Ontogenez psixologiyasining rivojlanish bosqichlari
A.Vallon (Fransiya) nuqtai nazaricha, yosh davrlari quyidagi bosqichlarga ajratiladi
Download 36.4 Kb.
|
6-ma ruza matni ON
A.Vallon (Fransiya) nuqtai nazaricha, yosh davrlari quyidagi bosqichlarga ajratiladi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri − tug‘ilgandan 6 oylikkacha; 3) emosional (his-tuyg‘u) davri − 6 oylikdan 1 yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri − 1 yoshdan 3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri − 3 yoshdan 5 yoshgacha; 6) farqlash davri − 6 yoshdan 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri − 12 yoshdan 18 yoshgacha. Tug‘ilishdan avvalgi rivojlanish bosqichlari.
A-urug‘langandan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘ladigan hujayralar bo‘linishi b-terminal davr v-21 kunli embrionda orqa miya shakllanishi g-to‘rt haftalik embrionda bosh, tana va dumning shakllanishi. Bu davrda yurak hamda asab tizimi o‘z faoliyatini boshlab yuboradi. d-besh haftalik embrionda qo‘l va oyoqning shakllanishi. ye-to‘qqiz haftalik embrionda kindik bilan plasenta birlashishining namoyon bo‘ladi. j-olti haftalik embrionda barcha ichki a’zolar shakllanib bo‘lgan bo‘lsa ham, biroq ularning hammasi o‘z faoliyatini bajara olmaydi. z-yigirma haftalik embrionda aksariyat ichki a’zolar faoliyatini boshlaydi. Embrion harakatlanishi, yuz ifodasini o‘zgartira olishi mumkin. Yana bir fransiyalik yirik psixolog R.Zazzo o‘z vatanidagi ta’lim va tarbiya tizimining prinsiplaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg‘ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi: 1. Birinchi bosqich − bolaning tug‘ilganidan 3 yoshgacha davri. 2. Ikkinchi bosqich − 3 yoshidan 6 yoshigacha. 3. Uchinchi bosqich − 6 yoshidan 9 yoshigacha. 4. To‘rtinchi bosqich − 9 yoshidan 12 yoshigacha. 5. Beshinchi bosqich − 12 yoshidan 15 yoshigacha. 6. Oltinchi bosqich − 15 yoshidan 18 yoshigacha. Yosh davrlariga ajratishidan ko‘rinadiki, R.Zazzo inson rivojlanishining bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib yondashgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya’ni ijtimoiylashuvi bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta’limoti insonning tug‘ilganidan umrining oxirigacha psixologik takomillashuvi, o‘zgarishi, rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini bermaydi. G.Grimm ontogenezda insonning kamolotini quyidagi davrlarga ajratishni lozim topadi: 1) chaqaloqlik − tug‘ilgandan 10 kunlikkacha; 2) go‘daklik − 10 kunlikdan 1 yoshgacha; 3) ilk bolalik − 1 yoshdan 2 yoshgacha; 4) birinchi bolalik − 3 yoshdan 7 yoshgacha; 5) ikkinchi bolalik − 8 yoshdan 12 yoshgacha; 6) o‘smirlik − 13 yoshdan 16 yoshgacha o‘g‘il bolalar, 12 yoshdan 15 yoshgacha qizlar; 7) o‘spirinlik − 17 yoshdan to 21 yoshgacha yigitlar, 16 yoshdan 20 yoshgacha qizlar; 8) yetuklik − birinchi bosqich: 22 yoshdan 35 yoshgacha erkaklar, 21 yoshdan 35 yoshgacha ayollar; ikkinchi bosqich: 36 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar, 36 yoshdan 55 yoshgacha ayollar; 9) keksayish (yosh qaytishi) − 61 yoshdan 75 yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan 75 yoshgacha ayollar; 10) qarilik − 76 yoshdan 90 yoshgacha (jinsiy tafovut yo‘q); 11) uzoq umr ko‘ruvchilar 91 yoshdan yuqorisi. Download 36.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling