Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari


O’smirlarda o’z-o’zini baholashga ota-ona munosabatlarining ta’siri


Download 140.31 Kb.
bet10/15
Sana17.06.2023
Hajmi140.31 Kb.
#1523649
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
SEVARA BMI 2023 (2)

3.2. O’smirlarda o’z-o’zini baholashga ota-ona munosabatlarining ta’siri

Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtmioiy poydearidir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi – farzand ko’rish orqali avlodlar va jadodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer yuzida isoiyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.


Tadqiqotda o’smirlarda o’zini-o’zi baholashini aniqlash uchun Dembo-Rubinshteyn metodikasidan foydalandik (1-ilova). Bu testni birinchi bo’lib ingliz olimi Dembo qo’llagan. Uning ishini rus olimi Rubinshteyn yanada takomillashtirgan. SHuning uchun bu metodikaning nomi “Dembo-Rubinshteyn” deb ataladi. Dembo-Rubinshteyn metodikasining ko’rsatmalariga binoan shaxsning sog’lig’i, aqliy darajasi, xarakteri va baxti kabi xususiyatlari (5 sm yoki) 10 sm uzunlikdan iborat bo’lgan vertikal joylashgan ustunchalarda o’lchanadi.
Ushbu metodikadagi 10 smlik o’lchamdan iborat bo’lgan ustunchani matematik- psixologik jihatdan sinaluvchi o’zini o’zi yoki boshqalarning javoblarini baholashi va tahlil qilishi lozim bo’ladi. Bundan bir qator ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin.
O’zini o’zi baholash testi juda oddiy, oson va tez bajariladi. Oq qog’oz yoki daftar varog’iga bir qancha vertikal holda (5sm yoki) 10 sm uzunlikdan iborat bo’lgan ustunchalar chiziladi.
Birinchi chizilgan vertikal ustunchani shaxsning sog’lig’i xususiyatini belgilovchi ko’rsatkich deb hisoblash mumkin. Bunda mana shu uzunlikdagi o’lchamda butun jamiyat, dunyo bo’yicha insonlarni sog’lig’i ko’rsatkichi keltirilgan, deb tasavvur qilish lozim. Ya’ni ustunchaning eng yuqori nuqtasida dunyodagi juda sog’lom, baquvvat, kuch-quvvatga to’lib- toshganlar, deb tasavvur qilinsa, bu vertikal nuqta asta-sekin pastga tushib borishi bilan jamiyatdagi insonlarning sog’lig’i darajasi ko’rsatkichi ham pasayib borishi nazarda tutiladi.Eng pastki, oxirgi nuqtasida odamlarning ahvoli juda og’ir, sog’lig’i o’ta yomon bo’lgan kishilarning holati ko’z oldiga keltirilishi lozim. Mana shu jamiyatdagi insonlarni orasida odam o’zini sog’lig’ini qanday deb baholasa, ana shu joyga nuqta yoki chiziqcha yo biror belgi qo’yib belgilashi kerak. Masalan, agar kishi o’zini sog’lom, baquvvat deb, ustunchaning yuqori qismiga belgi qo’yadi. Agarda kishi o’zini kasalmand bilsa, sog’lig’i me’yorida bo’lmasa, ustunchaning pastroq qismiga belgi qo’yishi kerak.
Endi ikkinchi chizilgan vertikal ustunchaga e’tibor beriladi. Bunda insonlarning baxti ko’rsatkichi darajasi belgilanadi. Xuddi birinchi ustunchada tasavvur qilingan kabi, ikkinchi ustunchada ham jamiyatdagi eng baxtli odamlar ustunchaning yuqori qismida joylashgan bo’lishadi. To’liq baxtli bo’lmaganlar, qisman baxtlilar, yoki baxtsizroqlar ustunchaning pastroq qismida, hayotda umuman baxtsiz odamlar ustunchaning eng pastki qismida joylashgan, deb tasavvur qilinib, o’zining baxtini aniqlayotgan odam jamiyatdagi odamlarga qiyoslab, baxtini qay darajada ekanligini tasavvur qilib, ustunchaning biror joyiga belgi qo’yadi.
Xuddi shu tartibda keyingi ko’rsatkichlar: aqliy darajasi, xarakterlari belgilanadi.
Vertikal ustunchalarga qo’yilgan belgilar gorizontal chiziqlar bilan belgilanib chiqiladi.
Bu yerda metodika kalitiga asoslanib ustunchani o’rtasidan yuqoriroqqa qo’yilgan belgi odatda to’g’ri javob ekanligini nazarda tutgan holda 10 sm ustunchaning o’rtasi 5 sm bo’lsa, undan yuqorirog’i 6-8 sm atrofi me’yori o’zini o’zi baholash darajasi bo’lishi lozimligiga amal qilinadi va shu fikrdan kelib chiqib, o’zini-o’zi baholash darajasini quyidagicha belgiladi:

  • Past baholash ko’rsatkichlari 0-6 sm,

  • Me’yoriy baholash ko’rsatkichlari 6-8 sm,

  • Yuqori baholash ko’rsatkichlari 8-10 sm oraliqlari hisoblanadi. SHu joyda past baholash ko’rsatkichlariga aniqlik kiritish uchun mana shu baholash darajasini o’z navbatida ikkiga ajratish mumkin, ya’ni past baholash darajasi 6-0 ko’rsatkichni 6-2 sm orasi pastroq baholash va 2-0 sm oralig’i juda past baholash darajasidan iborat bo’lishi ma’qul. SHu o’lchamlarga asoslanib sinaluvchilarning o’zini o’zi baholashlarini ustunchadagi vertikal holati bo’yicha psixologik-matematik tahlil qilish mumkin.

Bu metodikaning kaliti, ya’ni to’g’ri javoblari: vertikal holatda o’rtadan yuqoriroqda qo’yilgan belgilar gorizontal tomondan har bir xususiyatlarni aniqlovchi ustunchalarga nisbatan yaqinroq bo’lishi kerak, ya’ni unda barqarorlik xususiyati aks etishi lozim. Bu belgilar shaxs o’zini o’zi baholashida ularning shu vaziyatda o’zining shaxsiy xususiyatini anglashi, o’zini baholashini barqaror yoki beqarorligi: shaxsning xarakter xususiyati, temperamentdagi ma’lum tip xususiyatlari, xarakter xislatlari, motivatsiyalari va boshqa psixik darajalarini ko’rsatadi.
Agar ustunchalardagi nuqtalarni birlashtiruvchi gorizontal chiziqcha kuchli to’lqinsimon bo’lsa, ya’ni tik holda tepaga, pastga ketgan bo’lsa bunday hollarda sinaluvchining ichki ruhiy muammolari mavjudligi kuzatiladi. Bunda kishining ruhiyatida beqarorlik bor.
Aksincha gorizontal holdagi chiziqlar to’lqini kuchli bo’lmasa, yoki nisbatan tekisroq, silliqroq bo’lsa, bunda kishining ichki ruhiy holati nisbatan sokinroq ekanligidan dalolat beradi. Ya’ni bunday odamning ruhiyati barqaror xususiyatga ega. Ularda jizzakilik, tajanglik, ruhiy tushkunlik, yoki kayfiyatining birdan o’zgarishi kabilar nisbatan kamroq kuzatiladi.
Odatda inson o’ziga to’g’ri baho bera olishda unga eng yaqin kishilarning ta’siri muhim rol o’ynaydi. Kishiga o’zining xatolari kamchiliklarini to’g’ri baholay olishida ota-onasi, aka-uka, opa-singil, do’st-birodarlari, ustozi, murabbiysi kabi yaqin odamlari, shuningdek, uning haqiqiy mehribonlari yoki do’stlari kuchli ta’sir ko’rsata olishi mumkin. Buning uchun insonning yaqinlari avvalo mustaqil fikrga, kuchli bilimga ega bo’lishi, voqelikni to’g’ri talqin qila olish xususiyatiga ega bo’lishi kerak bo’ladi.
Agar insonning atrofdagilarini real baholash xususiyatlari sust bo’lsa, yoki qabih do’stlari ko’p bo’lsa, shu kabi holatlarda odam o’zini-o’zi baholashi buzilishi kuzatiladi.
O’smirlarda olingan tadqiqot natijalarini quyidagi jadvalda aks ettirdik.
O’smirlarda o’zini-o’zi baholashning namoyon bo’lishi
3-jadval

Sinflar

Sog’lig’i

Baxti

Aqliy darajasi

Xarakteri

7-sinf(n=30)

8,5

6,9

6,4

5,9

Yuqoridagi jadvalda ko’rinib turganidek, o’smirlar o’z sog’liqlarini yuqori baholaydilar. Ularning sog’liqlaridan shikoyatlari bo’lmaganligi uchun o’zlarini mutloq sog’man deb o’ylaydiar va kichik va katta o’smirlar ham o’zlarini yuqori baholaydilar. O’smirlar o’z baxtlarini adekvat baholaydilar. Mustaqil diyorimizning baxtiyor yoshlari o’zlarining baxtlarini me’yorda, adekvat baholaydilar. 7-sinf o’quvchilari o’zlarining aqliy darajalarini to’g’ri adekvat baholaydilar.7-sinf o’quvchilari o’zlarining xarakterlarini quyi baholaydilar.Bu ko’proq o’smirlarning organizmida ro’y berayotgan fiziologik o’zgarishlar bilan bog’liq. O’smirlarda o’zini o’zi baholash dinamikasi haqida batafsil tasavvur hosil qilish uchun quyidagi gistogrammani hosil qildik.





2-rasm. 7-sinf o’quvchilarining o’zini o’zi baholashi.

Yuqoridagi rasmda yaqqol ko’rinib turganidek, barcha o’smir yoshidagi bolalar sog’lig’i bo’yicha o’zlarini yuqori baholaydilar. Barcha o’smirlar o’zlarini baxtli va aqliy daraja bo’yicha adekvat baholaydilar. Xarakter bo’yicha o’smirlar o’zlarini quyi baholaydilar.


Individual tadqiqot natijalarini taxlil qilishdan shu narsa aniqlandiki, o’z farzandlarini shaxs sifatida hurmat qilib qabul qilgan ota-onalarning farzandlari o-zlarini yuqori va adekvat baholashgan. Avtorutar tarbiya uslubini qo’llaydigan ota-onalarning farzandlari esa o’zlarini quyi baholashlari aniqlandi.
SHaxsning o’zi, o’z xulq-atvor xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz “men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli – ziddiyatli tarbiya. Bunda oila a'zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo`llaydi, masalan, otasi o`ta qattiqqo`l, ona o`ta mеhribon, yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat qilib, mas'uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug`ullalanadi, buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib kеtishini – “hali yosh, katta bo`lganda o`zi yaxshi bo`lib kеtadi”, qabilida ma'qullayvеradi. Bunday bеqaror tarbiya uslublarini E.Eydеmillеr, V.Yustitskiy, N.Lеngardlar o`rganib, uning oqibatida bolada salbiy xaraktеr xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obro`li shaxslarning tazyiqini noto`g`ri baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-ona tarbiyadagi bеqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni bilmaydi. Ko`pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yo`qotib qo`yish yoki uning ko`ngli qolishidan qo`rqib ham noto`g`ri tarbiya yo`llarini tutadi.
Ota-onalarni farzandlariga bo’lgan munosabatlarining o’z-o’zini baholashga ta’sirini aniqlash uchun pirson formulasi bo’yicha korrelyasion taxlilni amalga oshirdik, natijalarni quyida keltiramiz.

4 –jadval.


Ota-onalarni farzandlariga bo’lgan munosabatlarining o’z-o’zini baholashga ta’siri

SHkalalar

O’z-o’zini baholash

Qabul qilish

Kooperatsiya

Simbioz

Avtoritar



Kichik omadsiz

O’z-o’zini baholash

1


Download 140.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling