Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi


Download 137.5 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1520761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bilet javoblari




Til undoshlari
T tovushi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (to`ti, tuxum), o`rtasi (katta, vatan) va oxirida (savat, qavat, harakat) kela oladi. O`zbek milliy tilining o`g`uz lahjasiga mansub shevalarda t ba’zan d ga o`tadi: tuz > duz, o`t > o`d kabi. Bu o`tishlar adabiy orfografiyada ifodalanmaydi.
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o`zlashtirigan so`zlardagi qo`sh undoshlar tarkibidagi t tovushi talaffuzda ko`pincha tushib qoladi: g`isht > g`ish, pastqam > pasqam, taksist > taksis  kabi. Bu o`zgarish yozma nutqda aks etmaydi.
D tovushi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (devor, do`kon, dala), o`rtasida (shabada, sodda, to`da) va oxirida (qasd, hudud, gard ) kela oladi. So`z oxirida kelgan d tovushi talaffuzda hamma vaqt jarangsizlashadi va t tovushiga o`tadi: Asad>Asat, Samarqand>Samarqant, Xo`jand>Xo`jant kabi. Bu tovush ham o`zlashma so`zlar tarkibidagi qo`sh undoshlar ichida kelganda tushib qolishi mumkin: farzand>farzan, baland>balan.
N tovushi til oldi, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (nom, nima, nusxa), o`rtasida (aniq, tiniq) va oxirida (un, to`n, son) kela oladi. Bu tovush ayrim so`zlar tarkibida b yoki m tovushlaridan oldin kelganda, shu tovushlar ta’sirida talaffuzda (yozuvda aslicha yoziladi) m tovushiga o`tadi: manba>mamba, tanbal>tambal, ko`nmadi >ko`mmadi kabi. 
S tovushi til oldi, sirg`aluvchi, shoqinli, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (soat, semiz, sabr), o`rtasida ( asar, mustaqil, osma) va oxirida (tus, mos, tovus) kela oladi. Bu tovush o`zbek tilidagi eng faol qo`llanadigan tovushlardan biridir.
Z tovushi til oldi, sirg`aluvchi, shovqinli, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (zahar, zehn, zina), o`rtasida (Aziza, andoza, qiziq) va so`z oxirida (tig`iz, qarz, yulduz) kela oladi; bu tovush sof o`zbekcha so`zlarda so`z boshida deyarli qo`llanmaydi. Ayrim so`zlar tarkibida yonidagi jarangsiz tovushlar ta’sirida ko`pincha s tovushiga o`tadi: rizq > risq, tuzsiz>tussis. Bu tovush ba’zi so`zlarda y tovushiga mos kelishi mumkin: sizlamoq>siylamoq, so`zlamoq > so`ylamoq, yozmoq > yoymoq, kabi.

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling