Ontogenez psixologiyasining rivojlanish bosqichlari


Download 36.4 Kb.
bet6/10
Sana03.12.2023
Hajmi36.4 Kb.
#1780959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-ma ruza matni ON

Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson sifatida o‘z burchini uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidlilik, ko‘ngil sovish tuyg‘ularini aytish mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lish har bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash bu yoshdagi odamlarga xos eng muhim jihatlardir.
E.Shpranger “O‘spirinlik davri psixologiyasi” nomli asarida bu davrga 13−19 yoshli qizlarni, 14−22 yoshli yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, bu yosh davrida yuz beradigan asosiy o‘zgarishlar:
a) shaxsiy “Men”ni kashf qilish;
b) refleksiyaning (o‘zini o‘zi va o‘zgalarni anglash) o‘sishi;
v) o‘zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish;
g) hayotiy ezgu rejalarning paydo bo‘lishi;
d) o‘z shaxsiy turmushini ongli xolda qurishga intilish va hokazolardir. 14−17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘smirlarda o‘zlariga kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg‘usi paydo bo‘lishidan iboratdir. 17−21 yoshlilarning yana bir xususiyati ularda tengqurlaridan “ajralish” inqirozi va tanholik istagining paydo bo‘lishidir. Bu holat tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari hisoblanadilar.
Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kyelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari (vazifalari) hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funksiyalari (vazifalari) uyushqoqlik va moslashish, ko‘nikishdan iborat bo‘lib, aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif intellektni (aqlni) quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) sensomotor (hissiyharakat) intellekti (tug‘ilishdai 2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan (fikriy harakatlardan) ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha);
3) yaqqol xattiharakat davri (7−8 yoshdan 11−12 yoshgacha);
4) rasmiy sa’yharakatlar davri.
J.Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyachilarga qo‘shish mumkin. Bu yo‘nalishning namoyandalari L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardan iboratdir.

Download 36.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling