Операцион тизим


Protsessorning ishlash prinsipi


Download 1.86 Mb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.86 Mb.
#1008731
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-maruza OT

Protsessorning ishlash prinsipi

Protsessorning taktli chastotasi va razryadliligi

Protsessorning asosiy xarakteristikasi - bu uning unumdorligidir. Bu ikkita parametrga bog'liq: taktli chastotasi va razryadliligi.

  • Taktli chastota – bir soniyada bajariladigan amallar soni bo’lib, u megagers (MHz - sekundiga bir million takt) va gigagerts (GHz - soniyada bir milliard takt) bilan o'lchanadi. Taktli chastota qanchalik baland bo'lsa, kompyuter shunchalik tez ishlaydi.
  • Razryadliligi – bir taktda uzatilishi mumkin bo'lgan axborotlar (baytlar) miqdori. Protsessorning razryadliligi 8, 16, 32, 64 bit bo’lishi mumkin. Horirgi zamonaviy protsessorlar 32 va 64 bitli.

Protsessorning ishlab chiqaruvchilari

Asosan ikkita - Intel va AMD protsessor ishlab chiqaruvchilar mavjud.

  • Intel mahsulotlari qimmat, lekin yuqori unumdorlikka ega. Kamroq energiya sarflaydi, shuning uchun kamroq qizib ketadi. Ular operativ xotira bilan yaxshi aloqaga ega.
  • AMD mahsulotlari Inteldan ancha orqada, lekin arzonroq. Ular juda ko'p energiya talab qiladi va Intel protsessorlariga qaraganda operativ xotira bilan o'zaro muloqati yaxshi emas.

Protsessorning ishlab chiqaruvchilari

Tezkor xotira qurilmasi

  • Tezkor xotira (rus. Оперативная память (ОЗУ), ingl. Random Access Memory (RAM))- kompyuterni elektr manbaga bogʻliq boʻlgan xotirasi hisoblanadi.
  • Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
  • Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi.
  • Tezkor xotira chastotasi – tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimlari sonidir.
  • Operativ xotira chastotasi kompyuterning ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu – vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100 MB ma’lumotni 10 soniyada yuklasa, 1000 MGS operativ xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling