususan, o`zbеklarda ham oila kattaligi va sеrfarzandligi bois, bolalarning kichik yoshdagi rivojlanish xususiyatlariga tabiiy holatday qarab, juda katta qayg`urish bilan uning ma'naviy, ruhiy rivojlanishiga e'tibor qaratilmaydi. Lеkin qiz bola balog`atga еtib, ko`rkamlashib borgani sari, o`g`il bolaning qo`lidan ish kеlib, qatorga qo`shilgani sari, ota-onada ulardan g`ururlanish, taqdiriga kuyunish, g`amxo`rlik ko`rsatish ham ortib boradi. Bunday g`amxo`rlik shu qadarki, uylangan o`g`ilning qadam bosishlarini ham hamon ota-ona nazorat qilavеradi, bu ba'zan, qaynona-kеlin munosabatlarida, yoki ota-o`g`il munosabatlarida tarangliklarni, nizolarni kеltirib chiqaradi. Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzandlarini tug`ish, tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o`ziga xos mеtodlarni qo`llagan. Boshida o`zidan ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jamiyatda ijtimoiylashuviga ahamiyat bеradigan, shu jarayonga yordam bеradigan bo`lib borgan, ota-onadagi egoizm bolalardagiga aylanib borganki, hozirgi davrda ko`pgina ota-onalar farzandlarining faqat o`zini o`ylashi, ota-onani tushunmasligidan noliydigan ham bo`lib qolgan. Lеkin aslida tarixiy rivojlanish tеndеnsiyalariga e'tibor bеrilsa, bunga faqat ota-onalarning o`zlari aybdordirlar. O’smir shaxsining taraqqiyotida eng muhim momentlardan biri unda o’zini baholashning tarkib topishi, o’zini shaxs sifatida anglash ehtiyojining tarkib topishidan iboratdir. Kichik yoshdagi davrda o’ziga baho berish istagi bo’lmaydi: “ Men qanday odamman? Men qanday foyda keltirishim mumkin? Mening qanday yaxshi tomonim bor? Mening qanday kamchiliklarim bor?”. O’smirda bo’lsa, o’z-o’ziga nisbatan, o’zining ichki ruhiy hayotiga, o’z shaxsining sifatlariga qiziqish yuzaga keladi. O’zini boshqa kishilar bilan taqqoslash, o’ziga baho berish ehtiyoji paydo bo’ladi. O’smir o’ziga nazar solib qaray boshlaydi, o’zi uchun qandaydir tarzda o’zining “Men”ini ochadi. O’zini baholashning dastlabki tarkib topishi va bundan keyingi taraqqiyoti o’smirning butun psixik taraqqiyotiga, o’qish faoliyatining xarakteriga, tevarak-atrofga bo’lgan munosabatlarining tarkib topishiga, uning boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlariga ta’sir qilib, chuqur iz qoldiradi. O’zini baholash ehtiyoji hayot ehtiyojlaridan kattalarning, kollektivning o’sib borayotgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayot va jamoaga bo’lgan qiziqishning rivojlanishi munosabati bilan o’smirlarda o’z imkoniyatlariga baho berish, kollektivda o’z o’rnini aniqlash, xatti-harakatlari va o’z shaxsining qanday xususiyatlari uning oldiga qo’yilayotgan talablarga yuksak darajada javob berishga yordam berishi yoki halaqit berishini anglash ehtiyoji paydo bo’ladi. O’smirlarda o’zini baholashning rivojlanishi ularning o’z xatti-harakatlarini anglashlaridan boshlanadi, undan so’ng o’zlarining axloqiy sifatlarini, xarakterlarini va o’z qobiliyatlarini anglashdan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o’smirlarning o’zini baholashi asosida uning haqida boshqa odamlarning, kattalarning, jamoaning va o’rtoqlarining mulohazalari yotadi. Kichik yoshdagi o’smir o’ziga go’yo atrofdagi odamlarning ko’zi bilan qaraydi. Yosh ulg’ayishi bilan o’z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baholash tendentsiyasi boshlanadi. O’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, o’smir shaxsining hamma sifatlarini ham bir vaqtning o’zida anglay boshlamaydi[20]. Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog’liq bo’lgan sifatlar (mehnatsevarlik, diqqatlilik, tirishqoqlik) anglana boshlanadi. Undan so’ng boshqa kishilarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi sifatlar (o’rtoqlik hissi, mehribonlik, vazminlik, qaysarlik hissi) anglana boshlanadi. Undan ham keyin o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi sifatlar (kamtarlik, o’z-o’zini tanqid qilish, maqtanchoqlik, takabburlik) anglanadi. Nihoyat, shaxsning ko’p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab sintetik sifatlar (burch hissi, qadr-qimmat va vijdon hissi, printsipiallik, maqsadga intilish hissi) anglanadi. O’smirlarda o’zini baholashning muhim xususiyatlaridan biri o’zini bilishga bo’lgan ehtiyoj bilan shaxsning namoyon bo’lishini yetarli darajada tahlil qila olmasligi, o’zi haqida yetarli darajada ob’ektiv bilimlarga ega emasligi o’rtasidagi qarama-qarshilikdir. Mana shu asosda ba’zan o’smirlardagi tirishqoqlik darajasi bilan uning kollektivdagi haqiqiy mavqei o’rtasida, uning o’z-o’ziga nisbatan, o’z shaxsining sifatlariga nisbatan bo’lgan munosabati bilan unga hamda uning shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tengdoshlarining munosabatlari o’rtasida ixtilof yuzaga keladi. I.S..Kon adolatli ravishda ta’kidlaydiki, o’smirlarda ikkita bir-biriga qarama-qarshi, ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda salbiy bo’lgan kechinmalarni, yani boshqalardan ustunlik va boshqalardan kamlik hissini tug’dirmaslik uchun o’smir shaxsiga to’g’ri baho berish muhimdir[20]. O’smirda o’zini baholashining rivojlanishi uchun uning kollektivdagi hayoti hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jamoada o’smirning o’z-o’ziga to’g’ri baho berishini tarkib toptiradigan to’g’ri baholash munosabatlari mavjuddir. O’smirning xatti-harakatlari va o’quv faoliyatiga tobora ortib borayotgan talablar ham, o’z kuchiga loyiq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar sistemasidan o’z o’rnini topishga intilishi ham o’z-o’zini baholashni rivojlantirishga yordam beradi. O’smirlarda o’zini baholashni rivojlanishining yangi bosqichi o’ziga bir namunani, o’ziga xos axloqiy etalonni ajratish bilan bog’liqdir. O’smir o’ziga namuna bo’lgan etalon bilan o’zini solishtirib, o’z xatti-harakatlariga baho beradi. Mana shunday namuna bo’ladigan etalonlar o’smirning xatti-harakatlarini yo’lga sola boshlaydi. Bu esa o’z-o’zini tarbiyalash imkoniyatini ochib beradi. SHuning bilan birga o’smir o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga, ya’ni faqat tarbiya bilangina emas, balki o’z-o’zini tarbiyalash bilan ham aniqlanadigan bosqichga qadam qo’yadi. O’zini o’zi baholash – o’z-o’zini baholashning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, insonning o’z qobiliyatlari, axloqiy sifatlari va harakatlarini baholashi, o’zi haqidagi bilimlarini o’z ichiga oladi. O’zini o’zi baholash adekvat va noadekvat bo’lishi mumkin. Adekvat o’z-o’zini baholash insonga o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lish, turli qiyinlikdagi vazifalarga va atrofdagilar talabiga mos ravishda o’z kuchini to’g’ri baholash imkonini beradi. O’z-o’zini adekvat baholaydigan inson o’z qobiliyat, layoqatlarini to’g’ri baholaydi, qo’lidan keladigan ishlarni “bu mening qo’limdan keladi” deb a’lo darajada bajaradi, qo’lidan kelmaydigan ishlarni o’z vaqtida “kechirasizlar, bu mening qo’limdan kelmaydi” deb o’z vaqtida tan oladi. Adekvat bo’lmagan (o’z-o’zini yuqori yoki quyi baholash) o’z-o’zini baholash yuqoridagi talablarni bajarishga to’sqinlik qiladi. Adekvat bo’lmagan o’zini o’zi baholash ikkiga bo’linadi: o’zini o’zi yuqori baholash va o’zini-o’z quyi baholash. Yuqori o’z-o’zini baholashda sub’ekt o’z qobiliyatlarini, kuchlarini oshirib baholashi mumkin. Bajara olmaydigan ishlarni ham, maqtanib, bajara olaman, deydi, vaholangki, u bu vazifaning uddasidan chiqa olmasa ham. O’z-o’zini quyi baholaydiganlar esa, shaxsning qo’lidan ko’p narsa keladi, hamma narsani bajara olishi mumkin, lekin u kamtarlik qilib, men bu ishlarni bajara olmasam, kerak deb o’ziga ishonmaydi va o’zini past baholaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, adekvat o’zini-o’zi baholash shaxs shakllanishining zaruriy shartidir. O’z-o’zini baholash insonning o’z faoliyati natijalarini boshqalarning bahosiga qarab baholashi ta’sirida vujudga keladi. Bola rivojlanishining ilk bosqichlarida o’z-o’zini baholashning shakllanishida atrofdagilarning bahosi katta rolь o’ynaydi, chunki u hali o’z faoliyati natijalarini tahlil qila olmaydi. Kattalar tomonidan ijobiy baholanish bolaning emotsional qulaylikni saqlashida muhim shart hisoblanadi. Keyinchalik tajriba to’planishi bilan inson xulq-atvorida o’z faoliyati natijalarini baholash katta ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Doimiy shakllangan barqaror o’z-o’zini baholash atrofdagilarning bahosiga bog’liq bo’ladi, asta-sekin bola xulq-atvorining mustaqil boshqaruvchisiga aylanadi. Ba’zan o’z-o’zini baholash va boshqalarning uni baholashi orasida farq bo’lishi mumkin. Agar o’zgalarning bahosi o’z-o’zini baholashdan yuqori bo’lsa, ular orasidagi farq shaxsni rivojlanishga undovchi omilga aylanadi. Bunda inson o’zgalarning bahosiga loyiq bo’lishga intiladi. Ba’zi hollarda o’z-o’zini baholash va o’zgalarning bahosi orasidagi farq shaxsda kuchli ichki nizoning hamda mos emaslik affektining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. O’smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo’lamiz. O’smirlik yoshiga xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigo’tskiyning [11] tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo’lib, unda mazkur yosh simpto’matikasi, o’smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o’zgaruvchanlik uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. S.Xoll (1940) o’zining rekaplitatsiya nazaryasida o’smirlik yoshi insoniyat rivojlanishi tarixini romantik epoxasiga to’g’ri kelib, bolalik bilan kattalik orasidagi bosqich ekanligini ta’kidlaydi. U o’smirning xarakterida parokandalik va ambivalentlik xolatlarini izoxlab, ularning faoliyatida o’ta faollik xukumronlik qilishga e’tiborni qaratib, ularda shodlik o’rnini qayg’u o’ziga ishonchni tortinchoqlik, hudbinlikni past qo’zg’aluvchanlik, muloqandmandlik istashni pismiqlik va xokozolar tezkor o’rin almashishi bilan ifodalanishini o’zini-o’zi anglash krizisi bilan bog’laydi. Ya’ni, uni yengib o’tish, ”individuallikni xis etish” ga sabab bo’lishini isbotlaydi. O’smirlik davrining yirik tadqiqotlardan yana biri nemis faylasufi va psixologi E.Shpranger (1924) o’smirlik yoshi qizlarida 14 - 21 o’g’il bolalarda 13 - 19 yoshlargacha davom etib, uning birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga to’g’ri kelib, bu yoshda bolalikdan qutilish sodir bo’lishini izoxlaydi. U o’zining o’smirlik yoshining madaniy psixologik konsepsiyasida rivojlanishining uch tipi mavjudligini ajratadi [23]. Birinchi tip – keskin, qiziqarli, shiddatli kechadi va o’smir o’zining ikkinchi tug’ilishini xis etadi, oqibatda yangi “Men” vujudga keladi. Ikkinchi tip – o’smirning kattalik xayotida bosiqlik, sokinlik, uzluksizlik sezilishi, uning shaxsiyatida chuqur va jiddiy o’zgarishlar ro’y bermaydi. Uchinchi tip – bu rivojlanish jarayonining shunday bosqichi, o’smir o’z ichki kechinmalari krizislarini matonat bilan yengib, o’zini o’zi faol anglagan xolda shakllantiradi hamda tarbiyalaydi. Shunday qilib, E.Shpranger mazkur yoshning tashkil etuvchilari o’z individualligini anglash refleksiyasining vujudga kelishi, “Men” ning ochilishi ekanligini isbotlab, o’smirning dunyoqarashini, qadryatlarini o’z - o’zini baholashni o’rganishning sistematik tadqiqotiga asos soldi. O’smir yoshining pubertat davr deb atagan Sh.Byuller ishlarida ushbu davrning biologik moxiyatini ochib berilgan [23]. Pubertat davr – bu biologik o’sish davri bo’lib, jinsiy yetilish o’z nixoyasiga yetadi, ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni insonning biologik ushbu davrning tugashini o’spirinlik deb ataydi. Sh.Byuller pubertat davrini ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O’spirinlikning yetilishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar undagi o’zidan o’zi qiziqish va xotirjamligini izdan chiqarib, uni o’zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish izlanuvchan qilib qo’yadi va uning “Men” ida “U” bilan uchrashish istagi tug’iladi ya’ni Sh.Byuller psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish o’g’il bolalarda 14 - 16 yosh, qiz bolalarda 13 - 15 yoshlarga to’g’ri keladi. Albatta bunday farqlashda shahar va qishloq aloxida mamlakatlar va xatto iqlimning ta’siri hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10 - 11 yosh, yuqori chegarasi 18 yosh bo’lishi kerak. Bundan tashqari chiqish yuz berganda, patologiya haqida fikr yuritish mumkin. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o’smirlikning urushqoqligi, injiqligi ifodalo’vchi jismoniy va ruxiy toliqish, notinch, oson qo’zg’aluvchi holat, yuqori sezuvchanlik hamda qo’g’aluvchilikni ko’rsatadi. O’smirlarning o’zlaridan qoniqmasligi asta atrofdagilardan qoniqmasliklarga sabab bo’lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg’unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. Ya’ni o’smirlarda “sust melanxo’liya” va “tajavuzkor ximoya” shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir go’zallikning anglangan kechinmalarini muxabbat tuyg’usini misol qilib keltiradi. Demak, Sh.Byullerning ilmiy urinishlari pubertat yoshni organik yetilish bilan psixik rivojlanishining uyg’unlikda kechishini ko’rsatishga qaratilgandir. Sh.Byullerning izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichni 13 - 16 yoshlari oralig’ida o’y-xayollariga berilish, yaqin do’stga extiyoj sezish va “do’stni izlash” ga urinishda ijobiy bosqichga o’sib o’tishini ta’kidlaydi. E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o’smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi [23]. V.Shtern “Do’stingni ko’rsatsang, kimligingni aytaman” degan naqlga “Hayotingdagi eng qimmatli kechingmangni ayt, men sening kimligingni aytaman” degan ma’no berib, uni izoxlashga harakat qiladi. Chunki o’smir xayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. Qimmatga ega kechinmalari esa uning shaxsni tiplarga ajratishga imkon berdi, shu tariqa V.Shtern 6 ta tipni ajratadi: a) nazariy tip – shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi; b) estetik tip – bunday shaxs uchun anglash yot bo’lib, individual tanlanganlikka ega; v) iqtisodchi tip – bunday shaxsning sa’y-xarakatlaridagi ishlari ko’proq foydaga qaratilgan bo’ladi; g) ijtimoiy tip – xayotining mazmunini muxabbat, muomila va o’zgalar uchun yashash tashkil etadi; d) siyosiy tip – bundaylar uchun mansabga intilish, tasir o’tkazish va buyruq berish hosdir; e) diniy tip- har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan xaspuslashga urinadi; V.Shterning fikricha, o’tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar xamda fikrlarning yo’nalganligi, balki harakatlarning o’ziga xos siymosi hamdir. U buni bolalikning o’yinlari bilan kattalarning ma’sulyatla faoliyati oralig’idagi holat deb atash, unga ” jiddiy o’yinlar”, deb nom beradi. Jiddiy o’yinlar o’smirning maqsad qo’yishga, turli qiziqishlarga o’z munosabatini bildirish va qiyosiy taxlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishda hamda uning irodasining mustahkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi. Shunday qilib, o’smirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to’g’ri kelib, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o’smir shaxsi rivojlanishdagi xar qanday o’zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog’lab tushuntirildi. Mazkur asrning ikkinchi yarmida o’smir jivojlanishida muhitning ham ro’li borligiga e’tibor qaratildi. E.Erikson o’smirlik yoshi inson hayotining eng qiyin davrlaridan biri bo’lib, uning yaxshi shaxs sifatida shakllanishi nafaqat fiziologik yetilish, shaxsiy biografiya, balki jamiyatdagi ma’naviy muhit va mavjud ijtimoiy mafkuraga nisbatan ichki norozilikdan iborat psixologik zo’riqish davri ekanligini izoxlashga intiladi [23]. Ya’ni bir ilmiy konsepsiya J.Piajega tegishli bo’lib, u 11 - 12 yoshdan 14 - 15 yoshgacha oxirgi fundamental detsentratsiya, ya’ni bolaning idrok maydonini o’z ob’ektidan qutilish va unda dunyoni qanday o’zgartirish kerak, degan nuqtai nazarning boshlanishi bilan tushuntirishga xarakat qiladi. Uningcha bu yoshda hayotiy dastur tuzilib, shaxs shakllanishi tugallanadi. O’z rejasi va dasturiga ega o’smir kattalar jamiyatiga qadam qo’yadi, unda turli to’siqlarga uchraydi, ma’lum ma’noda bog’lanadi va ijtimoiylashish jarayonini boshdan kechiradi [23]. Bolalik hayotida latent holatidan o’smirlikka o’tishda bir qator o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar bola holatini xulq – atvoriga ko’ra aniq o’rgangan ota - onalar va o’qituvchilar uchun rivojlanishdagi dipressiya sifatida katta tashvish va qayg’uga sabab bo’lgan. Latent yosh davridagi (5 – 11) yoshlar aniq va yaqqol ifodalo’vchi o’smirlik yoshida o’z xudbinligi, atrofdagilarga befarqligi, oilaviy o’zaro munosabatlardagi disgarmoniya, shaxslararo subordinatsiyaning buzilishi o’z diqqatini o’quv predmetlarga to’play olmaslik, o’qishga nisbatan qiziqishlarning so’nishi va xakozolar kabi bir qator illatlarni egallashi bilan u yana xammani xayratga soldi. Ilk bor o’smirlik yoshini psixoanalitik nuqtai nazardan o’rganishga bag’ishlangan ishlar 1905 - yilda “Seksuallik nazaryasining uch ocherki” nomli ilmiy maqoladan boshlangan. Unga asosan: a) erogen soxaning genital soxaga tobeligi: b) o’g’il va qiz bolalar uchun turlicha bo’lgan jinsiy istaklarning shakllanishi; v) oiladan tashqarida jinsiy ob’ektning izlanishi haqidagi muloxazalar bildirilgan. 1922 – yilda Ernest Djons o’zining “ O’smirlik yoshining ayrim muammolari “ nomli maqolasida o’smirlik va ilk bolalik davrining o’ziga xos korrelatsiyalarini ochib berishga muvaffaq bo’ladi. Djonisning fikricha, “ individ xayotining birinchi 5 yilida erishgan tajribalarini ikkinchi o’n yillikda umumlashtiradi va davom ettiradi ” – deydi. Uning qarashlarini davomchisi sifatida Venalik olim Zigfirid Bernfel’d o’smirlik davridagi individual va guruxiy xulqning barcha jabxalarini, ijtimoiy ta’sirlarga reaksiya sublimatsiya va xakozolarni atroflicha o’rganadi. Uning psixoanalitik nazaryasiga qo’shgan asosiy xissasi, o’smir o’g’il bolalarda “ cho’zilgan tip “ deb nomlanuvchi maxsus tipni ajratganligi bo’ldi [57]. Ushbu tip o’smirlik davrining me’yoriy kechishdan uzayganligi bilan farqlanadi. O’z fikrini tasdiqlash maqsadida Bernfel’d Xoffer bilan xamkorlikda o’zini – o’zi kuzatish natijalari, kundaliklari, ijodiy izlanishlari va boshqa ma’lumotlari asosida maqola yozdi. Z.Freydning fikricha, o’smirlik yoshiga oid dalillarni izlashda ayrim qiyinchiliklarga duch kelinadi. Masalan, o’smirning psixik xolatini o’rganishda asosan ikki: a) konkret individning taxlilida, ayni vaqtda qidirilayotgan pixik xolatga; b) psixik boxolash vaqtida, ya’ni ushbu xolat rekonstruksiyasiga duch kelamiz. Xar ikki xolda ham ularni to’g’ridan – to’g’ri qo’llash birmuncha qiyindir; 1951 – yillardan boshlab, psixoanalizning texnik muammolariga bag’ishlangan ishlar nashr eta boshlandi, ularda o’smirlar bilan olib boriladigan davolash usullarining: boshlang’ich, oraliq va oxirgi bosqichlarida o’ziga xoslik jihatlari yoritiladi. Psixoanalitik usullarni xar bir xulq o’zgarishlariga xos tarzda moslashtirilgan va modifikatsiyalangan xolda qo’llash talab etiladi. Masalan, o’smirdagi emotsional xolatning tez o’zgaruvchanligi psixoanalitikdan ham shunga yarasha bilim va xarakatni talab etadi. Z.Freyd go’daklik davrining pixik jarayonlari xaqidagi bilimlarimiz, o’smirlarni taxlil qilish mobaynida va ularni kuzatish orqali qo’lga kiritilgan malumotlarga asoslanganligini ta’kidlaydi. Shuningdek, analitik terapiya uchun “tashlandiq“ ob’ektiga mazkur usullarni qo’llash eng samaralidir. O’smir emotsional ko’rishga qat’iy kirishadi, bu kurashda undan juda tezkorlik va qat’iylik talab etiladi. Uning libidosi yangi ob’ekt izlashda davom etadi. Bunday o’smirlarni kuzatish shuni ko’rsatadiki “erkin” libido xaqidagi taxlilimiz davolash vaqtida aynan: a) ularni xamkorlik qilmasliklari uchun intilishlarida, analitiklar bilan munosabatlariga e’tiborsizlik; b) hafta davomidagi seanslar sonini qisqartirishga urinishlarida; v) besabab seanslarga kelmaslik; g) umuman davolanishdan bosh tortishlarida o’z aksini topadi. Ba’zan analitik o’zi o’smir uchun qidirilayotgan “ob’ekt” ga aylanishi mumkin. Davolanishning qanday natija bilan yakunlanishidan qat’iy nazar, analitik o’smirlik yoshining o’ziga xos qiyinchiliklarini: Uning extiyojlari qondirilishini kechiktirib bo’lmasligi; Frustaratsiya xolatini ko’tara olmasligi va har qanday aloqani tushunish xamda bilish negizi deb emas, balki bunga istaklarning ro’yobga chiqish usuli deb qarash; O’smir psixikasining ongsizlik mohiyatini, buzilishlar vujudaga kelishining mehanizmlari hamda buzilishining tipik strukturasini yanada chuqurroq o’rganish zaruryatligi bilan dalolat beradi [31]. O’z ta’limotini Z.Freyd inson psixologiyasi, deb ataydi, ammo tug’ma shaxvoniy intilishlarni shaxsning shakllantiruvchi omillik deb xisoblaydi. A.T. Kovalova va V.N. Meschevlarning fikri bo’yicha Z.Freyd shaxs g’ayrioddiyligini sabablarini odamlarning ijtimoiy xayotidan emas, jamoa ichidagi xayotidan, shaxs namayon bo’ladigan barcha xususiyatlarini go’yo tushuntirib beradigan shaxs mehanizmidan izlaydi. Emishki ayni shu “Mexanizmlar“ inson xatti - xarakatlarini yo’naltiruvchi qonunlar asosida xarakatlantiradi. Bu omillar Z.Freyd nazaryasining asosiy kamchiliklari, u ilgari surgan tipologiyaning g’ayri ilmiyligidan va Freyd nixoyatda rang - barang bo’lgan inson shaxslarini faqat jinsiy intilishlarning ko’rinishlaridan iborat zaif bir qolipga solishga urinadi. Biroq individlar faqatgina xolatining umumiy yo’nalganligiga qarab emas, balki biron bir asabiy ruxiy funksiyaning ustunligiga binoan ham farqnanadilar. Yungning fikricha, bu funksiyalarga tafakkur xissiyotlar, sezgilar va intipsiya kiradi. Ana shu funksiyalardan birontasining boshqalardan doimiy ustunligi tegishli xarakter tipini belgilaydi: fikrlo’vchi, xissiyotga beriluvchi sensor va intiktiv xarakter. Bu funksionaltiplarning har biri, o’z navbatida, ustuvor xolatiga ko’ra eksrtovertiv va introvertiv tipiga kiradi. O’smirlarda o’zini baholashning rivojlanishi ularning o’z xatti –xarakatlarini anglashlaridan boshlanadi, undan so’ng o’zlarining axloqiy sifatlarini, xarakterlarini va o’z qobiliyatlarini anglashdan boshlanadi. O’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, o’smir shaxsining hamma sifatlarini ham bir vaqtni o’zida anglay boshlaydi. O’smirlarda o’zini baholashning muxim xususiyatlaridan biri o’zini bilishga bo’lgan extiyoj bilan shaxsning namoyon bo’lishini yetarli darajada to’g’ri taxlil qila olmasligi, o’zi haqida yetarli darajada ob’ektiv bilimlarga ega emasligi o’rtasidagi qarama-qarshidir mana shu asosda ba’zan o’smirdagi tirishqoqlik darajasi bilan uning jamoadagi haqiqiy mavqei o’rtasida, uning o’z - o’ziga nisbatan, o’z shaxslariga nisbatan bo’lgan munosabati bilan unga hamda uning shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tengdoshlarining munosabatlari o’rtasidagi ixtilof yuzaga keladi. A.G.Kovalov adolatli ravishda ta’kidlaydigan, o’smirlarda ikkita bir - biriga qarama - qarshi ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda sal’biy bo’lgan kechinmalarni, ya’ni boshqalardan ustunlik va kamlik xissini tug’dirmaslik uchun o’smir shaxsiga to’g’ri baxo berishi muhimdir [18]. Shunday qilib o’zini baholash va voqelikka bo’lgan ongli munosabatning rivojlanishi asosida, o’smirlarga bo’lgan talablarning ortishi hamda uning jamoada tutgan yangi xolati asosida o’smirlarda o’z - o’zini tarbiyalashdagi, o’zida ijobiy sifatlarni ongli ravishda va maqsadga muvofiq xolda rivojlantirishga va salbiy sifatlarni yengishga, o’z kamchiliklarini yo’qotishga intilish yotadi. Shunisi ham borki, ba’zan o’z - o’zini tarbiyalash yuzasidan extiyoj bilan o’z - o’zini tarbiyalash imkoniyatiga ishonmaslik o’rtasida qarama – qarshilik yuzaga keladi. O’qigan ayrim kitoblarni va ko’rgan kinofil’mlarini mustaqil tushuna olmay ayrim o’smirlar shunday fikrga keladiki, juda ko’p insoniy sifatlarni tarbiyalab bo’lmaydi va demak bunday sifatlarni rivojlantirish ustida ishlashning xojati yo’q deb o’ylaydilar. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, o’quvchilar ko’pincha shartli va shartsiz odatlar haqidagi ta’minotni xatti – xarakatlarning biologik jixatdan azaldan belgilangan tug’ma shakllari haqidagi ta’limot deb tushunadilar. O’smirlik yoshida psixologik jihatda eng muhim hisoblangan yangi hislatlarning tarkib topishi unda, ya’ni o’smirda o’ziga xos kattalik xissini yuzaga kelishidir. O’smir bu xissiyotni o’z – o’ziga katta yoshli odam sifatida bo’lgan shaxsiy munosabatlarni kattalar, jamoasida ular xayotining to’laqonli va to’la xuquqli a’zosi sifatida yashashga tayyor ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. Psixologlarning tadqiqotlari kattalik xissini xarakterli xislatlarini, uning mazmun va shakl tomonidan namoyon bo’lishini ko’rsatadi. Kattalikning ob’ektiv tarzda namayon bo’lishi ijtimoiy – axloqiy doirada, intellektual faoliyatida, qiziqishlarda romantik munosabat elementlarida kuzatiladi. Kattalik xissi o’smirning katta kishi sifatida o’z – o’ziga bo’lgan munosabatida va o’zining kattaligini ob’ektiv e’tirof etish hoxshida ifodalanadi. U ya’ni o’smir tevarak atrofdagilardan o’ziga kattalardek munosabatda bo’lishlarini talab qiladi, o’z hayotining ayrim tomonlariga kattalarning aralashishidan himoya qilish hoxshini namoyon qiladi va kattalarning qarshilik qilishlariga qaramay, o’z qarashlari hamda o’z muloxazalari ustida turishga harakat qiladi. Qisqacha qilib aytganda, A.G.Kovalevning qayd qilishicha, birmuncha aktivroq ijtimoiy xolatni egallash uchun yetilgan o’smir uning bolalik chog’larida tarkib topgan ilgargi munosabatlarni parchalab, o’zining xozirgi holati uchun kurasha boshlaydi[18]. Download 140.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling