Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari
,752 ** 0,003 0,015 -0,573*
Download 140.31 Kb.
|
SEVARA BMI 2023 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob bo’yicha xulosalar
- XULOSA VA TAVSIYALAR
Yuqoridagi jadvalda, o’z-o’zini baholash bilan qabul qilish munosabati orasida musbat bog’lanish aniqlandi( r=0,752; p< 0,01). O’ta –onalar farzandlarini borligicha qabul qilib, ularga qanchalik ko’p mehr bersalar, ularning o’z-o’ziga bergan bahosi shunchalik yuqori bo’ladi. Avtoritar munosabat va o’z-o’zini baholash orasida manfiy bog’lanish aniqlandi (r=-0,573; p< 0,05). Avtoritar munosabatning ortishi, o’z-o’zini baholashni pasaytiradi. Ota-onalar qanchalik ko’p tarbiyada avtoritar uslubdan foydalanishsa, o’z-o’zini baholash shunchalik quyi bo’ladi. SHunday qilib tadqiqot natijalaridan aniqlanishicha, ota-onalarning avtoritar munosabati farzandlarda o’z-o’zini baholashga salbiy ta’sir etadi. Bunday bolalar o’zlarini aksariyat quyi baholaydilar. Avtoritar munosabat va kooperatsiya tarbiya uslubi orasida manfiy bog’lanish aniqlandi (r=-0,352; p< 0,05). Avtoritar munosabatning ortishi kooperatsiya tarbiya uslubidan kamroq foydalanishga olib keladi. Darhaqiqat, o’z farzandlariga nisbatan avtoritar uslubdan foydalanadigan ota-onalar kooperatsiya hamkorlik uslubidan kamroq foydalandilar. Bob bo’yicha xulosalar Bolaning o`z oilasi to`g`risidagi tasavvurlari ko`pincha ota-onaning tasavvurlari va asl holat bilan qisman mos kеladi. Odatda ota-ona o`z farzandi uchun qo`lidan kеlgan barcha choralarni ko`rayotganday, buni bola anglashini va undan hamisha minnatdor bo`lishi kеrakligini kutadi, lеkin bolalar bu xususda turlicha tasavvurga ega bo`ladilar. Mеhribon ota-ona og`ushida ayrim bolalar o`zlarini baribir yolg`iz, kеmtik, kamsitilgan his etadi. G.T. Xomеntauskas (1989) oilada ota-ona xulq-atvori va bolaning bu xatti-harakatlarni idrok qilishi va ota-onaga munosabatining 5 ta asosiy ko`rinishlarini tahlil qilgan: proteksiya, ehtiyojlarni qondirish, talabchanlik, ta’qiqlash, sanksiya. O’smirlar o’zlarini soglig’I va bahti shkalasi bo’yicha yuqori baholasahadi. Avtoritar tarbiya uslubi va o’z-o’zini baholash orasida manfiy bog’lanish aniqlandi. Kooperatsiya va o’z-o’zini baholash orasida musbat bog’lanish aniqlandi. Kooperatsiya va avtoritar tarbiya uslubi orasida manfiy bog’lanish aniqlandi. XULOSA VA TAVSIYALAR O’rganilgan adabiyot va o’tkazilgan tadqiqot natijalariga muvofiq quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini beradi: Ota - ona va farzand o’rtasidagi ijobiy muhitning shakllanganligi, o’smirlarda ijtimoiylashuvning inqirozlarsiz shakllanishiga olib keladi. Ota va onaning bir - birlariga bo’lgan ijobiy munosabatlari farzand tarbiyasida asosiy o’rin egallaydi. Ota - ona va farzand o’rtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan salbiy munosabatlar ularda ziddiyatli xulq - atvorni shakllanishiga olib keladi. Avtoritar tarbiya uslubi va o’z-o’zini baholash orasida manfiy bog’lanish aniqlandi. Kooperatsiya va o’z-o’zini baholash orasida musbat bog’lanish aniqlandi. O’z farzandlarini shaxs sifatida hurmat qilib qabul qilgan ota-onalarning farzandlari o-zlarini yuqori va adekvat baholashgan. Avtorutar tarbiya uslubini qo’llaydigan ota-onalarning farzandlari esa o’zlarini quyi baholashlari aniqlandi. Ota - ona tomonidan farzanddagi extiyojlarni o’rinli ravishda qondirilishi ularni insonlarga nisbatan ijobiy munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Farzandlarda ota - ona shaxsiga nisbatan xurmat hissini tarkib topishi lozim, bu esa ota - ona va farzand o’rtasida yuzaga keladigan nizolarni oldini olish imkoniga ega bo’linadi. O’smirlik davri muammolarini taxlil qilgan xorij psixologlari mezoni sifatida muloqatchanlikni shakllanishi, o’zini - o’zi anglash, baxolash, atrofdagilar bilan munosabatga kirisha olish qobiliyatining mavjudligi bilan belgilanadi. Oiladagi normal shaxslararo munosabatlar bola shaxsida ijtimoiylashuvning negizi sanaladi. Keltirilgan xulosalarga muvofiq ota - onalar va tarbiyachi, o’qituvchilarga quydagi tavsiyalarni ishlab chiqishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz: bolaning o’zi haqida yomon o’ylashiga yo’l qo’ymaslik; avvalo o’zingiz farzandingiz haqida yomon gapirishingizga yo’l qo’ymasligingiz; bola hammaga o’xshagan bo’lishi kerak emas, balki u o’ziga xos bo’lishi kerak prinsipiga amal qilishingiz lozim. Farzandlarga nisbatan munosabatingizni o’zgartiring, ko’proq uni ham shaxs sifatida hurmat qilib, demokratik uslubdan foydalanishga harakat qiling. Unutmang kishining o’ziga nisbatan nafrati uning hayoti mazmunining yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Rossiya psixoterapevti va psixologi V. Levi fikriga ko’ra, kishi o’zini yaxshi ko’rishi, boshqalar bilan taqqoslamasligi, o’zini baholamasligi kerakligini tavsiya etadi. CHunki har bir inson o’ziga xos tarzda individualdir va u o’zini in’om deb qabul qilishi kerak. Ota - onalar farzandlarni qiziqishlarini obektiv baxolashlari lozim; Ota - onalarda farzandlarga nisbatan xurmat xissini qaror toptirish; Ota - onalar tomonidan farzandlarni qobiliyat, imkoniyatlar va shart -sharoitlarni o’rinli baxolashlari kerak; Ota - onalar farzandlarini yosh va individual xususiyatlarini bilishlari lozim; Ota - onalar farzand tarbiyasiga doir bilimlari bilan qurlollanishi; Ota - onalar tomonidan bola shaxsida o’zini - o’zi tarbiyalash imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Download 140.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling