Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari
Ona vao’smir farzand o’rtasidagi munosabatlar metodikasini o’rganish natijalari
Download 140.31 Kb.
|
SEVARA BMI 2023 (2)
2.2.Ona vao’smir farzand o’rtasidagi munosabatlar metodikasini o’rganish natijalari
Shaxsning kamol topishida oilaning yetakchi ta’siri bor. Oila tarbiyasining o’ziga xos milliy xususiyatlari hamda tipik kamchiliklarini bartaraf etish yo’llarini, tarbiya samaradorligini oshirish omillarini tushuntirish, oila tarbiyasi, oiladagi tarbiya imkoniyati va pedogogik madaniyat haqida tushunchalar beriladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki vaqtlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifadir, ya’ni ota - onaning shaxsiy ishigina bo’lib qolmasdan balki, ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki shaxsning qadryati uning jamiyatdagi tutgan o’rni bilan belgilanib, ko’p jixatdan uning tarbiyasiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli tabiiyki, ota-ona o’z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi. Yosh avlodni har tomonlama mukammal shaxs qilib tarbiyalashdek ma’sulyatli vazifa ota-ona yelkasida. Darhaqiqat, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Xususan bolada iroda, odatlar, fe’l - atvor, xulq, atrofga munosabat, e’tiqod va qarashlar vujudga keladi. Ana shulardan kelib chiqib, turmushda insonni kamol toptirish sharoitlari, ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarini izchil o’rganmay turib, shaxsning xususiyatlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o’zgarishlar uning moddiy - maishiy, iqtisodiy negizi o’zgarishiga be’vosita bog’liqdir. Oilada qat’iy intizom va kun tartibining bo’lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Farzandlarning bilim olishdagi yutug’i, axloqi, salomatlik darajasi ko’p jixatdan oilada qaror toptirilgan rejimga bog’liq. Ota-onaning ibrati ,bu rejimga oqilona amal qilib namuna bo’lishlari zarur. Olia o’ziga xos turmush o’chog’idir. Bunda mehnat asosiy o’rin egallaydi. Farzandlar ota - onaning mehnat qilishiga, mustaqillikkka, shaxslararo ibratli munosabatiga o’rganadi. Ota - onalar o’rtasida o’zaro munosabatda hamjixatlik, mexr - oqibat, o’zaro xurmat, shirin so’zlik, bir - biriga g’amxo’rlik mavjud bo’lsa, bunday munosabat farzand tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Bugungi kunda taraqqiyot qanchalik o’zgarganligi bizning etiborimizdan chetda qolmadi. Shuning uchun bugungi kunda ota - onaning farzandga ta’sirini o’rganish maqsadida tadqiqot o’tkazdik. Ma’lumki o’smirlik davrida o’z o’zini nazorat qilishni shakllanishiga ota -onaning shaxsiy namunasini ta’sirini o’rganish maqsadida A.Ya.Varga. va V.V.Stolin tomonidan ishlab chiqilgan ota - onalrning o’z farzandlariga bo’lgan munosabatlari test so’rovnomasidan foydalanildi. Ota - onalarning o’z farzandlariga bo’lgan munosabati kattalarning bolalarga nisbatan turli tuman xissiyot va xulq atvorlari tizimi sifatida tushuniladi. Psixologik nuqtai nazardan qarlaganda ota - onalarning o’z farzandlariga munosabati bu bolalarga nisbatan o’rnatiladigan pedogogik ijtimoiy ustanovka bo’lib, o’z ichiga ratsional emotsional va xulq atvor komponentlarini oladi. Bu komponentlar u yoki bu darajada ushbu metodikaning asosini tashkil qiluvchi so’rovnoma yordamida baxolanadi. Metodika 61 ta savoldan tuzilgan bo’lib ular ota - onalar munosabatini ifodalo’vchi 5 ta shkaladan iborat. Bolani qabul qilish - rad qilish. Bu shkala bolaga nisbatan umumiy emotsional ijobiy (qabul qilish) yoki emotsional salbiy (rad qilish) munosabatni ifodalaydi. Kooperatsiya. Bu shkala kattalarning bola bilan hamkorlik qilishga intilishni uning ishlariga qiziqish va ularda ishtirok etishni ifodalaydi. Simbioz. Bu shkala savollari kattalar bola bilan birlashishga intilish yoki uni saqlab qolishga xarakat qilishni aniqlashga yo’naltirilgan. Bu bola bilan kattalarning o’ziga xos aloqasi. Kontrol. (nazorat). Bu shkala kattalarning bola xulq atvorini qanday nazorat qilishlari bola bilan bo’layotgan munosabatlari demokratik yoki avtoritart uslubda qurilishni tavsiflaydi. Bolaning omadsizliklarga munosabati. Bu so’ngi shkala kattalar bolaning qobiliyatlari ustunliklaari va kamchiliklariga muvaffaqiyat va omadsizliklarga qanday munosabatda ekanliklarini ko’rsatadi. Tadqiqotda mazkur metodika o’tkazib olingan natijalar miqdor va sifat jixatidan taxlil qilindi. Miqdoriy taxlil natijalari quydagi jadvalda aks ettirildi. Ota – ona farzandining xulq – atvori yuzasidan o’zining munosabatini bildirmoqchi bo’lganda, ”Sen - xabar” uslubidan emas, ”Men - xabar” uslubidan foydalangani ma’qul. Bu degani “Sen kecha aytganimni qilib qo’ymapsan”,”Sen nega doim odamni javratasan”,”Sen qayerdan topting bu qiliqni” kabi mulohazalar o’rniga “Men kecha aytganimni qilib qo’ymaganingdan biroz ranjidim”,”Men xech tushunmayman nega odamni javrataverasan”,”Men bilmadm, bu qiliqni qayerdan topting” kabi muloxazalarni ishlatish kerak. Zero, bu bolaga bo’lgan xurmat va ishonchni namoyon etadi, o’rtadagi qarama - qarshilikni anchagina susaytiradi. Ota – ona bolaning biror fikrini ma’qullamoqchi bo’lganda, shunchaki “ha” yoki “mayli” deb aytishdan ko’ra quyidagi turdagi muloxazalardan foydalangani ma’qul: ”Agar sen shunday qilishni xoxlayotgan bo’lsang…”,”Mayli sen aytganday bo’lsin”,”Sening bunday qilishinga men qarshi emasman”,”Buni men emas, sen hal etasan-ku”. Zotan, bu ota - ona bolaga mustaqil shaxs sifatida ishonayotganini, uning shaxsiy mustaqilligini tan olayotganini ko’rsatadi. Ota - ona farzandiga nimanidir taqiqlamoqchi bo’lganda, quyidagi muloxazalarni berilgan ketma - ketlikda bildiradigan bo’lsa, bola taqiqni unchalik og’ir qabul qilmaydi: Ota – ona bolada muayyan istak paydo bo’lgani o’rinli ekanini tan oladi – “Biz bugun kinoga borging kelayotganini yaxshi tushunyapmiz” Ota - ona bolaning biror harakati bo’yicha taqiqni aniq belgilaydi – “Lekin biz senga ruxsat bera olmaymiz, chunki ertaga maktabga tayyorlab borishing kerak bo’ladigan darslaring ko’p”; Ota - ona bolaga o’z istagini boshqa xolatda amalga oshirish imkoniyati bo’lishi to’g’risida aytgani – “Shanbi kuni esa bo’sh vaqting ko’proq bo’ladi, extimol shu kuni borish to’g’ri bo’lar”; Ota - ona bolaga oilada hukum suruvchi tartib qoidalardan norozilik bildirishi uchun yordam berib yuboradi – “Shubxasiz, sen shunday taqiqlar bo’lmasligini xoxlarding”,”Albatta, hozir ruxsat bermayotganimiz senga yoqmayapti”,”Balki, biz umuman noto’g’ri qilyapmiz, deb hisoblayotgan bo’lsang ajab emas”. Eng muhimi, aytilayotgan taqiqlar bola sha’nini kamsitmaydigan shaklda bildirilishi kerak; ”Ish kunlari kinoga borilmaydi” degandan ko’ra, ”O’zing yaxshi bilasan, ish kunlari kinoga borib, boshqa muxim ishlar qolib ketishi mumkin”, deb aytgan ma’qul. Ota - ona bola ulg’ayib borgan sayin oilaviy muxokamada uning ovozi ham asta - sekin ko’p narsalarni xal etadigan darajaga yetishi uchun sharoit yaratishi kerak. Turli muammolarini muxokama qilishda, baxslarda ota - ona o’zining noxaqligini tan olishdan qo’rqmasligi lozim. Bordi - yu o’rtada nizo vujudga kelsa, ota - ona birinchi bo’lib, yarashish tomon qadam tashlashi maqsadga muvofiq. Bunda ota - ona o’z fikrlarini “Kechirasan, men seni yaxshi tushunmadm, sheklli. Biroz qizishib, ayrim keraksiz narsalarni ham aytib yuborganga o’xshayman. Hozir men biroz shoshganimni bilyapman. Seni tushunishni juda - juda hoxlayman. Qani kel, bir boshidan katta odamlardek gaplashib olamiz'' degan so'zlar bilan boshlagani ma’qul. Bir so'z bilan aytganda, bola bilan muloqatda ota - onadan xaqiqiy ijodkorlik, egiluvchan munosabat, tog’dek bardosh talab qilinadi. Manna shu hislatlar tugab borayotganda, chidashga boshqa majol qolmayotganday bo’lib tuyila boshlaganda, ota - ona o’smir bolalar o’z kundaliklari va insholarida ko’pincha “ baxt - bu seni kimdir tushunishi” deb yozishlarini eslasinlar. Farzand bilan aloqani erkin va samimiy muloqatni yo’qotish farzandning o’zini yo’qotish bilan barobarligini eslasinlar. Shak -shubxasiz, mana shular eslanganda bu haqida o’y surilganda bir zumda ancha yemirilib qolgan bardosh tog’i yonida yana o’nta shunday tog’ qad rostlaydi. Yuqoridagi natijalarda xulosa qiladigan bo’lsak shaxsda o’z - o’zini nazorat qilishning shakllanishi oiladagi psixologik muhitga, ota - onaning shaxsiy namunasiga ko’p jixatdan bog’liqdir. Ota - onalar farzandlari hayoti va faoliyati bilan qiziqmasliklari, ularni nazoratsiz qoldirishlari ko’pincha o’smirni g’ayriqonuniy xulq - atvorga ega bo’lgan bolalar va o’smirlar safiga qo’shilib ketishiga olib keladi. Shuning uchun ota - onalar farzandlarining ayniqsa o’smirlik yoshi davridagi faoliyatlarini, bo’sh vaqtlarida nimalar bilan shug’ullanayotganliklarini doimiy ravishda nazorat qilib borishlari maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, o’smirlik yoshi davridagi psixofizilologik o’zgarishlar va o’tish davri xususiyatlari bu yosh ota - onalar va katta yoshdagi kishilarning o’ziga xos alohida e’tiborni talab qiladi. Oilada ota -onalarning bu yoshdagi o’smirlarga nisbatan bo’ladigan e’tiborsizliklari, tarbiya shunday berilishi kerak deb qarashlari bolalar va o’smirlarda xulq og’ishishini kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi. Bu o’quvchilarning ota-onlari qanday tarbiya uslubidan foydalanishini aniqlash maqsadida A.Ya.Varga-V.V.Stolinning “Ota-ona munosabatlari so’rovnomasini ota-onalarda o’tkazdik. Quyida tajriba natijalarini keltirishga harakat qilamiz. 2 –jadval. Ota-onalarninfarzandlariga bo’lgan munosabatlarining namoyon bo’lishi
Birinchi shkala “qabul qilish–itarish shkalasi bo’yicha o’rta arifmetik qiymat 12,6 ga teng. Bu shkala bo’yicha yuqori 24-33 gacha yuqori ballar sinaluvchilarda farzandiga nisbatan yaqqol ijobiy munosabat mavjudligidan dalolat beradi. Bunda ota-onalar farzandini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga harakat qiladi, uning individualligini tan oladi va hurmat qiladi, uning qiziqishlarini qo’llab-quvvatlaydi, farzandining rejalarini qo’llab-quvvatlaydi, u bilan ko’p vaqtini o’tkazadi va bunga hech qachon afsuslanmaydi. Bu shkala bo’yicha 0-8 gacha bo’lgan quyi ballar esa ota-ona farzandiga nisbatan faqat salbiy hisni boshdan kechiradi: xafa bo’lish, zaxarxandalik, ko’ra olmaslik. Bunda ota-ona o’z farzandini omadsiz deb hisoblaydi va uning kelajagiga ishonmaydi. Kattalar uning qobiliyatini quyi baholaydi. Farzandga bunday tarbiya berayotgan kattalar yaxshi pedagog bo’la olmaydilar. Biz tajriba o’tkazgan sinaluvchilarning natijalari o’rtacha bo’lib, ular ba’zan farzandiga kayfiyatlariga qarab ijobiy va salbiy munosabatlarini o’zgartirib turishlari aniqlandi. Olingan natijalar o’rtacha bo’lib, ota –onalar farzandlariga juda yaqin ham emas, juda uzoq ham emasligini kuzatish mumkin. “Kooperatsiya” shkalasi bo’yicha o’rta arifmetik qiymat 4,6 ga teng. Metodika sharhiga ko’ra 7-8 ballga teng bo’lgan yuqori ballar ota-ona farzandi qiziqadigan narsaga haqiqiy qiziqish bildiradi, farzandining qobiliyatlarini yuqori baholaydi, bolaning mustaqilligi va tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi, u bilan teng munosabatlarga kirishishga harakat qiladi.Bu shkala bo’yicha quyi ballar (1-2 ball) kattalar bolagа nisbatan qarama-qarshi munosabatda bo’ladi va ular yaxshi tarbiyachi deyish mumikn emas. Biz tajriba o’tkazgan sinaluvchilarning natijalari o’rtacha bo’lib, ular ba’zan farzandiga kayfiyatlariga qarab ijobiy va salbiy munosabatlarini o’zgartirib turishlari aniqlandi. Olingan natijalar haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun quyidagi gistogrammani hosil qildik. rasm. Ota-onalarning farzandlariga bo’lgan munosabatlarining namoyon bo’lishi. “Simbioz” shkalasi bo’yicha o’rta arifmetik qiymat 4,4 ga teng. Bu shkala bo’yicha yuqori ball (6-7 ball) kattalar va bola o’rtasida psixologik masofa yaqin, ota-ona har doim farzandiga yaqin bo’lishga intiladi, uning asosiy ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi, noqulayliklardan himoya qilishga harakat qiladi. Bu shkala bo’yicha quyi ball (1-2 ball) kattalar va bola orasida psixologik masofa mavjud, u haqida kam g’amxo’rlik qiladi. Bunday kattalar bola uchun yaxshi tarbiyachi va o’qituvchi bo’la olmaydilar. Biz tajriba o’tkazgan sinaluvchilarning natijalari o’rtacha bo’lib, ular ba’zan farzandiga kayfiyatlariga qarab ijobiy va salbiy munosabatlarini o’zgartirib turishlari aniqlandi. “Avtoritar giperijtimoiylashuv” shkalasi bo’yicha o’rta arifmetik qiymat 6,3 ga teng.Bu shkala bo’yicha yuqori ballar (6-7 ball) ota-ona farzandiga nisbatan haddan tashqari kuchli avtoritar munosabatda bo’ladi, undan so’zsiz quloq solishni talab qiladi va qattiq talab qo’yadi. U hamma narsada o’zining aytganini qildirishga harakat qiladi. Bunday kattalar bolalar uchun tarbiyachi sifatida foydali bo’lishi ehtimoli kam. Qattiqqo`llik to`g`ridan-to`g`ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to`la bеfarqlik, uning bor-yo`qligini go`yoki sеzmaslik kabi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo`lsa-da, tеzroq katta bo`lish, o`zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o`ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo`rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. “Kichik omadsiz” shkalasi bo’yicha o’rta arifmetik qiymat 2,4 ga teng.Ota-onalar bolaning muvaffaqiyatsizligini tasodifiy deb hisoblaydi va unga ishonadi. Bunday kattalar yaxshi o’qituvchi va tarbiyachi ekanligi aniqlandi. Bunday ota-onalar farzandlarini borligicha qabul qilishadi, yaxshi ko’rishadi, bus afar sening omading chopmadi keying safar albatta hammasi yaxshi bo’ladi deb farzandlariga yuksak ishonch bildirishadi. Biz tajriba o’tkazgan sinaluvchilarning natijalari o’rtacha bo’lib, ular ba’zan farzandiga kayfiyatlariga qarab ijobiy va salbiy munosabatlarini o’zgartirib turishlari aniqlandi. Ota-onalar orasida qariyb barchasi farzandiga nisbatan avtoritar munosabatda bo’lishlari aniqlandi. Download 140.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling