Open Flow tarmog’i
Download 182.92 Kb.
|
Open Flow tarmog’i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asinxron xabar
OpenFlow protokoli
DKT konsepsiyasiga asosan kommutatorlar va kontrollerlar orasidagi o'zaro munosabatlar maxsus tarmoq protokollari asosida tashkil etilishi ta'kidlangan. Ular kontrollerlarga standart boshqaruv interfeysini taqdim etishi bilan birga, kommutator qurilmasi ichki vositalarining qandayligini sir saqlanishini ta'minlaydi. Bunday munosabatlarni ta'minlash maqsadida bir necha xil protokollar ishlab chiqilgan, ular maxsus adabiyotlarda yoritilgan. Ularning ichida OpenFlow protokoli keng tarqalgan. Protokol uch turdagi xabarni qo'llab quvvatlaydi. - Controller-to-switch – ushbu xabar kontrollerda shakllantiriladi, kommutator holatini boshqarish va bevosita nazorat qilish uchun ishlatiladi; - asinxron xabarlar – ushbu xabar kommutatorda shakllantiriladi, tarmoq xolatini (xatolik, rad etish) va kommutator xolatini o'zgarishi to'g'risidagi xabarlarni kontrollerga yetkazishda ishlatiladi. - simmetrik xabarlar – kommutatorda va kontrollerda shakllantirilishi mumkin. Asinxron xabar. Kelib tushgan paketlar, kommutator holatining o'zgarishi yoki xatoliklar to'g'risidagi asinxron xabarni kommutator kontrollerga jo'natadi. Asinxron xabar quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin: - Packet-in. Kommutator jadvalidagi mavjud qoidalarga mos kelmaydigan paketlar uchun, kommutator Packet-in xabarini ishlab chiqadi va uni kontrollerga jo'natadi. - Flow-Removed - xabari yordami bilan kommutatorda yangi oqimlar uchun qoidalar qo'shilsa, uning uchun taym-aut belgisi o'rnatiladi. - Port-status - Kommutator port xolatini o'zgartirishi orqali kontrollerga Port-status xabarini jo'natishi mumkin. - Error. Kommutator xatolik xabari yordami bilan muammo to'g'risida kontrollerga xabar berish imkoniyatiga ega.
Download 182.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling