Onalarni o’z farzandiga ayta olmaydigan gaplari


Download 17.34 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17.34 Kb.
#229663
Bog'liq
devoriy surat.


ONALARNI O’Z FARZANDIGA AYTA OLMAYDIGAN GAPLARI.

Oldimga qo’llaringizda men uchun arzimagan bo’lsa xam biron nima ko’tarib kelishingiz, menga bo’lgan ETIBORingizni bildiradi…

Men bilan ishingiz bo’lmay, telefoningiz bilan MASHG’UL bo’lishingiz, meni yosh boladek bu narsalarni tushunmaydi deb xisoblashingiz, bir nima desam ,,CHALG’ITDI’’ deb jaxlingiz chiqishidan XAFA bo’laman !!!

Oshxonada belim og’rib, oyoqlarimda quvvat qolmay, siz va farzandlaringiz uchun OVQAT tayyorlasamda sizga yoqmay ensa qotirishingiz yuragimni PARCHALAYDI.

Uyga kelsangiz xuddi meni ko’rish uchun emas, bir biringiz bilan gaplashgani kelgandek, sizning suxbatingizda menga O’RIN yo’qdek tutishingizdan o’zimni kimsasizdek sezaman…

Sizni kutganimda, yolg’iz qolganimda, to’satdan ziyoratga kelishingiz menga quvonch BAXSHIDA etadi..

Meni yosh boladek sanab, ,,uni unday buni bunday qiling’’ deyishingizga muxtoj emasman… Aksincha, meni o’z o’rnimda, sizga ko’p narsani o’rgatgan, xatolaringizni MEXR bilan tushuntirgan ona sifatida muomala qilishingizni ISTAR EDIM…

Yoshligingizda xizmatlaringizni SIDQIDILDAN xizmat qilardim… Mening xam sizga extiyojlarim bor… xar oy maoshingizdan menga xam ajratsangiz, meni xursand qilgan, duolarim sabab topganingizda BARAKAni ko’rgan bo’lar edingiz.

Kun kelib mening xonamga KIRASIZ. Lekin unda meni topa olmaysiz… xar qancha ulg’aymang, siz men uchun doim beg’ubor, yuragimni bir parchasi, ko’zlarimning nuri, JONIM BOLAJONIM bo’lib qolasiz…

Nasixatlarimni qabul qiling jigar bandlarim. Sizga qattiqqo’llik qilgan payitimda xam sizni YAXSHI ko’rganman..

Dunyoning go’zalligini sizni ko’zingizda ko’radigan onangizdan XAFA bo’lmang…

Menga qanday muomala qilsangiz, kun kelib farzandlaringiz xam sizga shunday munosabatda bo’lishadi…


ONANGIZNI QADRLANG KUN KELIB IZLAB TOPA OLMAYSIZ !!!



Mo’minov Murodil. 2019-yil 21- aprel devoriy suratdan.

Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling