Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi


Download 137.5 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1520761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bilet javoblari

Undosh tovushlar tavsifi
B tovushi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (bahor), o`rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. u tovush so`z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p tovushi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu tovush ko`pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe’l birikib talaffuz qilinganda, v tovushi kabi aytiladi va ba’zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg`a - qovurg`a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko`ra ber – ko`raver kabi. 
So`z boshida kelgan b tovushi ayrim shevalarda talaffuz paytida m tovushiga o`tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va tovushlarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h. 
V tovushilab-lab va lab-tish, sirg`aluvchi, jarangli undosh tovush. So`zning boshida (vazifa, vafo), o`rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o`tov, birov) kela oladi. Sof o`zbekcha so`zlarda bu tovush so`z boshida deyarli qo`llanmaydi. 
M tovushi - lab-lab, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (mehr, mo`ylov, mulk), o`rtasida (omon, umr) va oxirida (tom, bodom, qadam) kela oladi.
tovushi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (pilla, po`choq, parda), o`rtasida (opa, qipiq, to`piq) va oxirida (cho`p, top, sop) kela oladi. Ko`p bo`g`inli so`zlarning oxirida bu tovush deyarli uchramaydi.
F tovushi - lab-tish, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, faqat o`zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o`zlashgan so`zlarning boshida (faqir, oftob, fabrika), o`rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba’zi so`zlarda talaffuzda p tovushi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida. Bunday o`zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling