Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi


Download 137.5 Kb.
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1520761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bilet javoblari

K tovushi til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`z boshida (katta, kim, ko`p), o`rtasida (ikki, aka, uka) va oxirida (tilak, yuk, to`k) keladi. Bu tovush bilan tugagan ko`p bo`g`inli so`zlarga unli bilan boshlanuvchi qo`shimcha qo`shilganda, k tovushi g tovushiga o`tadi va bu holat yozuvda ham aks etadi: malak>malagi, ko`ylak>ko`ylagim.
G tovushi til orqa, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (gulxan, gilam, go`zal), o`rtasida (tugun, agar, egri) va oxirida (barg, biolog, pedagog) keladi. Bu tovush sof o`zbekcha so`zlar oxirida deyarli qo`llanmaydi. G tovushi bilan boshlanadigan qo`shimchalar k tovushi bilan tugugun so`zlarga qo`shilganda k tovushiga aylanadi: ko`k+ga > ko`kka, boq+gan >boqqan. O`zlashma so`zlarda bunday o`zgarish bo`lmaydi: geologga, biologga.
NG tovushi til orqa, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, jarangli, sonor undosh tovush bo`lib, so`z boshida mutlaqo uchramaydi. So`z o`rtasida (yangi, bangi) va oxirida (bodring, ong) keladi.
Q tovushi chuqur til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`z boshida (qadr, qovoq, qo`l), o`rtasida (oqil, baqir, chuqur ) va oxirida (o`roq, yo`q,) keladi. Bu tovush ayrim ko`p bo`g`inli so`zlar oxirida kelganida unli bilan boshlangan qo`shimchalar qo`shilsa, g` tovushiga almashadi: quloq+im>qulog`im, to`yoq+i >tuyog`i. To`qson, maqtov, maqsad kabi so`zlarda esa tovushiga o`xshab talaffuz qilinadi.
G` tovushi chuqur til orqa, sirg`aluvchi, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (g`azab, g`ildirak, g`o`za), o`rtasida (dag`al, og`ir, o`g`ri) va oxirida (tog`, bug`, tig`) keladi. 
X tovushi chuqur til orqa, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`z boshida (xabar, xurjun, xol), o`rtasida (paxta, axir) va oxirida (six, mix) qo`llanadi.
H tovushi bo`g`izda hosil qilinadigan, sirg`aluvchi, jarangsiz tovush bo`lib, so`z boshida (halol, hikoya, hukumat), o`rtasida (sayohat, ohu) va oxirida (sayyoh, eh) qo`llanadi. Bu tovush asosan arab, fors tillaridan o`zlashgan so`zlarda uchraydi. 
Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling