O’zbek tili
1. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan?
A )To'p-to'p ko'k koptok, bar bir to'pda ko'p koptok.
B) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi.
C) 0 'tk ir o'tkir o'roqda o't o'rdi.
D)
Hali Vali, Soli sholi o'rdi.
2. Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli sirg'aluvchi til undoshlari va unlidan tarkib topgan so'zni aniqlang.
A) insonparvar B) suhbat
C) qing'ir D) shamshir
3. Qaysi qatorda ma’nodoshlik tub va yasama so‘zlar orasida kuzatilmaydi?
A) go‘zal-chiroyli B) o'tkir-keskir
C) o‘pich-bo‘sa D)
shirin-mazali
4. Asosida ikkita jarangli undosh o'rtasida keng unli qatnashgan yasama so‘zni aniqlang.
A) gulbeor B) qarmoq
C) borliq D)
chopqir
5. Yasama so'z ishtirok etmagan gapni aniqlang.
A) Ko'chaning narigi yuzidagi ustaxonaga bordik.
B) Endi qayrilish bilmasin bu qanot.
C ) Bir umr shu xonadonga o'rnashib olishga harakat qildi.
D ) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o'ynashmoqda.
6. Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so‘z birikmasi bo'lib kela olmaydi?
A) ko'nglini ovlamoq
B) qulog'iga
quymoq
C) yostig'ini quritmoq
D) ichini bo'shatmoq
7. Kurash, yonbosh, chala, halol so‘zlari qaysi guruhdagi so‘zlarga mansub?
A) yangi so‘zlar
B)
atamalar
C) shevaga xos so‘zlar
D) eskirgan so‘zlar
8. Antroponimlar qaysi qatorda berilgan?
A) Kattaqo‘rg‘on, Koson, Buloqboshi
B) tulki, tuya, ot
C) Bobur, Bekzod,
Mavluda
D) Orol dengizi, Farg‘ona kanali,
Nil daryosi
9. Qo‘shma turdosh ot qatnashgan gapni toping.
A) Men beshiktebratgichda osilib turmish ko‘ztumor bilan to‘qqizko‘z munchoqni uzib-uzib oldim. (T.Murod)
B) Gulnor shu tobda yolg‘izlikni, tinchlikni istar edi. (Oybek)
C) O‘shanday tepki hali es-hushini o‘nglab ololmagan Hamroqulning ham ko‘kragiga tushdi. (A.Qahhor)
D) Bizlar xizmatkor odam - nimani bilaylik, to‘ram! (A.Qodiriy)
10. Qalamkash, avvalo, Inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog’i kerak.