Onat tili 20 talik Blok test
Majburiy fan (Ona tili) 10 talik
Download 60.23 Kb. Pdf ko'rish
|
#1 blok ona tili ingliz
Majburiy fan (Ona tili) 10 talik
41. Qaysi javobda berilgan gapda tinish belgisini qo’llash bilan bog’liq(punktuatsion) xatolik mavjud? A) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging. B) Ilmsiz odam iliksiz suyakka o’xshaydi, iliksiz suyakka esa qo’l urilmaydi. C) Uydagilarning hammasi menga qattiq gapirishmaydi, chunki men oilamizning erkatoyiman. D) Na sen nazar qilding holimga bir bor: Na men ayta bildim senga biror so’z. 42. Quyida berilgan qaysi javobda so’zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) xatti-harakat, axloq, xokkey B) lafz, afv, tatbiq C) afg’on, taftish, tafsilot D) tafsiya, sahiy, aftobus 43. Berilgan javoblardan qaysi birida faqat ko’makchilarga mansub so’zlar o’rin olgan? A) faqat, hatto, nahotki B) toki, qadar, albatta C) uzra, tomon, tufayli D) bilan, balki, attang 44. Bosh gap+ergash qolipidagi qo’shma gap berilgan javobni aniqlang. A) Tovus o’zining chiroyli patlarini himoya qiladi, vijdonli odam esa sharaf-shonini saqlaydi. B) Aql ko’pga yetkazadi, bilim insonni ko’kka ko’taradi. C) Ular tezda uyquga ketdilar, negaki aravada urinib kelganliklari uchun qattiq charchashgan edilar. D) Kimning quroli bilim bo’lsa, uning kelajagi porloq bo’ladi. 45. Otli so’z birikmalari berilgan javobni toping. A) hammasidan katta, o’quvchilarni yarmi B) sifatli ishlangan, o’qishga qiziqish C) tez kelmoq, yaxshi o’qidi D) hovli keng, ko’ngli butun 46. Berilgan qaysi gapda imloviy xato yozilgan qo’shimcha mavjud? A) O’tgan kuning o’tgan kundir, O’z boshingga yetgan kun. B) Boyvachcha shunda tavba qilib, otasi oldiga qaytibdi. C) Bulutlarga yondosh osmon ostida, Kiprikdagi yoshday turibdi dorvoz. D) Quyosh chiqqach, Unsinoy sheriklari bilan xirmonga ketdi. 47. Qaysi javobda faqat publisistik uslubga tegishli so’zlar berilgan? A) jilmaymoq, sertakalluf, xushbichim B) gravitatsiya, tengsizlik, akustika C) anjuman, ijtimoiy himoya, jamoatchilik D) konvensiya, talabnoma, farmoyish 48. Tarkibida tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra bir xil undoshlar qo’llangan otlar berilgan javobni aniqlang. A) jadval, guldon, do’mbira B) go’zal, rangdor, madaniy C) shafqat, saxiy, munozara D) gumon, qalam, sharshara 49. Qaysi javobda paronimi mavjud bo’lgan tub ot berilgan? A) qovurg’a B) xiyla C) dars D) yonilg’i 50. Ega va ot kesim orasida tire qo’llanishi lozim bo’lgan gapni aniqlang. A) Qizilqum sahrosi// bepoyon. B) Bizning xonamiz// to’qqizinchi. C) Salima ham //talaba. D) O’qish//maqsadga qarab intilish. Download 60.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling