Opera janrining vujudga kelishi va rivojlanishi Kirish
«Figaroning uylanishi» operasi
Download 0.84 Mb.
|
Opera janrining vujud
- Bu sahifa navigatsiya:
- Opera uvertura bilan boshlanadi.
- Uvertura sonata shaklida yozilgan.
- Kerubinoning birinchi ko’rinishdagi
«Figaroning uylanishi» operasi«Figaroning uylanishi» operasi 1786-yilda fransuz yozuvchisi Bomarshening «G’alati kun yoki Figaroning uylanishi» komediyasi asosida yozilgan.Motsartni komediyaning dadilligi va o’tkirligi jalb etgan.
Graf Almaviva xonadonida ikki xizmatkor — Figaro va Suzannalarning to’yiga tayyorgarlik bormoqda. Biroq grafning o’ziga ham Suzanna yoqadi, shuning uchun u turli bahonalar bilan to’yni orqaga suraveradi. Figarodagi aql, topqirlik va epchillik barcha to’siqlarni sindiradi. Xizmatkorlar, hatto o’z xo’jayinlarini ham ahmoq qilishni uddalashadi hamda uni juda noqulay vaziyatda qoldirishadi. Faqat tashvishlar bilan to’lib-toshgan kun baxtli to’y bilan yakunlanadi. Komediyaning sujeti huquqsizlikning barcha azoblarini o’z boshidan kechirgan Motsart uchun juda yaqin edi. Operada oddiy insonning boy, badavlat hukmdorlardan ustunligini ko’rsatish imkoniyati uni, ayniqsa, o’ziga ko’proq jalb etgan. Opera librettosi uning so’z bilan ifodalangan matni italiyalik Lorenso da Pontega tegishli. Da Ponte Bomarshe komediyasining eng o’tkir qirralarini ancha silliqlashga majbur bo’Iishiga qaramas-dan, operada uning bosh g’oyasi — xizmatkoming xo’jayindan ustunligi saqlanib qolgan. Opera uvertura bilan boshlanadi. Uvertura so’zi fransuzcha «ouvrir» so’zidan kelib chiqqan 16 boiib, «ochmoq» ma'nosini bil-diradi. Hammasidan oldin uvertura musiqiy mazmuniga ko’ra, opera bilan bogianadi. Glinkaning «Ruslan va Ludmila», Bo-rodinning «Knyaz Igor», Bizening «Karmen» operalariga yozilgan uverturalar shu toifaga kiradi. Ammo bir qator uverturalar mav-judki, ularning musiqasi keyinchalik operada uchramaydi. «Fi-garoning uylanishi» operasi ham shu turkumga mansub. Uvertura sonata shaklida yozilgan. U hech bir rivojlovsiz, jonli tarzda butun opera kayfiyatini bera oladi. Bosh partiya ikki mavzuni qamraydi: birinchi mavzu go’yo tayanch tonika tovushi atrofida aylanadi, u kvintagacha ko’tariladi hamda dastlabki to-vushga qaytib keladi. Motsart xalqona maishiy musiqiy-teatrona madaniyat an'ana-lariga hamda Vena klassik maktabining ajoyib yutuqlariga tayanib, «Figaroning uylanishi»da xarakterlarning realistik komediyasini yaratdi. Har bir harakatlanuvchi shaxs faqat muayyan tipgina emas, balki butun opera davomida individual musiqiy tavsiflar bilan ziynatlangan holda ochila boradigan jonli personaj hamdir. Operaning bosh qahramoni Figaroning bariton tafsifi xilma-xil tarzda berilgan. Figaro ijro etgan ariya va qatnashgan ansambillarda uning xarakteridagi topqirlik, epchillik, donishmandlik kabi qirralar ochib beriladi. Figaroning birinchi yakkaxon chiqishi — uning birinchi ko’rinish-dagi kavatinasi «Agar xo’jayin sakrashni xohlasa», deb nomlangan. Qahramonning musiqiy portreti birinchi ko’rinishni uning yakunlovchi «Chaqqon bola» ariyasida yanada bo’rttirib chiziladi. Figaro bu yerda Kerubinoga murojaat qiladi. U grafning buy-rug’iga muvofiq polkka ketishi kerak edi. Figaro o’tkir aql va sa-mimiy kulgi bilan harbiy xizmat go’zalliklarini chizib beradi. Ariya rondo shaklida yozilgan. Ariyada asosiy, marsh mavzusi uch marta takrorlanadi «Chaqqon, jingalaksoch, oshiq bola». Asosiy mavzuni o’tkazish oraliqlarida latif musiqa 17 «Atirlar, lab bo’yoqlar bilan xayrlashgin» so’zlariga va fanfara sadolari «Shaf-qatsiz jangchi bo’lursan» so’zlariga jaranglaydi.Figaroning uchinchi «Ko’zingizni oching, erkaklar» ariya-sida u xuddi rashkchi, Suzannani xiyonatda gumon qilayotgan qiyofada ko’rinadi. Ariyaning kuyi rechitativ xarakteriga ega. Or-kestr jo’rligi, vokal tez aytishning ko’p martalab takrori qahra-monning qahrini ochib bera olgan. Operada paj mahrambachcha Kerubinoning roli ham ahamiyatlidir. Uning partiyasini past ayol tovushi — metsso-soprano ijro etadi. Kerubino saroy ahlining ko’ngilxushliklarida faol ishti-i ok etadi. Kerubinoning birinchi ko’rinishdagi ariyasi «Aytish, izoh-lashni uddalolmayman» hayajonli, hissiyotli ruhga ega. Bu vokal partiyalaridagi kuyning tezligi, xuddi hayajonli nutqqa o’xshaydigan qisqa ritmik formulalarning takroriyligi orqali ta'minlangan. Ariyaning kuyi Motsartning sol minor simfoniyasining birinchi qismidagi bosh partiyasiga o’xshashdir. Ariyada o’spirin yigitning bezovtaligi yaxshi ochib berilgan. Tuy-g’ularning to’lib-toshganligi uning nutqiga uzuq-yuluqlik hamda hayajon ruhini beradi. Titrab turuvchi, hayajonli kuzatuv, tezkor tcmp, musiqaning rangdor bo’yog’i — bularning barchasi o’smir-larcha zavq-shavqni, baxt va saodatga intiluvchanlikni aks ettiradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling