Operandalarning formatlari, kompyuterning buyruqlar tizimi


Download 0.69 Mb.
bet1/4
Sana04.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1746787
  1   2   3   4
Bog'liq
4-maruza boyicha materiallar (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI


TOSHKEKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI
KOMPYUTER ,,INJINIRING YO’NALISHI’’
716-21 GURUH TALABASI
YAKUBJONOV NURIDDIN


<> fanidan


MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: D.Jalilov
Topshirdi: N.Yakubjonov
Farg’ona 2023





Reja:

Kirish


  1. Operandalarning formatlari, kompyuterning buyruqlar tizimi

  2. Buyruqlar turlari va formatlari

  3. Operandalarni adreslash turlari va usullari, buyruqlar oqimini boshqarish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kalit so’zlar: Operandalarning formatlari, buyruqlar tizimi, buyruqlar turlari va formatlari, operandalarni adreslash, buyruqlar oqimini boshqarish.


  1. Operandalarning formatlari, kompyuterning buyruqlar tizimi


Kompyuter orqali bajariladigan asosiy amallar yozilgan dastur orqali bajariladi. Dastur xotirada saqlangan buyruqlar to’plami (instruction set) dan iborat bo’ladi. Xotira ketma-ket raqamlangan manzillar bilan belgilanadigan “joylar (locations)” to’plamidan tashkil topadi. Har bir manzil instruction (buyruqlar) yoki ma’lumotni o’z ichiga oladi.



Buyruqni amalga oshirish jarayoni ikki bosqichdan tashkil topadi: CPU yuklab olishi jarayoni (xotiradan buyruqni o’qib olishi) va buyruq asosida amalni bajarishi, ya’ni yuklab olish bosqichi (fetch) va bajarish (execute) bosqichi.




Har bir buyruqni bajarish davrida prosessor buyruqni daslab xotira (oldindan yozilgan)dan yuklab oladi. Program counter (PC) deb nomlanuvchi registr buyruq adresini o’zida saqlab turadi. Prosessor har doim yuklab olgan buyruqni bajarganidan keyin, navbatdagi buyruqni yuklab oladi va h.k.


Agar buyruq xotiraning “300” manzilida yozilgan bo’lsa, R=300 bo’ladi, va talab etilganida prosessor 300 manzildan buyruqni yuklab oladi. Buyruqni bajarish davri muvafaqiyatli yakunlansa, “301”, “302” va h.k. manzillardan buyruqlarni yuklab olishi mumkin.
Tanlangan buyruq instruction register (IR) deb nomlangan prosessordagi registerga yuklanadi.
Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning ichki xotirasi deb ataladi. Ichki xotira - dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu xotira har biri ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, bir -nechta registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 8, 16 yoki 32 razryadga ega bo‘ladi. Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli, ularga ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.

Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri PC (Program Counter) - buyruqlar sanagichi registridir, ushbu registr IP (Instruction Pointer) - buyruqlarni ko‘rsatuvchi registri ham deb ataladi. Bu registr tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqlarning xotiradagi adresini ko‘rsatib turadi.
Muhim registrlardan yana biri, bu buyruqlar registri (Instruction Register - IR) hisoblanadi. Unda tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq yozilgan bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarning protsessorlari, tarkibida turli xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan turli xil registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi.
Hisoblash mashinasida bajariladigan OpCode ikkilik koddan farqali mnemonik
shakllarda ifodalanadi va bajariladigan amalni ko’rsatadi.

Operandlar ham mnemonic shaklda ifodalanadi va ADD R, Y ko’rinishida tasvirlanadi. Bu erda - Y ma’lumot yacheykasida qiymatni (xotira manzili) R registri tarkibiga (protsessorda) qo’shishni anglatadi.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling