Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari
Download 140.31 Kb.
|
SEVARA BMI 2023 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ishining tuzulishi
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Olingan ma`lumotlar va xulosalar psixologiyadagi mavjud bo`lgan ona va o’smir farzand munosabatlariga oid tadqiqotlar haqidagi tushuncha va nazariyalarni yanada to`ldiradi va chuqurlashtiradi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. O’smirlik davrining psixologik xususiyatlarini bilish orqali ularning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatiga ota-onalarning ta’sirini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot ishining tuzulishi: Kirish qismi, uch bob, 6 bo`lim, хulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalar, tayanch tushunchalardan iborat. I BOB. ONA VA O’SMIR FARZAND MUNOSABATLARINING ADABIYOTLARDAGI NAZARIY TAXLILI 1.1 Sharq mutafakkirlari asarlarida oilaviy munosabatlar muammosiga oid qarashlari Sharq mutafakkirlari ta’lim-tarbiya,oilaviy munosabatlar va shaxs komolati borasida bir qator va shu bilan birga bugungi kunda xam o’z ahamiyatini yo’qotmagan fikrlarni keltirib o’tganlar. Jumladan, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Jomiy, Davoniy kabi allomalarimizning asarlarida shaxs komolatini ta’minlovchi mexanizmlar atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, shaxsning kamolga yetishishiga, atrof-muhit, insonlar jamoasi, ota-ona munosabati va shaxslararo munosabatlar asosiy omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Bu bevosita shaxsning ijtimoiylashuvining ya’ni jamiyatga qo’shilishini e’tirof etganlar. Har bir jamiyatning ravnaqi, shu jamiyatda yashayotgan insonlarning Vatanga, xalqiga sadoqatiga ham bog’liqdir.Sadoqat bor joyda ishonch e’tiqod mavjud bo’ladi. Bu xislat jamiyat uchun shunchalik muhimdir. ”Qur’on”da sadoqat barcha yaxshiliklarning debochasi sifatida talqin etiladi. Faqat sadoqat orqali kishilarda bir-biriga ishonch paydo bo’ladi. ”Qur’on”da: “ Insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilash to’g’risida ham gap boradi va bu oily darajadagi insoniy xislat bo’lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi”, - deyiladi. Bu xislat hoh jamiyat miqyosida bo’lsin, hoh odamlar orasida bo’lsin, tinchlik - osoyishtalik keltiriladi. Shuning uchun ham insonlar o’zaro aloqasini mustahkamlash musulmonchilik talablaridan sanaladi. ”Zumra” surasining 10-oyatida: ”Mo’minlar hech shubhasiz og’a-inilardir, bas, sizlar ikki og’a-iningizni o’rtasini o’nglab qo’yinglar”, - deyiladi. Hadislarda insonni komolga yetishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo’lib, ular mehr- oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga g’amxo’rlik, hurmat,faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb hunarni ulug’lash, halollik poklik, o’zaro do’st tinch - totuv bo’lish va boshqalardan iboratdir. Bundan tashqari insonning o’zini yomon illatlardan tiyish, yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand - nasixatlar xam o’z ifodasini topgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy munosabatlarga doir qarashlarini o’rganar ekanmiz, ularning g’oyalari islom dinida ilgari surilgan insonni baholash mezonlarga asoslanishi ta’kidlab o’tish lozim. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo xalqlari o’zlarining ming yillar mobaynida shakllangan madaniyati ma’naviy barkomol jamiyat an’analari bilan jahon xalqlari ma’naviy - ma’rifiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatganini e’tirof etish lozim. Beruniyning fikricha, aqliy qobiliyatlar insonning kundalik extiyojlari asosida vujudga kelsa, axloqiy masalalar tarixiy taraqqiyot odamlarning o’zaro munosabatlari bilan chambarchas bog’liq xolda paydo bo’ladi va rivojlanib boradi. Beruniy ta’kidlashicha inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Shuningdek, u insonning ijobiy va salbiy tomonlarini tarif etadi. Xususan, olim insondagi yaxshilik, rostgo’ylik, oliyjanoblik muruvvat, mehr-shavqat, do’stlik va jamoatchilik kabi fazilatlarni ulug’laydi. Shu fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan har bir inson har narsaga qodirligini o’z eli va yurti uchun beqiyos naf keltirishi mumkinligini alohida takidlaydiki, bu hozir ham ta’lim-tarbiya sohasida yetakchi o’rinni egallaydi. Shuningdek yolg’onchilik, yomonlik, raqobatlashish, g’animlik, ichqoralik, qo’pollik, o’g’rilik, tuhmatchilik, ikkiyuzlamachilik, o’ziga bino qo’yish, xushomadgo’ylik, chaqimchilik yomon illat sifatida qoralanadi. Beruniy insonning ma’naviy qiyofasini xulq atvorini yaxshillik va imonlik kabi axloqiy tushunchalar bilan belgilaydi. Allomaning inson xulq - atvori xususidagi mulohazalari bilan ming yil avval qanchalik dolzarb bo’lsa, bugun ham shunchalik muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, uning inson mohiyatini aqlda, aql moxiyatini esa harakatda ko’rish mumkinligi xususidagi fikri hozirgi zamon psixologiyasidagi: “psixik faoliyatda namayon bo’ladi”, degan tamoyilga qanchalar hamoxangligini sezsa bo’ladi [9]. Abu Rayxon Beruniy ham barcha davrlarda dolzarb bo’lgan –jamiyat, insonning ijtimoiy hayoti, uning baxti xususidagi masalalarni chetlab o’tmagan. Odamlarning jismoniy tuzilishidagi ayrim farqlarni ularning irqiy kelib chiqishi bilan bog’laydigan nazariyalarga qarshi chiqar ekan, Beruniy odamlar, umuman jamiyat turmushidagi geografik omillarning ahamiyatini ham inobatga olish joizligini ta’kidlaydi. Beruniyni geografik omillar o’rni xususidagi tasavvurlari qadru- qimmati, birinchidan, uning kuzatishlari samarasi ekanligi bilan belgilansa, ikkinchidan, uning o’z kuzatishlaridan pishiq - puxta xulosalar chiqara olish qobiliyati bilan belgilanadi. Beruniy fikriga ko’ra, u yoki bu xalqlarning ko’plab jismoniy xususiyatlari va farqlari ular yashayotgan sharoitlar, geografik muhitdagi tafovutlar bilan bog’liq: ”Axir gavda tuzilishi, rangi, tabiiy xossalari va sifatlari nafaqat kelib chiqishi tafovutlariga bog’liq, balki yer, suv, havo turfaligi bilan ham belgilanadi ”. Xorazmiylar, sug’udlar, yunonlar, rimliklar, forslar, hindlar, yaxudiylar va boshqalarning qarashlarini, an’analarini tahlil qilar ekan alloma nihoyatda ob’ektiv bo’lishga intiladi. Bu yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlab, uning ilmiy metodiga xos muhim jihatlardan birini ko’rsatadi. Olim u yoki bu xalqning axloqiy qarashlari, urf - odatlari ustida to’xtalar ekan, uning o’ziga xos an’analarini sira kamsitmagan holda ko’rsatishga intiladi.U xalqlarni tabaqalarga bo’lib, birini ikkinchisidan ustun qo’yishni qattiq qoralaydi. Geografik olimning bashariyat turmushida tutgan o’rni xususidagi o’z mulohazalarini bayon etar ekan, Beruniy nafaqat uning jismoniy tuzilishini belgilashdagi o’rni to’g’risida, balki, turli ko’rinishga ega ijtimoiy hodisalar derterminatsiyasi haqida ham so’z yuritgan. Beruniy turli xalqlarning u yoki bu urf-odat, udumidagi tafovutlarni tahlil qila turib, bu tafovutlar geografik shart-sharoitlar bilan bog’liq, deb tushuntiradi. Beruniy tillar o’rtasidagi farqni ham ana shu nuqtai nazardan izohlab ko’rsatadi. ”Tillar o’rtasidagi tafovut-deb yozadi, mutafakkir kishilarning xalqlarga bo’linish hamda ularning bir-birlaridan uzoq - uzoqda yashashligi bilan bog’liqdir”. ”Bir xalq boshqa xalqdan uchta tabiiy narsa : axloq, qadryat va kishilar qadryatiga asoslangan uchinchi –fikr ifodalash vositasi bo’lgan til bilan farq qiladi:, - degan fikriga juda mos keladi. Shu narsa qadryatliki, Beruniy qarashicha jamiyatda yashovchi kishining ehtiyoji til paydo bo’lishining asosiy sababchisidir. Bu borada Beruniy yozadi: ”Har bir xalqqa umum tomonidan qabul etilgan nutq kerak, chunki kishilar mana shu til yordamida o’zlarining turli tuman maqsadlari (fikri) ni ifodalay olishlari mumkin bo’lsin[9]. Farobiy insonni komolatga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunga Farobiy: ” Ta’lim va tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin” , - deb hisoblaydi [52,34]. Chunki, maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim - tarbiya insonni ham aqliy ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiati va jamiyat qonun qoidalarini to’g’ri munosabatda bo’ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Farobiy ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. O’rta asr fan va madaniyatga bebaho xissa qo’shgan ulug’ mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs komolati, shaxs va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar haqidagi ko’plab fikr mulohazalarni o’z asarlari orqali ifodalab berishga harakat qilgan. Farobiy ijtimoiy hayot, jamiyat masalasida ko’plab ahamiyatga molik falsafiy fikrlarni ilgari suradi. U o’zining “Fozil odamlar shahri” kitobida “Har bir inson o’z tabiatiga ko’ra yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muxtoj bo’lib, bunday narsalarni bir o’zi qo’lga kirita olmaydigan, ularga ega bo’lish uchun kishilar jamoasiga extiyoj sezadigan qilib tuzilgan”, - deydi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va komillika erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar, natijada odamlar jamoasi vujudga keldi, deb qo’shib qo’yadi, muallif. “Aholisi xushxulqqa ega bo’lmagan mamlakatda hokimiyatga extiyoj seziladi”, - degan fikri bilan Farobiy jamiyatning demakratlashuvi, inson erki va xuquqlarining to’la ta’min etilishi mamlakat aholisining xulq-atvoriga, ma’naviy-axloqiy komolotiga bog’liqligini ko’rsatgan. Mutaffakkir agar aholi o’z huquq meyorlari doirasida amaldagi qonunlarga bo’ysunib yashashni turmush tarziga aylantirsa, o’z hatti-harakatini ma’lum qonun-qoidalar yo’nalishiga tushira bilsa, aql-idrok, odob-axloq katego’riyalarini hayotning har bir daqiqasida namoyon qilib borsa, jamiyatning manaviy qiyofasi barkomol, shaxsning yashash tarzi yetuk, erkinliklari esa cheksiz bo’ladi, deya e’tirof etadi. Farobiy, ayniqsa, ideal shahar axolisining fazilatlariga, bunday shahar boshlig’ining qanday fazilat va xislatlarga ega bo’lishiga juda katta e’tibor beradi. Uning fikricha, har qanday odam shahar boshlig’i bo’la olmaydi, u fazilatli, yetuk shaharning boshlig’iga qator talablar qo’yadi: shahar boshlig’i har tomondan yetuk va namuna bo’lishi zarur; ham jismoniy ham ma’naviy jixatdan mukammal, qobiliyatli hid sezish orgonlari ruxi yaxshi taraqqiy qilgan, fikri sog’lom, so’zga boy va usta bo’lishi lozim. Farobiy ideal shahar boshlig’iga 12ta talab qo’yadi, bu 12ta talab jismoniy, intelektual va axloqiy yetuklikni, shaharni namunali va adolatli asosida boshqarish uchun zarur bo’lgan barcha qobiliyat va hislatlarni o’z ichiga oladi. Yetuk fazilatli ideal shahar boshlig’i ayniqsa, xaqiqatni sevuvchi va uning uchun kurashuvchi, yolg’onga jirkanch bilan qaro’vchi tabiati bilan adolatni yaxshi ko’ruvchi, adolatsizlik va zulimga nafrat bilan qaro’vchi, botir, jasur va qo’rqmas hamda qat’iy bo’lishi zarur. Farobiy zulm, firibgarlikka hiyla nayrangni keskin qoraladi, insonnig oliyjanob fazilatlarini ulug’ladi, xalqni shu fazilatlarni egallashga past va tubanlikdan qochishga chaqirdi, u mehnatkash ommaga hunarmand kosiblarga hayirhoh bo’ldi, ularning hayotini yaxshilash yo’llarini izladi. Farobiy insonnig insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql-idrok, ong va tafakkur darajasi bo’lsa, ularning mohiyatini ochib beruvchi darajasi va ko’lamiga baxo beruvchi bosh mezon xatti-harakat, xayotga va atrof-muhitga munosabat, o’zini-o’zi boshqarishdagi ichki qudratdir, deya Farobiy Sharqning diyonat or - nomus, sharm-hayo katego’riyalariga tayangan. Asrlar mobaynida ularni oliy qadriyatga aylantirgan, shu orqali xalqning xulq - atvori o’ziga xosligini taminlagan. Farobiy insonlarni o’zaro hamkorlikka chaqirgan, dunyoda yagona bir butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qilgan. ” Baxt - saodatga erishuv haqida” risolasida komolatga bir kishining yolg’iz o’zi ( ko’pchilikning yordamisiz ) erishuvi mumkin emasligini, xar bir insonning tug’ma tabiatida va unga lozim bo’lgan xar qanday ish va harakat jarayonida boshqa bir inson yoki ko’pchilik bilan munosabatda bo’lish, o’zaro munosabatlarga kirish extiyoji borligini, inson komolatga erishish yo’lida boshqalar ko’magiga va ular bilan uyishishga muxtoj yoki majbur bo’lishini takidlagan [52]. Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida ham shaxs, shaxsning komolati, uning jamiyatda tutgan o’rni xususidagi chuqur falsafiy - psixologik fikr-muloxazalarni o’qishimiz mumkin. Navoiy falsafaning barcha muhim nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan maxsus asar yozgan bo’lmasa - da, uning asarlarida ham shaxs ham jamiyat to’g’risidagi ba’zi bir qimmatli malumotlar mavjud. Navoiy fikriga ko’ra, olamning yaratilishidan bosh maqsad - insondir. Inson vujudi tabiatdagi boshqa narsalardan: o’tdan, suvdan, xavodan, tuproqdan yaratilgan. Navoiy insonga biologik xodisa sifatida qaraydi va baxolaydi. Ijtimoiy mavjudot sanalgan insonning xulq-atvori, dunyoqarashi, odob-axloqi, ma’naviy qiyofasi ijtimoiy muxitga bog’liq. Inson ijtimoiy muhit xosili singari shakllanadi. Boshqacha ibora bilan aytadigan bo’lsak, insonni ijtimoiy jamiyat mavjudotga aylantiradigan hal qiluvchi omil, muhit, ijtimoiy sharoitlardir [30]. Yuqorida nomlari tilga olingan mutafakkirlarimizdan tashqari yana ko’plab mutafakkirlar Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xo’ja Axmad yassaviy, Xo’ja Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro ham shaxs komolati, shaxsning komolatga erishuvida jamiyat va qadriyatlarning o’rni xususida o’zlarining noyob fikrlarini yozib qoldirganlar. Ajdodlarimizning ilmiy falsafiy ta’limotlari tor milliy qobiqda o’ralib qolmasdan, balki, ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan ta’limotlardir. Download 140.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling