Ontogenez ilk bosqichlarida insoni psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar. Reja
-Mavzu: Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
Download 161.5 Kb.
|
Ontogenez ilk bosqichlarida insoni psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
5-Mavzu: Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
Reja: Perinatal va chaqaloqlik davrida psixoғiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha. Tug`ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida. Gudaklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari). Bir yosh inqirozi haqida. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo‘linadi. Zigota bosqichi (1-2 haftalik) Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi. Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshqa hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi. Embrion bosqichi (3-8 hafta) Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘prok salamandrani eslatadi. O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez 44 rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bo‘ladi, lekin uning o‘lchamlari onaga sezilarli daraja bo’lmaydi. Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi. Homila bosqichi(9- 38 hafta) Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin. Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik imkoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir. Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni absolyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi chegarani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni absolyut deb bo‘lmaydi Download 161.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling