Onam beshigimga archa solganda, Ilk bora Vatanni hidlagan edim
Download 25.23 Kb.
|
Anvar Eshnazarov she\'rlari
VATAN Onam beshigimga archa solganda, Ilk bora Vatanni hidlagan edim. Garchi suyib o‘zga qo‘llar olganda, Yodsirab, dod solib yig‘lagan edim. Ostonadan emas angladim zotan, Ona quchog‘idan boshlanar Vatan. Bag‘ritoshlar qurgan toshli saroydan, Ustida lola bor loysuvoq aziz. Eslayman esimni tanigan joydan, Ariq bo‘ylaridan terganim yalpiz. Boychechakzor edi asil boy chaman, Daraxtlar shoxidan boshlanar Vatan. Qaldirg‘och qo‘shig‘i, turnalar kuyi, Moviy kundalikka chizilgan surat. Otamdan taralgan dalaning bo‘yi, Dasturxon oldida so‘zlagan mehnat. Bobom bizni ko‘rib yoshlikni tuygan, Momolar ohidan boshlanar Vatan. Mehmonga borganda yurak siqardi, Begona edim men bekona uyda. Po‘rim kiyim ila qo‘shnim chiqardi, Men-chi yalangoyoq kezardim ko‘yda. Faqir bo‘lsa hamki g‘amxo‘ring ekan, Oila panohidan boshlanar Vatan. Yegirma to‘rttamiz bitta sinfda, Yegirma to‘rt xislat, yigirma to‘rt fe’l. Gohida urishib, gohi yarashib, Qiyin vaziyatda bo‘lardik bir el. Musht bo‘lar bukilgan panjalar bilan, Maktabning bog‘idan boshlanar Vatan. Oralab qolsa gar bironta o‘g‘ri, Qo‘rib yotar edik tunlar qishloqni. Qo‘rqmasdik o‘limga kelishdan to‘g‘ri, Qutqarib qolardik sigir-buzoqni. Yerga egilardi kaftlar daf’atan, Ko‘chang toshlog‘idan boshlanar Vatan. Quloqqa chalinar falonchi qizni, Pistoncha bir yigit ta’qib qiladir. Tutasan, urasan, u sanar tishni, Yerga yumalasa, or ne biladir. Necha g‘alamislar yulduz sanagan, Dashtning tuprog‘idan boshlanar Vatan. Kechagi kun kabi yodimda ilk bor, Olis shaharlarga otlangan onim. Bag‘riga bosgandi otam purviqor, Ketmasdan sog‘ingan, oh, onajonim. O‘qish, ish, kelajak bizlarni sochgan, Qaroring rohidan boshlanar Vatan. Muazzam shaharda har ne muhayyo, Kentlari ham toshdek, toshdek bag‘irlar. Ichikib ketasan ko‘rib ajabo, Bozorda tentirab yursa sag‘irlar. Kimdir o‘ttiz yoshda erkadir, kimdan Go‘daklik chog‘idan boshlanar Vatan. Ko‘ch-ko‘roning ort, boshqa joyga bor, Ijarachi javrar o‘n besh kun oldin. So‘zingdan, ko‘zingdan to‘kilar ash'or, Cho‘ntakda turmaydi aqchang hech ortiq. Qarz so‘rab olganing yaqin qo‘shningdan Piyoz-u yog‘idan boshlanar Vatan. Kimsan, qayerdansan, qaysi viloyat, Ba’zida so‘rarlar nasl-nasabing. Qo‘lingda qog‘ozlar, “spravka”, tilxat, So‘rovnomalardan chiqar asabing. Qizilni ilg‘amas ko‘zlaring birdan, Shafyor qovog‘idan boshlanar Vatan. O‘ylayman Yurt nima, millat-chi kimdir, Yura davrigacha hayolim kezar. Sirtdan qaraganda odamlar jimdir, Lek bitta xavf bo‘lsa bitta musht bo‘lar. Mardlar soni ortar vodiy, vohadan, Xatar o‘chog‘idan boshlanar Vatan. O‘zbekiston degan yurtdan, ilohim, Xatar-u notinchlik o‘tsin panalab. Musaffo osmonning ostida har kim, Shirin tashvishlarni yursin orqalab. Menga har yog‘idan boshlanar Vatan, Qir-adir, tog‘idan boshlanar Vatan. Anvar Eshnazarov. 01.09.2022 Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Sipqorib hayot jomin jahongirlar yashab o‘tdi,
Kubro ohi o‘rin oldi, yuragimiz qat-qatidan, Ko‘p yig‘ladik el dardi-yu, Vatanimiz kulfatidan. Tilamadik hargiz shafqat shaytonlarning ulfatidan, Biz topoldik qalbga taskin Yassaviyning g‘urbatidan. Ko‘zimizga daryo to‘ldi Mirzo Bobur furqatidan, Armonimiz bo‘y ko‘rsatar Navoiyning turbatidan. Goh yiqilgan, goh xo‘rlangan, lek sinmagan ustixonmiz, Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Olislarda shahid bo‘ldi Vatan deya Jaloliddin, Talovlarga otdi elni Yalavochdek minglab sotqin, Oqmachitda oq bayroqni ko‘tardi qaysi bag‘ri kin? Jonga jon deb, qonga qon deb fido bo‘ldi mardlar chin, Achinaman senga, murg‘ak, taxt uchun o‘lgan Mo‘min, Biz barlosmiz, qo‘ng‘irotmiz, mang‘it-u ashtarxonmiz, Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Ummat faxri Al-Buxoriy Buxorodan bo‘ldi surgun, Ibn Sino tibda sulton, lek fitnada qoldi zabun, Faryod chekgum eslaganda Ulug‘bek o‘ldirilgan tun, Yangi dunyo jadidlardan so‘raganda bermoqni xun, Necha tillar tish qafasin ichida bo‘ldi tutqun. Besh panjasi bo‘linganda yig‘lab turgan bir nolonmiz, Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Beshikmiz-u daholarga, go‘daklikdan dor qurdilar, Yovlar bilmam o‘zlaricha milliyatni supurdilar, Ammo Temur lashkaridek tanda qonlar gupurdilar, Istibdodning zanjiriga asl erlar tupurdilar, Haqiqatning tug‘in olib, erkka tomon yugurdilar. So‘yladilar: Xalq g‘amini o‘ylagan qahramonmiz. Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Qayta keldi yuz yillarki uchib ketgan Humo qushi, Tarqab ketdi qadim yurtning dilidagi faromushi, O‘ngdan kelar Zavqiy bobom ko‘rgan har bitta tushi, Ey Allohim, ketmasin hech endi elning aql-hushi, Jahon ichra orta berar sharafda doim ulushi. Afrosiyob vorisimiz, o‘z yerida bek va xonmiz, Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Anvar Eshnazarov. 24.07.2022 Qamchisidan qon tomgan botir, Qora yerda yotar chalajon. Vatan deya jon berayotir, Tinchligingni o‘ylab, bolajon. Sening otang o‘lmagan sira, Yashayotir dillarda mangu. Miltiqlarni tursa-da tirab, G‘urur bilan ko‘krak tutdi u. Yiqilmadi janggohda nogoh, Ortdan zarba urdi xoinlar. Ey bolajon ulg‘ay sog‘, ogoh, Nigohingdan qo‘rqishsin jinlar. Otang kabi bo‘l asil o‘g‘lon, Bo‘linmasin iymon va aqling. Ona xalq deb hamisha to‘lg‘on, Uraversin Vatan deb qalbing. Anvar Eshnazarov. 06.07.2022 Download 25.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling